38
Garchi bu о‘rinda Abdulla Avloniy gazetaning yо‘lini “betaraf” deb
belgilayotgan bо‘lsa ham, aslida u millat sha’ni va manfaati uchun kurashar
bunday kurashda esa betaraflik nisbiy bir tarzdagina bо‘lishi mumkin. Ehtimol
bu betaraflik chor siyosatiga qarshi kurashmaslikni nazarda tutar, unda bu
tо‘g‘ri va u harbiy nazorat tazyiqiga uchramaslik uchungina qilingandir. Gazeta
asos e’tibori bilan milliy uyg‘onish g‘oyasini ilgari surdi va natijada tez orada
о‘z atrofiga ilg‘or fikrlovchi kо‘plab ziyolilarni tо‘pladi. Turli maqola va
she’rlar bilan gazetani qutladilar. Uning faoliyatiga katta umid bilan qaradilar.
Shunday ma’rifatparvarlardan biri Haybatullaxо‘ja Xislat edi. Shu о‘rinda
qutlov she’rning tо‘liq matni bilan tanishsak.
Dostları ilə paylaş: