O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti


 Qurilish ishlab chiqarishini ixtisoslashtirish



Yüklə 1,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/125
tarix17.10.2023
ölçüsü1,86 Mb.
#156422
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   125
Qurilish iqtisodiyoti

5.2. Qurilish ishlab chiqarishini ixtisoslashtirish 
Ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish
mehnatni ijtimoiy jihatdan ajratish va 
uni oqilona tashkil etishning shakllaridan biri hisoblanib, alohida mustaqil 
tarmoqlarni kengaytirishning ob’ektiv jarayonida o’zining yorqin ifodasini topadi. 
Ishlab chiqarilayotgan mahsulotning bir jinsliligi ixtisoslashtirishning eng 
asosiy ajralib turadigan belgisi sifatida xizmat qiladi. Har bir tarmoq doirasida 
amalga oshiriladigan ixtisoslashtirish mahsulotlar nomenklaturasini tartiblash, 
ishlab chiqarishning texnologik bir jinsliligini oshirish, uni stantartlashtirish orqali 
olib boriladi. 
Ixtisoslashtirish texning taraqqiyotning sharoitlari va bir vaqtning o’zida 
uning oqibatlari ta’sirida amalga oshirilishi mumkin, chunki aynan texnik 
taraqqiyot ixtisoslashgan korxonalar, uchastkalar, ishlab chiqarishni ajratish va 
rivojlantirish yo’li bilan mehnatni ijtimoiy ajratishni chuqurlashtirishga olib keladi. 
Bunday me’zonlar ishlab chiqarishni rivojlantirish va takomillashtirishning alohida 
omili sifatida ixtisoslashtirish darajasini tavsiflab beradi. Ixtisoslashgan korxonalar 
va tashkilotlar, qoidaga ko’ra, mehnat unumdorligi, ishning sifati, ishlab 
chiqarishning rentabelik darajasi bo’yicha ancha ilgarilab ketadi. 
Ixtisoslashtirish ishlab chiqarishni ijtimoiy tashkil etishning shakli sifatida: 
tarmoqli, detalli va texnologik kabi uchta asosiy turga ega bo’ladi. 
Iqtisodning har bir tarmog’iga ularning ishlab chiqarishdagi spetsifikasiga 
bog’liq ravishda iqtisoslashtirishning ko’rsatilgan turlaridan hammasi yoki faqat 
bir qanchasi tegishli bo’lishi mumkin. 
Qurilishda ixtisoslashtirishning ikkita shakli mavjud: birinchi shakl tarmoqli,
 
yoki ob’ektli
 - 
bo’ shakl xo’jalik jihatdan mustaqil ixtisoslashgan tashkilotlarning 
yaratilishida o’z ifodasini topadi, bu tashkilotlar xalq xo’jaligining alohida 
tarmoqlari – sanoat, transport, qishloq xo’jaligi – yoki sanoatning alohida 
tarmoqlari – metallurgiya, kimyo, ne’ft va shu kabilar uchun korxonalar va 
ob’ektlar qurilishini bajaradi; ikkinchi shakl texnologik yoki bosqichli – bu shakl 
qurilish va montaj ishlarining bir jinsli turlari yoki komplekslarini bajarishga 


64 
ixtisoslashgan xo’jalik jihatdan mustaqil bo’lgan qurilish tashkilotlarini yaratishda 
o’z ifodasini topadi. Bu tashkilotlar masalan, sanitar – texnik, elektromontaj, 
jihozlarni montaj qilish va shu kabi ishlarni bajaradi.
Tarmoqli ixtisoslashtirishni kengaytirish xalq farovonligini ta’minlashga 
yo’naltirilgan yashash va madaniy – maishiy soha bo’yicha qurilishning o’sib 
borayotgan masshtablari bilan shart – sharoitlanadi. Bu esa qurilish tashkilotlari 
o’z faoliyati sohasini detallashtira borib, ma’lum bir tarmoqqa tegishli bo’lgan 
korxonalarda, masalan domenli sexlar, elevatorlar, yashash binolari, ijtimoiy va 
madaniy vazifalarni bajarishga mo’ljallangan ob’ektlarga jamlanadi. SHuningdek, 
qurilish tashkilotlarini tarmoqli ixtisoslashtirish, tarmoqlarning spetsifikasiga, 
ishlab chiqarish texnologiyasining jihatlariga, bino va inshootlarning konstruktiv 
yechimlariga, ularni qurish texnologiyasiga bog’liq bo’ladi. 
Dastlab qurilishda tarmoqli ixtisoslashtirish vujudga keldi. Texnologik 
belgilar bo’yicha ixtisoslashtirish esa sanoat qurilishida texnologik montaj qilish va 
jihozlarga tegishli bo’lgan boshqa ishlarni amalga oshiradigan tashkilotlarning 
tashkil etilishi bilan boshlandi. 
Hozirgi 
vaqtda 
ixtisoslashgan 
qurilish
-
montaj 
tashkilotlari 
turli 
yo’nalishlarda faoliyat ko’rsatmoqda. Ular yuqori saviyali kadrlar va bu 
yo’nalishlar 
bo’yicha 
ixtisoslashgan 
moddiy
-
texnik 
bazani 
o’zida 
mujassamlashtiradi. 
Qurilishda ixtisoslashtirishning rivojlanish darajasini belgilovchi ko’rsatkich 
ixtisoslashgan tashkilotlar ish hajmining pudratli qurilish
-
montaj ishlari umumiy 
hajmiga nisbati bilan aniqlanadi. Bosh pudrat bo’yicha ixtisoslashtirishning 
umumiy darajasi (tashqi subpudratchi tashkilotlar va xususiy ixtisoslashgan 
tashkilotlar tomonidan bajarilgan ish hajmining bosh pudrat bo’yicha bajarilgan ish 
hajmining nisbati) va xususiy kuchlar orqali bajarilgan ishlarlarning 
ixtisoslashganlik darajasi (xususiy ixtisoslashgan tashkilotlar tomonidan bajarilgan 
ish hajmining xususiy kuchlar orqali bajarilgan ishlar hajmiga nisbati) 
ko’rsatkichlari qabul qilinadi.
Ixtisoslashtirish samaradorligiga quyidagi ko’rsatilganlar evaziga erishiladi: 


65 

Yüklə 1,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin