Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti energetikaning matematik masalalari



Yüklə 1,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/64
tarix19.10.2023
ölçüsü1,97 Mb.
#157357
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   64
Energetikaning matematik masalalari 2-qism

 
Model yaratish 
SIMULINK muhitida model yaratish uchun quyidagi ishlarni bajarish 
zarur: 

File/New/Model

buyrug‗i yoki asboblar panelidagi 
tugma 
yordamida modelning yangi fayli yaratiladi. Modelning yangi 
yaratilgan oynasi 14.3-rasmda ko‗rsatilgan;

Model 
oynasida 
bloklarni 
joylashtiriladi. 
Buning 
uchun 
bibliotekaning kerakli bo‗limi ochiladi (masalan, 
Sources
— 
manbalar). So‗ngra kerakli blokni kursor bilan ko‗rsatiladi va 
sichqonchaning chap tugmasini bosib yaratilgan oynaga suriladi. 
Bloklarga ega bo‗pgan model oynasi 14.4-ramda ko‗rsatilgan. 
Agar blokni yo‗qotish zarur bo‗lsa uning ustida sichqonchaning 
chap tugmasi bosiladi, keyin esa klaviaturadagi 
Delete 
klavishasi 
bosiladi. 


108 
 
14.3-rasm. Modelning bo‗sh oynasi 
 
14.4-rasm. Bloklarga ega bo‗lgan blok oynasi 
Keyin, agar talab qilinsa, blokning parametrlari o‗zgartiriladi. Buning 
uchun blok tasvirining ustida sichqonchaning chap tugmasi ikki marta 
bosiladi. Blokning parametrlarini tahrirlash oynasi ochiladi. Kerakli 
o‗zgartirishlar kiritilgandan keyin OK tugmasini bosish yo‗li bilan oyna 
yopiladi.
 
Misol sifatida 14.5-rasmda 
Sygnal Generator 
bloki parametrlarini 
rostlash oynasi ko‗rsatilgan
.


109 
14.5-rasm. Sygnal Generator bloki parametrlarini rostlash oynasi 
Hamma zarur bloklar sxemaga joylashtirilgandan keyin sxema 
elementlari o‗zaro ulanadi. Bloklarni o‗zaro bir-biriga ulash uchun 
blokning chiqishiga kursor olib boriladi va sichqonchaning chap tugmasi 
bosilgan holda boshqa blokning kirishigacha liniya chiziladi. Bog‗lanish 
liniyasida tarqalish nuqtasini hosil qilish uchun tugun joylashishi zarur 
bo‗lgan nuqtada sichqonchaning o‗ng tugmasi bosilib kerakli liniya 
chiziladi. Chizilgan liniyani yo‗qotish uchun liniya tanlanadi va 
klaviaturadagi
Delete 
klavishasi bosiladi. Bloklari
 
bir-biri bilan ulangan 
modelning sxemasi 14.6-rasmda keltirilgan. 
14.6-rasm. Modelning sxemasi 


110 
Hisoblash sxemasi tuzilgandan keyin uni diskda fayl sifatida 
saqlash kerak. Buning uchun sxema oynasidagi menyudan 
File/Save 
punkti tanlanib papka va fayl nomi ko‗rsatiladi.

Yüklə 1,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin