O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti



Yüklə 1,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/125
tarix17.10.2023
ölçüsü1,86 Mb.
#156422
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   125
Qurilish iqtisodiyoti

-
loyiha ko’lami;
-
loyihaning yo'nalishi;
-
investitsion siklning tavsifi va mazmuni;
-
davlat ishtiroki tavsifi va darajasi;
-
qo’yilgan mablag'lardan foydalanish samaradorligi bo'yicha tasniflanadi. 
Ushbu maqsadlar uchun har bir aniq loyihani belgilaydigan to'rtta asosiy 
omil (tasniflash mezonlari) mavjud: 
1. Loyiha ko’lami(hajmi); 
2. Amalga oshirish muddatlari; 
3. Sifat. 
4. Resurslar cheklanganligi. 
"Oddiy" loyihalarda ushbu omillar ko’p yoki kam darajada teng deb 
hisoblanadi. Shu bilan birga, omillardan biri ko’proq ustunlikka ega bo’lib, alohida 
e'tiborni talab qilsa, boshqa omillar ta'siri esa nazorat jarayonlari tufayli 
pasaytiriladi. 
Ko’lami nuqtai nazardan loyihalar kichik va megaloyihalarga bo'linadi. 
Kichik loyihalar, loyihalash va uni amalga oshirish, loyiha komandasini 
shakllantirish jarayonida bir qator soddalashtirishlarni ta'minlaydi. Shu bilan birga, 
yo’l qo’yilgan xatolarni tuzatishdagi qiyinchiliklar loyihaning hajmiy
xususiyatlarini aniqlashni, loyiha ishtirokchilari va ularning ish uslublari, loyiha 
jadvallari va hisobot shakllari hamda shartnoma shartlarini juda aniq belgilashni 
talab qiladi. 
Megaloyihalar umumiy maqsadga, ajratilgan resurslar va ularni amalga 
oshirish uchun ajratilgan vaqtga birlashtirilgan bir-biriga bog'liq bo'lgan bir nechta 
loyihalarni o'z ichiga olgan dasturlarga mo'ljallangan. 
Bunday dasturlar xalqaro, davlat, milliy va mintaqaviy bo'lishi mumkin. 
Megaloyihalar bir nechta o'ziga xos xususiyatlarga ega: 
-
 
yuqori qiymat(narx)ga ega ekanligi (taxminan 1 mlrd. AQSh dollari va 
undan ko'p); 


56 
-
 
kapital sig’imliligi - bunday loyihalarda moliyaviy resurslarga bo'lgan 
ehtiyoj noan'anaviy (aksiyadorlik, aralash) moliyalashtirish shakllarini talab qiladi; 

Yüklə 1,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin