Pedagogik texnika va aktiyorlikka xos xususiyatlar. Pedagogik texnika va murabbiylik shartlari


O`qituvchining aktyorlik mahorati



Yüklə 250,2 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix19.10.2023
ölçüsü250,2 Kb.
#157073
1   2   3   4
PEDAGOGIK TEXNIKA VA AKTIYORLIKKA XOS XUSUSIYATLAR. PEDAGOGIK TEXNIKA VA MURABBIYLIK SHARTLARI

O`qituvchining aktyorlik mahorati
Pedagogik texnikalar tizimiga o`qitish samaradorligini oshirish va ijobiy tarbiyaviy 
ta`sir ko`rsatadigan yana bir mahorat o`qituvchining aktyorlik va rejissyorlik 
mahoratidir. Xususan, adbiyot, odob, ma`naviyat asoslari, tarix fanlari 
o`qituvchilari uchun aktyorlik mahorati juda zarur. Ayrim mavzular, obrazlar, 
tarixiy qaxramonlarni tasvirlash, aktyorlik, tarbiyaviy ma`lumotlar so`rash, 
o`quvchilar vaoliyatini tashkil etishda o`qituvchidan rejissyorlik mahorati zarur. 
Bu ko`nikmalar o`qituvchiga yoshlar bilan muloqotda bo`lishda –o`quvchilarning 
intelektiga emas, balki ularning his-tuyg`ulariga ta`sir o`tkazishga, dunyoga hissiy 
jihatdan 
qimmatli 
bo`lish 
tajribasini 
o`rgatishda 
yordam 
beradi.
Pedagogik 
texnika 
xususiyatlari
Pedagogik texnikaning muhim xususiyatlaridan biri o'qituvchining o‘quvchilar 
bilan bevosita muloqoti jarayonida shakllanadigan kasbiy texnik ko'nikma va 
malakalaridir. Bunda pedagogik texnikaning ko'nikma va malakalari o'qituvchining 
pedagogik 
mahorati 
bilan 
aloqadorlikda 
shakllanib 
boradi.
Rivojlangan pedagogik texnika xususiyatlari o'qituvchiga o‘quvchilar bilan 
muloqot jarayonida zarur so'z va gap ohangi, qarash, imo ishorani tez va aniq 
topish, kutilmagan pedagogik v aziyatlarda bosiqlik va osoyishtalik. aniq fikr 
yuritish, vaziyatni fikran va tez tahlil qilish kabiqobiliyatiarini namoyish etish bilan 
ifodalanadi. Pedagogik texnikaning ushbu xususiyatlari o‘qituvchj kasbiy 
mahoratida aniq ifodalangan individual shaxsiy shakl oladi, ya’ni o‘qituvchining 
psixologik-fiziologik xususiyatlari asosida uning shaxsiy pedagogik texnikasini 
tarkib 
toptiradi.
Individual pedagogik texnikaning shakllanishi o‘qituvchining yoshi, jinsi, mijozi, 
fe’l-atvori, 
salomatligi, 
anatomik-fiziologik 
xususiyatlariga 
bogiiq.
0‘qituvchining shaxsiy “Mehnat professiograimnasi”ni ishlab chiqdilar. 
Olimlaming fikrlariga ko‘ra o‘qituvchi professiogrammasi o‘qituvchilarga 
qo‘yiladigan maxsus talablarni o‘z ichiga oladi hamda har bir fan o‘qituvchisining 


alohida ixtisoslashgan xarakteristikasini belgilab beradi. Jumladan, ular ta’lim 
muassasalarida pedagogik faoliyat olib boradigan “o‘qituvchi-murabbiy 
professiogrammasi”da quyidagi hislatlar, ya’ni “Pedagogik texnika” malakalari 
mujassamlashgan 
bo‘lishini 
ta’kidlaydilar.
1) 0 ‘qituvchining shaxsiy hislatlari: bolalarni sevishi, kamtarligi,dilkashligi, 
mehnatsevarligi.
2) Kasbiga xos bilimlari: ta ’lim va tarbiya jarayoni mohiyatini bilishi, pedagogik 
va psixologik bilim asoslarini egallashi, о 'quvchilarning yosh xususiyatlariga 
asosan psixologik imkoniyatlarini anglashi, tarbiyaviy ta ’sir etishning samarali 
usullaridan oqilona foydalana olishi, otaonalar va jamoatchilik bilan olib 
boriladigan 
faoliyat 
mazmunini 
puxta 
bilishi.
3) Kasbiga xos hislatlari: milliy mqfkura, umuminsoniy qadriyatlar, milliy an’ana 
va urf-odatlarning asl mohiyatini tushunishi, kuzatuvchanligi, pedagogik 
qobiliyatga egaligi,o'zini qo'lga ola bilishi, o'zini anglay olishi, pedagogik takt
nutq 
madaniyati.
4) Shaxsiy pedagogik uddaburonligi: dars mashg'ulotlarida zarurmateriallami 
tanlay olishi, o'quvchilarning bilish faoliyatini boshqarishi, ta ’lim-tarbiya 
jarayonini istiqbolli rejalashtirishi, o'quvchilar ja moasini boshqara olishi.
5) Tashkilotchilik malakalari: o'quvchilar jamoasini uyushtira bilishi, turli 
ziddiyatli vaziyatlarda ham о'quvchilar jamoasini boshqarishi, amaliy 
muammolarni 
hal 
etishda 
uddaburonligini 
namoyish 
eta 
olishi.
6) Kommunikativ malakalari: о ‘quvchilarni о 'ziga jalb etishni bilishi, o'quvchilar 
va ota-onalar bilan maqsadga muvofiq pedagogic muloqotlarni tashkil qilishi, 
о'quvchilarning jamoada о'zaro munosabatlarida bir xil muvozamtni tartibga 
solishi.
7) Gnostik malakalari: o'quvchilarning asab psixik holati darajasini aniqlay olishi, 
o'z pedagogik faoliyati natijalarini tanqidiy tahlil qila olishi, ustoz о 'qituvchilar 
mahoratini nazariy va amaliy jihatdan О`rganib borishi, psixologik va pedagogik 
adabiyotlardan to'g ‘ri foydalana bilishi, о`quvchilar xulq-atvorini mukammal о 
‘rganishi.


8) Ijodiy hislatlari: o'z pedagogik mahoratini doimiy takomillashtirib borishi, 
о'quvchilarni tarbiyalashda о 'z dasturini ishlab chiqishi va uni muvaffaqiyatli 
amalga oshirishi, o'quvchilar nazari bilan voqelikni tahlil qilish qobiliyati, 
o'quvchilarga pedagogik ta ’siri natijalarini oldindan ко ‘ra olishga intilishi.
Psixolog olimlaming fikricha, ushbu professiogramma yosh o‘qituvchilarga 
o‘zlarining kelgusida o‘qituvchilik kasbini to‘g‘ri va ongli ravishda tanlab, kasbiy 
mahoratlarini 
takomillashtirib 
borishlariga 
yordam 
beradi


Mahoratli usta–pedagog muvaffaqiyati sirlariga chuqur kirib borgan sari 
uning faoliyatidagi pedagogik ta’sir usullarining aniqligi, turli amaliy topshiriqlarni 
san’atkorona qo’ya olishi va hal eta olishining guvohi bo’lamiz. Bu erda mahsus 
ko’nikmalar: o’quvchilarni izchil o’quv–biluv faoliyatiga jalb eta olish, savol 
qo’ya olish, jamoa va alohida shahs bilan muloqotga kirisha olish, kuzatuvchanlik, 
jamoani tashkil eta olish, o’z kayfiyati, ovozi, mimikasi va hatti–harakatlarini 
boshqara olish kabilar muhim o’rin egallaydi. 
Pedagogik texnika o’qituvchi faoliyatining botiniy mazmuni va zohiriy 
ifodasidagi mos uyg’unlikni ta’minlashga hizmat qiladi. O’qituvchining mahorati 
ma’naviy madaniyat va pedagogik maqsadga muvofiq tashqi ifodaviylikda 
namoyon bo’ladi. 
SHunday qilib, texnika – bu usullar, mahsus ko’nikmalar majmuidir. Uning 
vositasi – nutq va muomalaning noverbal vositalari. 
Pedagogik texnika komponentlarini ikki guruhga bo’lib o’rganamiz: 1 – 
guruh komponentlariga o’qituvchining hulq – atvorini boshqarishiga oid 
ko’nikmalar kiradi. Bular – o’z tanasini boshqarish (mimika, pantomimika); 
hissiyotlari va kayafiyatini boshqarishi; ijtimoiy–pertseptiv qobiliyatlar (diqqat, 
kuzatuvchanlik, tasavvur); nutq texnikasi (nafas, ovozni boshqarish, talaffuz, nutq 
sur’ati). 
2 – guruh komponentlar jamoaga va shahsga ta’sir ko’rsata olish 
ko’nikmalari hamda ta’lim jarayonining tehnologik tomonlari bilan bog’liq. Bular 
– didaktik, tashkilotchilik, konstruktiv, kommunikativ ko’nikmalar, talab qo’yish, 
pedagogik muloqotni boshqarish, jamoa ijodiy ishlarini tashkil etishning 
tehnologik usullari. 
Dars va tarbiya jarayoni tehnologiyasi keyingi mavzularda atroflicha 
yoritilishini inobatga olib, bu mavzuda faqat o’qituvchi hulq–atvorini tashkil 
etishga oid masalalar hususida to’htalamiz. 
YOsh o’qituvchilarning faoliyatida uchraydigan odatiy kamchiliklar. 
O’qituvchi faoliyatiga oid olib borilgan tadqiqotlar endigina ish boshlagan 


