57
Cheklangan resurslar omilini hisobga olgan holda ko'p (multi), yakka
(mono) va xalqaro loyihalarni ajratib ko'rsatish mumkin.
Multiloyihalar loyiha buyurtmachisining g’oyasi bir
-
biri bilan o'zaro bog'liq
bo'lgan bir necha loyihalarga tegishli bo'lgan holatlarda qo'llaniladi, ularning har
biri o'z resurs chegarasiga ega emas.
Multiloyiha
ishlab chiqarish, moliyaviy, vaqtinchalik imkoniyatlar va
buyurtmachilarning talablari (mijozlar ehtiyojlari) bilan cheklangan firmaning
ishlab chiqarish dasturi doirasida ko'plab buyurtma(loyiha)
va xizmatlarning
bajarilishi hisoblanadi.
Multiloyihalar uchun muqobil loyihalar sifatida bitta loyiha jamoasi
tomonidan amalga oshiriladigan va alohida investitsiyalar, ijtimoiy va boshqa
loyihalar tomonidan
aniq belgilangan resurslar, vaqt va boshqa tizimlarga ega
bo'lgan mono loyihalar hisoblanadi.
Xalqaro loyihalar odatda sezilarli darajadagi murakkablikka va xarajatlarga
ega ekanligi bilan ajralib turadi. Shuningdek, mazkur loyihalar qaysi mamlakatlar
uchun ishlab chiqarilayotgan bo’lsa, ular o’sha mamlakatlarning iqtisodiyoti va
siyosatida muhim ro’l o’ynashi bilan ajralib turadi.
Ushbu loyihalarning o’ziga xosligi quyidagicha:
-
ular uchun uskunalar va materiallar odatda jahon bozorida xarid qilinadi.
Bu yerdan, loyiha uchun xaridlarni amalga oshiradigan
tashkilotga nisbatan
qo’yiladigan talablar yuqoriligi kelib chiqadi.
Bunday loyihalarni tayyorlash darajasi shunga o’xshash "ichki" loyihalarga
qaraganda ancha yuqoriroq bo'ladi.
Investitsiya loyihasining ishtirokchilari 4.2
-
rasmda ko’rsatilgan.
Loyihaning hayotiy davri muhim ahamiyatga ega. Loyihaning hayotiy davri,
uning faza yoki bosqichlarini aniqlashda umumiy qabul qilingan an’anaviy
yondashuv mavjud emas va ehtimol, mavjud bo'lmasligi ham mumkin. Ushbu
tavsiflar ma'lum bir loyihaning o'ziga
xosliklari, uni amalga oshirish shartlari va
ishtirokchilarning tajribalariga bog’lik bo’ladi.
58
Loyihaning hayotiy davri asosiy bosqichlari:
Odatda, loyihaning hayotiy davri quyidagi to'rtda bosqichdan iborat:
1. Dastlabki bosqich (konsepsiya);
2. Ishlab chiqish bosqichi;
3. Amalga oshirish bosqichi;
4. Tugatish bosqichi.
Loyiha konsepsiyasi quyidagilarni o'z ichiga oladi:
Dostları ilə paylaş: