3.12-chizma. Iqtisodiy tahlilning shakllari va ularning mazmuni Iqtisodiy tahlilning shakllari o’ziga xos xususiyatga ega bo’lib, ularning xar biri ma’lum darajada mustaqil usullarga va tushunchalarga ega. SHu jixatdan uning turlari ma’lum bir belgilari bo’yicha tasniflansa, shakli esa o’ziga xosligi bilan ajralib turadi. Iqtisodiy tahlilning turlarida, asosan, tahlilda qo’llaniladigan barcha usullardan foydalanilsa, usullarida esa o’ziga xos turlaridangina foydalaniladi. Yukorvdagi jadvalda iqtisodiy tahlilning 11 ta shakli keltirilgan. Masalaning qo’yilishi, ma’lum bir maqsadga erishish uchun bu tahlil shakllaridan ayrim sub’ektlar alohida foydalanishlari xam mumkin.
Ushbu tahlil shakllarining o’ziga xosligi to’g’risida ma’lum bir tushuncha berish uchun ularning ayrimlariga to’xtalishni maqsadga muvofiq deb topdik.
Takrorlash va o’zini-o’zi nazorat qilish uchun savollar 1. Iqtisodiy tahlilning turlari va shakllari, ularning tasnifi va tavsifi
2. Iqtisodiy tahlil turlari va shakllari to’g’risida tushuncha Iqtisodiy tahlil turlarining tasniflash belgilari
3. Iqtisodiy tahlilni iqtisodiy mazmuni bo’yicha tasniflash
4. Iqtisodiy tahlilni zamon nuqtai nazaridan tasniflash
5. Iqtisodiy tahlilni makon nuqtai nazaridan tasniflash
6. Iqtisodiy tahlilni tahlil qiluvchi sub’ektlari bo’yicha tasniflash.
7. Iqtisodiy tahlilni tarmoq tamoyili bo’yicha tasniflash.
8. Iqtisodiy tahlilni kengaytirilgan ishlab chiqarish bosqichlari bo’yicha tasniflash.
9. Iqtisodiy tahlilni kompьyuterlashtirish darajasi bo’yicha tasniflash.
10. Iqtisodiy tahlilni ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni o’rganish bo’yicha tasniflash.
11. Iqtisodiy tahlilni o’rganilayotgan ob’ektni qamrab olish darajasi bo’yicha tasniflash.