O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti


 Qurilishda kombinatsiyalashtirish



Yüklə 1,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/125
tarix17.10.2023
ölçüsü1,86 Mb.
#156422
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   125
Qurilish iqtisodiyoti

 
5.4. Qurilishda kombinatsiyalashtirish 
 
Kombinatsiyalashtirish
– 
bu bitta korxona doirasida turli ishlab 
chiqarishlarni texnologik va tashkiliy birlashtirishga asoslangan ijtimoiy ishlab 
chiqarishni tashkil etish shaklidir. Kombinatsiyalashtirish ijtimoiy mehnatni 
oqilona tashkil etish va uni ilmiy-texnik jihatdan olg’a intiltirishning eng muhim 
shart-sharoiti deb hisoblanadi.
Moddiy va mehnat zahiralaridan unumli foydalanish hamda ijtimoiy ishlab 
chiqarishni oqilona tashkil etish kombinatsiyalashning maqsadini
 
ifodalab beradi.


68 
Kombinatsiyalashning iqtisodiy samaradorligiga ishlab chiqarish va 
transport
-
maishiy xarajatlarga sarflanadigan joriy mablag’larni kamaytirish orqali 
erishiladi. Texnologiyalarni takomillashtirish, alohida bajariladigan oraliq 
operatsiyalarni tiklash, ixtisoslashgan ishlab chiqarishlar orqali birlashtiriladigan 
ishlab chiqarish tsiklini qisqartirish iqtisod qilishning manbalarini tashkil etadi. 
Kombinatsiyalash samaradorligi tegishli mahsulot turlarini ishlab chiqaradigan 
kombinatsiyalangan va kombinatsiyalashtirilmagan korxonalar faoliyati iqtisodiy 
ko’rsatkichlarini taqqoslash yo’li bilan aniqlanadi. 
Har bir soha yoki tarmoqda amalga oshiriladigan kombinatsiyalash ishlab 
chiqarish jarayonlari xarakteri, xom
-
ashyo zahiralari, tarmoqning rivojlanganlik 
darajasi va boshqa shu kabi ko’rsatkichlar bilan shart – sharoitlanadigan tarmoqqa 
xos bo’lgan jihatlarga ega bo’ladi. 
Sanoatda bo’lgani singari, qurilishda ham kombinatsiyalshtirish ijtimoiy 
ishlab chiqarishni tashkil etishning boshqa shakllari - kontsentratsiyalash, 
ixtisoslashtirish, kooperatsiyalash bilan uyg’unlikda rivojlanadi va turli tashkiliy 
shakllarga ega bo’ladi. 
Qurilishda amalga oshiriladigan kombinatsiyalashning birinchi bosqichida 
kominatsiyalashtirishning shakli faqat noasosiy ishlab chiqarishga ya’ni masalan, 
qurilish uchun materiallarni karьerli ta’minlovchi va konstruktsiyalar, detallar 
yarimfabrikatlar va shu kabilarni ishlab chiqaruvchilarni birlashtiradigan ishlab 
chiqarish korxonalari kombinatlariga tegishli edi. Biroq kombinatsiyalashning 
bunday shakli faqat tashkiliy xarakterga ega bo’lib, u texnologik jihatdan 
o’zaroaloqador bo’lgan mahsulotlarni ishlab chiqarish asosidagi korxonalarni 
birlashtirmaydi. 
Qora, rangli metallurgiya va ularning faoliyati ta’siridagi sanoatning boshqa 
tarmoqlari uchun korxonalar qurilishini amalga oshiradigan qurilish kombinatlari 
mavjudbo’lib, bunday qurilish kombinatlari ham texnologik jihatdan 
o’zaroaloqador (o’zaro bog’langan) korxonalarning kombinatsiyalashgan ishlab 
chiqarish funktsiyalarini to’liq bajara olmadi, ular qurilishni boshqarishning 
strukturali bug’inini namoyon etdi xolos. Qurilishda kombinatsiyalashning eng 


69 
ilg’or shakli sifatida 1959 yilda uy-joy qurilishida vujudga kelgan uy
-
joy qurilishi 
kombinatlari (UJQK) keng tarqaldi. 
UJQK ekspluatatsiyaga tayyor holda yakunlangan qurilish ma’sulotini 
yaratish bilan o’zaro bog’langan jarayonlarni birlashtiradi va amalga oshiradi 
hamda zavod sharoitlarida qurilish konstruktsiyalari va buyumlarini komplekt 
tayyorlaydi, ularni qurilish maydonlariga yetkazib beradi hamda ushbu 
konstruktsiyalar va buyumlarning montajini kombinatlarning o’zlari bajaradi, 
shuningdek, ular maxsus qurilish ishlari va alohida ishlarni ham o’zlari amalga 
oshiradilar. Bir vaqtning o’zida UJQK zarur bo’lgan vaziyatlarda boshqa 
tashkilotlar va korxonalar bilan kooperatsiyalashuvni amalga oshirgan. 
UJQK tarkibiga ilgari xo’jasizlik tufayli va tashkiliy jihatdan tashlab 
qo’yilgan tashkilotlar va korxonalarni kiritish, ob’ektlar qurilishi ishtirokchilarini 
biriktirish, ishlarning yakuniy natijalari va ob’ektlarning sifatli tiklanishi uchun 
kombinat kollektivining manfaatlarini va mas’uliyatini oshiradi. 
Tashkiliy jihatdan ustunlikka ega ekanligi bilan UJQK faoliyati texnik-
iqtisodiy ko’rsatkichlari yirik panelli uylar qurilishini olib boradigan pudratli 
tashkilotlarning anologik ko’rsatkichlaridan ustun turadi. 
UJQK uchun yagona qurilish balansi xarakterli bo’lib, unda kombinatning 
qurilish bo’limlari sifatida - qurilish konstruktsiyalari, detallar, yarimfabrikatlar va 
materiallar ishlab chiqaruvchi zavodlar yoki tsexlar ham o’z aksini topadi. 
SHunday strukturaga ega bo’lgan UJQK ancha ratsionaldir, chunki bunday holatda 
kombinat yagona qurulish-sanoat korxonasi sifatida maydonga chiqadi va uning 
faoliyati ko’p me’yorda foydalanishga tayyor bo’lgan ob’ektlar ko’rinishidagi 
yakuniy natijalarga erishishga qaratilgan bo’ladi. Shuningdek, UJQK koordinatsiya 
funktsiyalari va qurilish jarayonida ishtirok etishi bo’yicha ham turlarga bo’linadi. 
Ba’zi UJQKlar ko’p mavzeli (kvartalli) qurilishda subpudratchi sifatida bosh 
pudratchi 
tomonidan 
oldindan 
tayyorlangan 
poydevorlarga 
quriladigan 
ob’ektlarning yer usti qismini qurishda faqat umumqurilish ishlarini amalga 
oshirish bilan faoliyat yuritadi. Maxsus (sanitar
-
texnik, elektrmontaj va h.k.) 


70 
ishlarni bajarish uchun ular bunday vaziyatlarda subpudrat huquqiga asosan 
maxsus ishlarni bajarishga ixtisoslashtirilgan tegishli tashkilotlarni jalb qiladilar. 
Boshqa UJQKlar esa ob’ekt qurulishi uchun zarur bo’lgan ishlarning butun 
kompleksini va uni foydalanishga topshirish bo’yicha bosh pudratchi funktsiyasini 
o’z zimmasiga oladi va to’liq tsikldagi qurilishni hamda bino yer usti bo’yicha 
bajariladigan hamma umumqurilish va maxsus ishlarni amalga oshiradilar. 
Shaharning alohida kichik tuman(mikrorayon)lari yoki mavzelarining 
qurilishi bo’yicha bosh pudratchi sfatida chiqadigan UJQKlar ham mavjuddir. 
Bunday vaziyatlarda uy
-
joy qurilishi kombinati madaniy-maishiy vazifalarni 
bajarishga mo’ljallangan ob’ektlar, injenerlik tarmoqlari, yo’l qurilishi, hududlar 
ko’kalamzolashtirilishini kiritgan holda butun yashash kompleksini foydalanishga 
topshiradi. 

Yüklə 1,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin