O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti


- sanoat guruhlarini (MSG) tuzishga katta e’tibor ajratilyapti.  Moliya -



Yüklə 1,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/125
tarix17.10.2023
ölçüsü1,86 Mb.
#156422
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   125
Qurilish iqtisodiyoti

-
sanoat guruhlarini (MSG) tuzishga katta e’tibor ajratilyapti. 
Moliya
-
sanoat guruhlari (MSG) (sanoat
-
moliyalashtirish guruhlari) avvalom 
bor, bank va sanoat kapitalini integratsiyalashning muhim shaklini o’zida namoyon 
etadi. Ularning tarkibiga kichik korxonalar, o’rta va yirik tashkilotlar hamda 
korxonalar va hattoki transmilliy kompaniyalar ham kiritiladi. 
MSG deganda turli vazifalarni bajarishga mo’ljallangan integrallashgan 
tuzilmalarning keng doirasini tushunish taqoza etiladi. Xorij amaliyotida MSG 
ma’lum bir tashkiliy
-
huquqiy shakllarda faoliyat yuritayotgan hamda puxta 
shaklga ega bo’lgan sanoat va moliyaviy tuzilmalarni o’zining tarkibiga kiritadi. 
Ammo shuni e’tiborga olish joizki, bu birlashmalar o’zlarining kattaligi 
tufayli MSG deyilmaydi. Bular kontsernlar, konsortsiumlar, transmilliy 
kompaniyalar, korporatsiyalar, konglomeratlardir. “Guruh” atamasi aksariyat 
hollarda shartli xarakterda yuritiladi. Shunga qaramasdan, shuni e’tiboga olish 
kerakki, “guruh” atamasi iqtisodiy salohiyatli tizimlar va xalqaro ishlab chiqarish, 
kapital, ishchi kuchi, axborotlar va bilimlarning xalqaro bozorlarda egallab turgan 
o’rinni belgilash uchun ishlatiladi. MSGlar ayniqsa 1995 yildan boshlab jadal 
sur’atlar bilan yaratila boshlandi.
MSG ishtiroqchilari tomonidan erkin holda tashabbus bilan yoki guruhning 
bitta ishtirokchisi tomonidan boshqa ishtirokchilarning aktsiyalar paketlarini 
o’tkazish tartibida konsolidatsiya yo’li bilan yaratilishi mumkin, shuningdek, 
xukumat organlari bilan kelishuv asosida ham tuzish mumkin. MSGlarni 
yaratishning bunday xilma-xilligi ularda boshqaruv tizimini yo’lga qo’yish 
bo’yicha aniq talablarning ishlab chiqilishi va bajarilishini taqoza etadi. 
MSGlarni tuzish va ro’yxatdan o’tkazish O’zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasi tomonidan nazorat qilinadi. MSGlarni tuzishga va ularning faoliyatiga 


75 
tegishli bo’lgan savollar albatta Davlat antimonopol siyosati bilan kelishiladi va 
ushbu Komitet tomonidan nazorat qilinadi. 
MSGlarni ro’yxatdan o’tkazish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi: 
ariza; shartnoma; MSG tarkibiga kirganligini tasdiqlovchi yuridik shaxslar 
haqidagi guvohnoma nusxasi (notarius tomonidan tasdiqlangan); tashkiliy loyiha; 
Antimonopol komitetning xulosasi. 
MSGda boshqarishning asosiy jihatlari-ishtirokchilar ichidan markaziy 
kompaniya 
tarkibini 
ajratib 
olish. 
Ishtirokchilar 
markaziy 
kompaniya 
majburiyatlari bo’yicha mas’uliyatni o’z zimmalariga olishga majburdirlar. 
MSGlari ishtirokchilariga ma’lum imtiyozlar (engilliklar) o’rnatiladi. MSGlarning 
faoliyati shartnoma orqali reglamentlashtiriladi. MSG ishtirokchilari vakillarining 
yig’ilishida MSGni boshqaruvchilar Kengashi saylanadi, bu Kengash MSG 
faoliyatini boshqarish bo’yicha ko’plab savol va masalalarni yechadi. 
Turli huquqiy dalolatnomalar bilan rasmiy ro’yxatdan o’tkazilgan MSGlar 
uchun quyidagi imtiyozlar ko’zda tutiladi: 
1) Aktsiyalarning davlat paketlarini ishonchli boshqaruvga berish; 
2) Guruhlar ishtirokchilari qarzlarini hisobga olish; 
3) Davlat kafolatlarini taqdim etish; 
4) Imtiyozli kreditlar berish; 
5) MSG ishtirokchilariga amortizatsiya muddatini va amortizatsiya 
ajratmalari jamg’armasini mustaqil ravishda aniqlash huquqini berish; 
6) O’zaro birlashgan muvozanat holatini bilish huquqini taqdim etish. 
Bu imtiyozlar aytarlik darajada amalga oshirilmayotgan bo’lsada, lekin ular 
boshqa ijobiy omillar qatorida tashkilot faoliyatining bu shaklini rivojlantirishga 
shart-sharoitlar yaratadi. 
Hozirgi bozor munosabatlari sharoitida milliy iqtisodiyotning boshqa 
sohalarida bo’lgani singari qurilishda ham qimmatli qog’ozlarni investitsiyaning 
har xil turlariga, turli ishlarga va tarmoqlarga investitsiyalash hamda tadbirkorlik 
bo’yicha taxminiy harakatlarni minimallashtirish orqali bir
-
biriga bog’liq 
bo’lmagan ishlab chiqarish (ko’p tarmoqli kompaniyalar yaratish)ni bir vaqtning 


76 
o’zida rivojlantirish va ishlab chiqarilayotgan buyumlarning assortimentlarnini 
kengaytirish bo’yicha ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash
 
yuzaga keladi.
Ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash tovarlarning ortiqcha ishlab 
chiqarilishi to’g’risida ogohlantirish vositasi bo’la olmasada, lekin u yuzaga 
keladigan oqibatlarni yengilashtirishga xizmat qila oladi. 
Diversifikatsiya so’zini keng ma’noda ishlab chiqarilishi firmaning asosiy 
faoliyati bilan bog’liq bo’lmagan mahsulotlarning yangi turlari bozorida ushbu 
firma faoliyat sferalari sonini kengaytirishga yo’naltirilgan marketing strategiyasi 
turi sifatida ko’rib chiqish mumkin. 

Yüklə 1,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin