78
Investitsiyalash imkoniyatlari
va
kutilayotgan
texnik
– iqtisodiy
ko’rsatkichlarga erishishni baholash olib boriladi.
Birinchi bosqichda bajarilgan izlanishlar (ilmiy
-
tadqiqot ishlari) va ishlar
asosida buyurtmachi (investor) g’oyalarni amalga oshirish bo’yicha ishlarni davom
ettirish yoki ularni to’xtatish bo’yicha qaror qabul qiladi.
Ijobiy qaror qabul
qilingan taqdirda buyurtmachi qurilishi mumkin bo’lgan ob’ektning berilgan
rayonda qurilishi kutilayotganligi to’g’risidagi ob’ektni joylashtirish bo’yicha
oldindan kelishishni iltimos qilish tariqasidagi ariza bilan mahalliy hokimiyat
organlariga murojaat qiladi. Mahalliy hokimiyat organlaridan ijobiy javob
olingandan keyin buyurtmachi ikkinchi bosqich
ishlari – ob’ekt qurilishi
investitsiyasining texnik – iqtisodiy asosini ishlab chiqishga kirishadi. Bu
bosqichda zarur bo’lgan injenerlik qidiruvlar olib borish bilan injenerlik ayniqsa
iqtisodiy va smeta – moliya savollari ancha chuqur o’rganiladi.
Investitsiyalarni
texnik – iqtisodiy asoslash natijalari bo’yicha qurilishning maqsadga muvofiqligi
va loyihalashni – texnik loyihani (loyihani) ishlab chiqish to’g’risida qaror qabul
qilinadi.
Loyihalash
jarayoni
davomiyligi
loyihalashdan
boshlab
qurilish
boshlanishiga qadar o’rta va nisbatan katta ob’ektlar bo’yicha 5 yildan 10 yilgacha
davom etishi mumkin; alohida murakkab va yirik ob’ektlar bo’yicha loyihalash –
ilmiy–tadqiqot ishlarining davomiyligi undan ham ko’p bo’lishi mumkin. Bunday
muddatda vaziyat loyihani ishlab chiqishning boshida qabul qilingan o’sha
paytdagi fan va texnikaning oxirgi yutug’lariga asoslangan injenerlik
yechimlarning ob’ektni foydalanishga tushirish vaqtiga kelib shunchaki eskirib
qolishiga olib keladi. Shu tufayli sanoat korxonalarining loyihalarida fan va
texnikaning eng yangi yutug’lari, ishlab chiqarishning ilg’or
texnologiyasi, eng
yangi yuqori ishlab chiqarish unumdorligiga ega bo’lgan vositalar (jihozlar)dan,
qurilmalar,
agregatlar,
ishlarni
kompleksli
mexanizatsiyalash
va
avtomatlashtirishdan to’liq foydalanish, resurslarning barcha turlaridan va chiqindi
chiqarmaydigan texnologiyalardan oqilona foydalanishni ko’zda tutish taqoza
etiladi. Shahar va qishloqlarda quriladigan yangi fuqaro – yashash ob’ektlarini
79
loyihalashda yashash uchun barcha qulayliklarni yaratish va aholiga maksimal
xizmat ko’rsatishni ko’zda tutish talab etiladi. Qishloq xo’jaligi mahsulotlarini
ishlab chiqaradigan korxonalarni loyihalashda sanoat asosidagi ishlab chiqarishni
tashkil etish, tez bo’ziladigan mahsulotlar (sabzavotlar, mevalar)ni qayta ishlashga
asoslangan yirik mexanizatsiyalashgan, ixtisoslashgan komplekslarni yaratish
vazifasi asosiy maqsadlardan biri sifatida namoyon bo’ladi.
Sanoat va qishloq xo’jaligi korxonalari, turar joy, jamoat va fuqaro binolari
loyihalarida ularning tashqi qiyofasiga katta e’tibor
qaratiladi, chunki yangi
ob’ektni joylashtirish bilan nafaqat iqtisodiy samara olinishi, balki ijtimoiy va
shaharsozlik bo’yicha ham samara olinishi lozim. Yerdan oqilona foydalanish va
atrof
-
muhitni muhofaza qilishga alohida e’tibor qaratiladi.
Loyihaning sifati nafaqat ilg’or texnik yechimlar bilan, balki smeta
hujjatlarining to’g’ri bajarilganligi bilan ham aniqlanadi. Loyihalanayotgan ob’ekt
texnik – iqtisodiy ko’rsatkichlarini va qurilishni
rejalashtirish hamda
moliyalashtirish, qurilish ishlab chiqarishini tashkil etish, qurilish – montaj
tashkilotlarida iqtisodiy ishlarni olib borish va ular ishini nazorat qilish uchun
qurilishining maqsadga muvofiqligini aniqlashda smetadan foydalaniladi.
Qurilishda ishlab chiqarishning borishi va qurilish iqtisodiy samaradorligi ko’p
jihatdan quriladigan ob’ektlarning smetali narxini to’g’ri aniqlashga bog’liq
bo’ladi.
Loyihalar texnik darajasi bilan qurilish
-
montaj tashkilotlarida mehnat
unumdorligi o’sishining jadalligi hamda materiallar va konstruktsiyalar ishlab
chiqaradigan sanoat korxonalarining ish samaradorligi shart
-
sharoitlanadi.
Loyihalarda binolarning maksimal darajadagi ixchamligi va unifikatsiyasi
ko’zda tutilmog’i lozim, lekin bunda ularning arxitekturaviy
mazmuniga zarar
yetmasiligi,
mavjud
mexanizatsiya
vositalarini
hisobga
olgan
holda
konstruktsiyalarni yiriklashtirish, loyihaviy yechimlarning texnologikligiga, yuqori
ish
unumdorligiga
ega
bo’lgan texnikalardan foydalanishga to’sqinlik
bo’lmasligiga e’tibo qaratilishi talab etiladi. Loyihalarda qurilish ishlab
chiqarishini tashkil etish va rejalashtirish uchun zarur bo’lgan barcha ma’lumotlar
80
(ishlarning hajmlari, materiallar, konstruktsiyalar, mashinalar, mehnat rusurslari,
transport vositalariga bo’lgan ehtiyoj to’g’risidagi ma’lumotlar) aks ettirilmog’i
taqoza etiladi. Loyihada buyumlar, detallar va konstruktsiyalar ishlab chiqaruvchi
korxonalarning manfaatlarini ham hisobga olish lozimdir. Qo’llaniladigan yig’ma
elementlarning tipli o’lchamlari va markalari loyihalarda minimal beriladi. Bu esa
zavodlarda oqimli liniyalarni o’zgartirishning oldini oladi.
Shunday qilib,
loyihalashtirish texnikaviy taraqqiyotning yuksalishi bilan birgalikda rivojlanadi.
Loyihalar katta hajmdagi izlanishlar, grafik va hisoblash materiallariga ega
bo’ladi. Loyihalashtirish jarayonida, ayniqsa yirik va murakkab ob’ektlarni
loyihalash bo’yicha modelli izlanishlar, ko’p sonli kelishuvlar, ekspertiza olib
boriladi va tugallangan texnik hujjatlar tasdiqlanadi.
Bu bosqichlarning barchasi albatta ko’p
mehnat va vaqt talab qiladi, shu
sababli loyihalash va ilmiy izlanish ishlari qurilish ishlab chiqarilishi ishlaridan
ancha avvalroq olib borilmog’i kerak. Faqat shunday bo’lgandagina qurilish
dasturining zaruriy va sifatli texnik hujjatlarini o’z vaqtida ta’minlash mumkin.
Dostları ilə paylaş: