O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti



Yüklə 1,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/125
tarix17.10.2023
ölçüsü1,86 Mb.
#156422
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   125
Qurilish iqtisodiyoti

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


61 
V BOB. QURILISH ISHLAB CHIQARISHINI TASHKIL ETISH
SHAKLLARI 
 
5.1. Qurilish ishlab chiqarishi konsentratsiyasi 
 
Qurilish sohasida ishlab chiqarish konsentratsiyasi deganda mablag’lar, 
predmetlar va mehnat resurslarining yirik ishlab chiqarish bo’g’inlarida bir nuqtaga 
jamlanish 
jarayonini 
tushunish 
taqoza 
etiladi. 
Ilmiy-texnik 
taraqqiyot 
konsentratsiyaning moddiy
-
texnik asosi bo’lib maydonga chiqadi. 
Zamonaviy ishlab chiqarish butun jamiyat manfaatlari uchun konsentratsiya 
ustunliklaridan to’liq foydalanish imkonini beradi. Konsentratsiyaning ijtimoiy 
ahamiyati shundaki, ishlab chiqarishda texnik darajaning oshishi og’ir qo’l 
mehnatini bartaraf etish uchun sharoit yaratadi, aqliy va jismoniy mehnat qiladigan 
xodimlar o’rtasidagi farqni bartaraf qilish jarayonini tezlashtiradi. 
Ishlab chiqarishni tashkil etishning shakli sifatida konsentratsiya katta 
iqtisodiy samaradorlikka ega bo’ladi. Yirik korxonalar ancha yuqori darajadagi 
mehnat unumdorligini, yaxshi sifat va past tannarxga ega bo’lgan mahsulotlarning 
ishlab chiqarilishini ta’minlaydi. 
Kontsentratsiya ishlab chiqarishning ixtisoslashuvi va kombinatsiyalashuvi 
bilan uzviy bog’langandir. Ixtisoslashgan ishlab chiqarishning rivojlanishi bir jinsli 
ishlab chiqarish konsentratsiyasining ilg’or shakli sifatida namoyon bo’ladi. Yirik 
korxonalarda amalga oshiriladigan ishlab chiqarishning kombinatsiyalashuvi ishlab 
chiqarishni ancha yuqori ilmiy
-
texnik darajada tashkil etish imkonini beradi. 
Ishlab chiqarishning konsentratsiyasi amal qilayotgan korxonalarning 
ko’lamini ularni kengaytirish, rekonstruktsiya qilish yoki texnik jihatdan qayta 
jihozlash evaziga oshirish; yangi yirik korxonalarni yaratish va yangi ishlab 
chiqarish birlashmalarini tashkil etish yo’li bilan amalga oshirilishi mumkin. Yangi 
yirik korxonalar va birlashmalarning yaratilishi markazlashgan ishlab chiqarish 
bazasida yiriklashgan ishlab chiqarish bo’g’in(yacheyka)larining paydo bo’lishiga 
olib keladi. Shunday ekan, bundan korxonalar o’lchamlarining kengaytirilishi 


62 
markazlashtirishning natijasi ekanligi kelib chiqadi, ya’ni markazlashtirishni 
kontsentratsiyani amalga oshirishning shakllaridan biri sifatida ko’rib chiqish 
qabul qilingan. 
Konsentratsiyaning darajasi ko’rsatkichlar tizimi bilan aniqlanadi, ulardan 
eng asosiysi bu ishlab chiqarilayotgan mahsulot hajmi hisoblanadi. Ilmiy
-
texnik 
taraqqiyot sharoitlarida asosiy ishlab chiqarish jamg’armalarining hajmi, shu 
qatorda faol mo’ljallashtirish, energiya qurilmalarining quvvati va shu kabi 
ko’rsatkichlarning ahamiyati yanada kuchayadi. Konsentratsiya darajasining 
xarakteritikasi uchun xalqaro miqyosda keng qiyoslash orqali ishchi – 
xodimlarning sonli ko’rsatkichi qabul qilinadi, lekin bu ko’rsatkich konsentratsiya 
darajasining dinamikasini hamma vaqt ham aniq ko’rsatavermaydi, chunki ishchi – 
xodimlarning soni ishlab chiqarishni kengaytirishda mehnat jarayonlarini 
mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish natijasida qisqarishi mumkin. 
Boshqa sohalardagi singari, qurilishdagi kontsentratsiya ham o’ziga xos 
jihatlarga ega bo’ladi. Ular ya’ni bu jihatlar qurilish mahsulotining ko’chmas mulk 
ekanligi bilan izohlanadigan qurilish ishlab chiqarishi xususiyati(spetsifikasi) 
orqali yuzaga chiqadi. Shuning uchun qurilishda kontsentratsiya ikki yo’nalishda: 
qurilish tashkilotlarini yiriklashtirish va qurilish ob’ektlari ko’lamini kengaytirish 
yoki bitta qurilish maydonida bajariladigan qurilish-montaj ishlari hajmini oshirish 
evaziga rivojlantiriladi. 
Konsentratsiyaning bu ikki yo’nalishidan birinchi turi 
-
qurilish 
tashkilotlarini yiriklashtirish ancha keng tarqalgan. Ikkinchi turi esa hududiy 
bo’lib, bu tur jamlangan yirik tugunlarga ega bo’lgan korxonalar va ob’ektlar 
(sanoat tugunlari, yirik turar joy massivlari) qurilishida to’liq namoyon bo’ladi, 
ya’ni bu turning qo’llanishi ancha maqsadga muvofiqdir. Har qanday holatda ham 
qurilish
-
montaj ishlarining yillik hajmi qurilishda kontsentratsiya darajasini 
baholash uchun asosiy ko’rsatkich bo’lib qolaveradi. 


63 

Yüklə 1,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin