128
bo‘lgan va atmosfera azotini to‘play oladigan Mycobacterium bakteriyasi topilgan.
Mahalliy aholi bu o‘simlikdan yashil o‘g‘it sifatida foydalanadi.
Tuproqda erkin holda yashaydigan bakteriyalar tomonidan molekulyar azot
to‘planishi
.
Tuproqda tugunak bakteriyalardan tashqari, atmosfera azotini
to‘playdigan boshqa bakteriyalar ham uchraydi. Vinogradskiy (1893) maxsus
elektiv kultura tayyorlab, bu bakteriyalarni ajratib olgan. Elektiv kultura tayyorlash
uchun u oziqa muhitiga glyukoza va boshqa tuzlar qo‘shadi, lekin azotli tuzlar
qo‘shmaydi. Shuning uchun bunday muhitda faqat azotni o‘zlashtira
oladigan
bakteriyalar yashashi mumkin bo‘ladi. Tajribani anaerob sharoitda olib boradi va
azot to‘plovchi Clostridium pasterianum bakteriyasini kashf etadi. Bu bakteriya
duksimon shaklda, 3 - 4 nm uzunlikda, eni 0,7 - 1,3 nm bo‘lib, spora hosil qiladi,
tanasi peritrixa tipda xivchinlangan, yosh vaqtida tez harakatlana oladi.
Klostridium oziqa sifatida asosan glyukozadan foydalanadi, lekin saxaroza
va fruktozani ham o‘zlashtira oladi, kraxmal va sellyulozani mutlaqo o‘zlashtira
olmaydi. Hayot uchun zarur bo‘lgan eiergiyani yog‘ kislotali bijg‘ish jarayonidan
oladi:
kJ
moy kislota
Laboratoriya
sharoitida klostridium, 1 g bijg‘igan shakar hisobiga 1-5,
ba’zan 5-10 mg azot to‘playdi.
Olimlarning fikrlaricha, bijg‘ish, jarayonida vodorod molekula holida emas,
balki atomar (2N) holda ajralib, atmosfera azotining ammiak holida to‘planishida
ishtirok etar ekan.
Vilson Clostridum ning Clost. butyrisum, Clost. beijerinckia, Clost.
pectinovorum, Clost. acetobutylicum kabi 15 ga yaqin turi ham azot to‘plash
xususiyatiga ega ekanligini aniqlagan. Lekin, bulardan ko‘ra, Clost. pasterianum
atmosfera azotini eng ko‘p to‘playdi. Tuproqda Clost. pasterianum doim aerob
usulda nafas oluvchi Vas. closteriodes
bilan birga uchraydi, bu bakteriya Clost.
Pasterinaum uchun anaerob sharoit yaratib bersa, uning hisobiga Vas. closteriodes
vitaminlar bilan ta’minlanadi va Clost. pasterianum dan azot olib turadi.
Klostridium tabiatda juda keng tarqalgan, chunki u rN ko‘rsatgichi 4,5-9,0
gacha teng bo‘lgan tuproqlarda faol bo‘lsa rivojlana oladi, shuning uchun ham
kislotali, ishqoriy, sho‘r va qora tuproqlarda ham uchraydi. Tuproqning namligi
60-80% (to‘la nam sig‘imiga nisbatan) bo‘lsa, yaxshi rivojlanadi. Klostiridiumdan
tashqari, tuproqda erkin holda yashaydigan yana bir
bakteriya - azotobakterni
gollandiyalik mikrobiolog Beyerink 1901 yilda sof kultura holida ajratib olgan. Bu
bakteriyaning bir qancha turi ma’lum:
1. Azotobacter chroococcum - yirik shar shaklida (1 -10 nm), bir oz
ovalsimon, hujayralari ko‘pincha juft-juft bo‘lib joylashadi. Ko‘pincha shilimshiq
kapsula bilan o‘ralgan bo‘ladi. Aerob, ko‘p miqdorda kislorod bo‘lgan sharoit talab
qiladi. Bu bakteriyaning hujayralari yoshlik davrida tayoqcha shaklida bo‘lsa,
rivojlangan sayin ellipssimonlashib, keyinroq esa yumaloq bo‘lib boradi.
Hujayralarida jigar rang pigment hosil qiladi, qari hujayralari yiriklashib,
qalin
129
po‘st bilan o‘raladi va kista hosil qiladi. Azotobakter har 1 g bijg‘igan shakar
hisobiga 10- 15 mg, ba’zan 20 mg gacha azot to‘playdi.
Muhitning rN ko‘rsatgichiga juda sezgir, rN ning optimum nuqtasi .7,0-7,2,
maksimumi 9,0. Agar rN<5,6 bo‘lsa, bu bakteriya uchramaydi, lekin bunday
tuproqqa oxak solinsa, darhol azotobakter paydo bo‘ladi. Namlikka juda talabchan.
25- 30° da yaxshi rivojlanadi. Azotobakter bo‘z, qora va podzol tuproqlarda, erta
bahorda ko‘p uchraydi.
2. Az agile – hujayralari birmuncha yirik, serharakat bo‘lib, qo‘ng‘ir
pigment hosil qilmaydi, lekin muhitning bir oz tovlanishiga sabab bo‘ladi.
3. N. Sushkina sho‘r tuproqlarda Az. galofilum borligini aniqlagan.
Azotobakter uchun eng yaxshi oziqa mannit - SN
2
ON(SNON)
4
SN
2
ON, lekin
dekstrin, glitserin, glyukozada ham yaxshi rivojlanadi. Azotobakter azotni
o‘zlashtirganidan so‘ng birinchi galda NH
3
hosil qilishi aniqlangan.
Ammo, M. V. Fyodorov azotobakter tomonidan azot to‘planishi boshqa yo‘l
bilan borishini ko‘rsatdi. U jarayonda, hujayra protoplazmasi bilan bog‘liq bo‘lgan
katalizator ishtirok etishini ko‘rsatib beradi. Bunday
fikrga kelish uchun u
katalizator tarkibiga kiruvchi gruppalarni blokirovka kiladi va buning natijasida,
azot to‘planish jarayonida karboksil va aminogruppalar ishtirok etmasligini va bu
jarayonda asosan karbonil gruppa qatnashishini aniqlashga erishdi. Karbonil
gruppaning kislorodi, gidrazin hosil qilar va hosil bo‘lgan gidrazin aktiv vodorod
yordamida, qaytarilish
reaksiyasiga kirishib, aminokislotalar hosil qilishini
aniqladi. Reaksiya quyidagicha boradi:
N
2
+ 2H
+
→ NH=NH
2NH + 2H
2
→ 2NH
2
OH yoki
N
2
+ 2H
2
O → 2NHOH
2NH + 2H
2
O → 2NH
2
OH
2NHOH + O
2
→ 2NH
2
OH
gidroksilamin
Hosil bo‘lgan gidroksilamin organik kislotalar bilan reaksiyaga kirishib, bir
qator aminokislotalar hosil qiladi.
Azotobakterni o‘rganish ustida juda ko‘p ishlar qilingan va bunday
tadqiqotlar hozirgacha davom ettirilib kelinmoqda.
Dostları ilə paylaş: