3.11. Iqtisodiy tahlilning shakllari Yuqorida ta’kidlanganidek, iqtisodiy taqlil turlari uning shakllaridan farq qiladi. Iqtisodiy tahlilning shakllari esa bir-biridan ma’lum darajada o’ziga xos bo’lgan usullari, ketma-ketligi, maqsadi va vazifalari bilan xam farq qiladi. Masalan, kompleks tahlilda xo’jalik faoliyati makon va zamon nuqtai nazaridan batafsil tahlil qilinadi. Unda asosiy usullar tariqasida kompleks baholash usullari qo’llaniladi. Ushbu tahlil ma’lum darajada omilli tahlildan farq qiladi.
Omilli tahlilda xo’jalik faoliyatiga ta’sir qiluvchi omillarning ta’sirini aniqlash usullari o’rganiladi. Bu juda ko’p tahlil shakllarida qo’llanilishi mumkin. Ammo boshqa tahlilda omilli tahlil usullari asosiy bo’lmasdan, balki xulosani chuqurlashtirish uchun foydalaniladi.
SHu ikki tahlil shaklidan farqi ularoq funktsional-qiymat tahlili (FQT) xam mavjud. FQT da ikki tahlilda xam qo’llanilmaydigan, qo’llanilsa xam kam qo’llaniladigan usullardan foydalaniladi. Boshqa tahlillar asosan ma’lum ko’rsatkichlar, aniq raqamlarga asoslansa, FQTda ko’p xollarda mantiqiy evristik tahlil usullaridan foydalaniladi.
Xuddi shunday xolatni boshqa tahlil shakllari bo’yicha xam keltirish mumkin. Demak, iqtisodiy tahlilning turlarida ma’lum darajada metodologik mushtaraklik bo’lsa, shakllarida o’ziga xoslik ustuvordir.
Iqtisodiy tahlilning shakllari va xar birining qisqacha mazmuni ushbu chizmada keltirilgan (3.12-chizma).
Xo’jalik yurituvchi sub’ekt faoliyatini makon va zamin nuqtai nazaridan barcha tuzulmalari bilan birga batafsil tahlil kilishdir.
2. Solishtirish tahlili
Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatini yaxlit holda, alohida tuzulmalari yoki mavzularini baxo va vaqt jihatidan solishtiriladigan xolatga keltirilib amalga oshiriladigan tahlildir.
Xo’jalik faoliyati natijasiga ta’sir qiluvchi omillarni aniqlash va ularning ta’sirini hisoblash usullari majmuasini o’zida aks ettirgan tahlildir.
4. Funktsional – qiymat tahlili
Har bir bajariladigan funktsiyani (asosiy, yordamchi va nokerak) qiymat jihatidan baholab mahsulotni (ish,xizmat) sifatini oshirgan xolda nokerak funktsiyalarni bartaraf qilish evaziga ichki imkoniyatlarni
(rezervlarni) topish va ishga solishga qaratilgan tahlildir.
Barcha xarajatlarni doimiy va o’zgaruvchi xarajatlarga bo’lib ishlab chiqariladigan maxsulotlarning (bajariladigan ishning ko’rsatiladigan xizmatning) biznesda ko’zda tutilgai foydaga erishish uchun zarur bo’lgan miqdorini aniqlash va samaradorligini oshirishga qaratilgan tahlildir.
6. Staxostik tahlil
Xo’jalik faoliyatida natija va omillar o’rtasidagi bog’liqlik funktsional bog’liq bo’lmagan sharoitda ularning bog’liqligini o’rganishga qaratilgan tahlildir.
7. Loyixa tahlili
Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar istiqbolini, biznes rejasini, investitsiya loyixalarini asoslash uchun xali sodir bo’lmagan, ya’ni bo’lishi kutilaytgan iqtisodiy jarayonlarni o’rgatadigan tahlildir.
8. Moliyaviy tahlil
Xo’jalik yurituvchi sub’ekt moliyaviy natijalari va moliyaviy xolatini o’rganishga bag’ishlangan tahlildir.
Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar moliya-xo’jalik faoliyatini audit qilganda to’g’ri xulosa chiqarish uchun auditorlar tomonidan o’tkaziladigan tahlildir.