o’qituvchilar faoliyatida uchraydigan bir nechta odatiy kamchilik – nuqsonlar 
mavjudligini ko’rsatdi. Bu o’qituvchilarning ko’p yo’qotishlari o’quvchilar, 
ularning ota–onalari bilan dildan erkin suhbat qura olmaslik, qahr–g’azabni saqlab 
turish yoki aksincha, uni namoyon etish, ishonchsizlik oqibatida sodir bo’ladi. 
O’zlarining birinchi darslari haqida yozgan ishlarida talabalar o’z nutqlaridan 
havotirlanganliklari, haddan ziyod qattiqqo’llik qilganliklari, ochilib gaplashishga 
qo’rqanliklari, doskaning u yog’idan bu yog’iga borib kelganliklari, qo’l 
harakatlaridagi ortiqcha hatti–harakatlarga yo’l qo’ymasliklari yoki harakatsiz 
qotib qolganliklari, qo’llarini qayoqqa qo’yishni bilmaganliklari haqida yozishgan. 
Ko’pgina talabalarda gavda holatida elkalarning qisilib turishi, qo’l harakatlarining 
noo’hshovligi, qo’lda turli keraksiz narsalarni o’ynab turish kabi holatlar 
kuzatiladi. Ovoz texnikasidagi asosiy kamchiliklar bir hil ohangda gapirish, 
nutqining jonsiz, quruqligi, ifodali, obrazli qilib o’qish ko’nikmalarining yo’qligi 
ko’rinadi. Nutqdagi ko’pgina individual kamchiliklar – talaffuzning noaniqlik, 
ovozning optimal balandligini topa olmaslik bilan bog’liq. 
Bu kamchiliklarning barchasi o’qituvchi faoliyati samaradorligiga ta’sir 
ko’rsatadi. Talabalarning oliy o’quv yurtidagi ta’limi jarayonidayoq ularni 
yo’qotishga kirishish o’qituvchini o’quv–tarbiya jarayoniga rahbarlik qilishga 
tayyorlashning muhim omillaridan biridir. 
Tarbiyachining tashqi qiyofasi estetik talabga mos bo’lishi kerak. O’z tashqi 
ko’rinishiga befarq bo’lish yaramaydi. Ammo haddan ziyod e’tibor qilish ham 
hush kelmaydi. 
Soch turmagi ham, kiyimi ham, kiyimdagi bezaklar ham pedagogik topshiriq 
– tarbiyalanuvchi shahsini shakllantirishga samarali ta’sir ko’rsatish talabiga 
bo’ysundirilgan bo’lishi kerak. O’qituvchi pardoz–andoz, turli bezak–
taqinchoqlardan foydalanishga haqli ekanligi holda, me’yor va shart–sharoitdan 
kelib–chiqib ish ko’rishi kerak. O’qituvchining estetik qiyofasiga yuzidagi 
hayrihohlik va ochiqlik, hatti–harakatlardagi me’yor va ihchamlik, gavda holati, 
yurishidagi orastalik ham ta’sir ko’rsatadi. Hatto sinfga qanday kirishingiz, 
bolalarga qarashingiz, stulni qanday surib qo’yishingiz, sinfda yurishingiz – ana 


shunday “mayda -chuyda”larda sizning o’quvchiga ta’sir eta olishingiz namoyon 
bo’ladi. Sizning barcha hatti–harakatlaringizdan, qo’l harakatlari va qarashingizdan 
ular katta kuch va o’ziga nisbatan ishonchni his etishlari kerak. Aynan anna 
shunday – o’ziga ishongan, hayrihoh va hotirjam – holda siz inson sifatida 
tushunarli, tarbiyachi sifatida sezilarli daraja kuchli bo’lishingiz mumkin. 
O’qituvchining tashqi qiyofasi, mimika, pantomimikasi, gavda holatiga 
nisbatan qo’yiladigan muayyan talablar qanday? Bularni qanday boshqarish 
mumkin? CHunki bu elementlarning barchasi kishining ichki holati kayfiyatiga 
bog’liq bo’lib, ishni o’z ijodiy kayfiyatini boshqarish texnikasini o’rganishdan 
boshlash kerak. 

Yüklə 250,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin