55
“Tо‘ychi hofiz” nomli 19 baytli va mashhur Ahmad polvonga bag‘ishlangan 48
baytli masnaviylari bu janrda yaratilgan asarlarning eng sara namunalari
hisoblanadi.
Xislat mumtoz she’riyatda о‘zigacha yaratilgan adabiy an’analarga ijodiy
yondashdi. О‘z iqtidori darajasida ularni munosib davom ettirdi. Navoiy, Bedil,
Mashrab kabi Sharq mumtoz she’riyati namoyandalari ijodidan oziqlandi.
Muqimiy, Furqat, Kamiy, Miskin, Shavkat Iskandariy
singari zamondosh
shoirlar ijodiga ergashib, ular darajasida sо‘z aytishga harakat qildi.
Quyida shoir ijodida keng qо‘llangan she’riy san’atlarning ba’zilari
xususida tо‘xtalamiz.
Tajohuli orif san’ati asosan ishqiy mavzudagi she’rlarda uchraydi. YA’ni
oshiqning о‘zini “bilib turib bilmaslikka olgan holda” ma’shuqadan sо‘rashi bu
san’atning asosini tashkil etadi:
Orazimu yo guli ra’nomudur?
Tishlarimu yo duri bayzomudur?
Lablarimu yo Badaxshon la’limu,
YO magar ul yoquti xamromudur?
Shoirlar tarixda yuz bergan biror muhim voqea-hodisani she’riy yо‘l
bilan adabiy sahifalarga muhrlab borganlar. Bunda
ta’rix
san’atidan
foydalanilgan. Ta’rixnavislik – adabiy hodisa sifatida Sharq adabiyoti, xususan,
kо‘p asrlik о‘zbek adabiyotining keng rivojlangan an’analaridan biri. Ta’rix
hayotiy-ijtimoiy zaruriyat natijasi о‘laroq, turli lirik janrlar zamirida yashab
kelgan va о‘ziga xos g‘oyaviy-estetik vazifani о‘tagan.
Adabiyotshunoslikda
ta’rixga alohida janr sifatida qarash ham yо‘q emas. “Lekin ta’rix hajm
jihatidan ham, misralarning qofiyalanish tartibi jihatidan ham belgili qat’iy
qoidaga ega emas. Binobarin, shuning о‘zi ta’rixni janr deb atashga imkon
bermaydi”
31
. Bundan tashqari, ta’rixlarning g‘azal, masnaviy, qit’a, ruboiy, fard
singari janrlar tarkibida (asosan sо‘nggi baytida) kelishi va she’r
mazmuniga
31
Orzibekov R. Lirikada kichik janrlar. – T.:
Adabiyot va san’at nashriyoti,
1976. – B. 131.
56
singdirilishi hisobga olinsa, uning janr emas, balki badiiy san’at
ekanligi
oydinlashadi.
Ma’lumki, sо‘nggi baytda yashiringan sanani topish uchun shoir biror
harf, sо‘z yoki jumlaga ishora qiladi. Bu ta’rix moddasi (moddayi ta’rix) deb
nomlanadi.
Ta’rixnavislik barcha davrlarda bо‘lgan. Biroq XIX asr oxiri – XX asr
boshlari
о‘zbek adabiyotida yangi bosqichda rivojlandi. Muqimiy,
Sulaymonqul Rojiy, Mavlaviy Yо‘ldosh, Kamiy,
Yusuf Saryomiy, Miskin,
Sidqiy kabi shoirlar qalamiga mansub ta’rixlar bu fikrni tasdiqlaydi. Davr
voqeliklarini yoritishda Xislat ham о‘z ijodida ta’rix san’atidan mohirona
foydalangan. Xususan, shoirning о‘z tomonidan “Armug‘oni Xislat” bayozi
chop etilishi munosabati bilan yozgan ta’rixi shunday xulosaga olib keladi:
Bas jumal birla qalamni yuzidin Xislat yozib,
Qildi bir xurshid yanglig‘ ta’rixin – “raxshon ajab”
Bu yerda ta’rix moddasi, shoirning ishorasiga kо‘ra, “raxshon ajab”
iborasi bо‘lib, abjad hisobi bо‘yicha uning umumiy miqdori 1226
ni tashkil
etadi. Milodiy yil hisobi bо‘yicha bu 1810 yilga tо‘g‘ri keladi. Bu sana
“Armug‘oni Xislat”ning nashr yili emas. Shu bois,
Miskinning ishorasiga
kо‘ra, birinchi misradagi “jumal” va “qalam” sо‘zlarining yuzi (bosh harfi)
bо‘lgan “jim” (ﺝ) va “qof” (ﻕ)ning abjad hisobidagi miqdori 3 va 100 ni 1226
ga qо‘shsak, 1329 hosil bо‘ladi. Bu milodiy yilga aylantirilsa, 1911 yil sanasi
kelib chiqadi. Bu “Armug‘oni Xislat” bayozining nashr yilidir.
Xuddi shunday ta’rix-g‘azallarni “Sadoyi Turkiston”
gazetasi va
“Qissai Barzuyi sher” nomli tarjima asarning nashri munosabati bilan
yozilganini kо‘rish mumkin
32
.
Xislat yana bir qator badiiy san’atlarni mahorat bilan qо‘llagan:
Dostları ilə paylaş: