103
13.7-rasm. Trigonometric Function blokidan foydalanishga misollar
Nazorat savollari:
1. Math –matematik amallardagi qanday bloklar mavjud?
2. Energetikada optimallash masalalarining qanday hisoblash
bloklari mavjud?
3. Matematik funksiyalarni hisoblash blokini sanab o‗ting.
14-MA’RUZA
Energetika masalalarini Matlab tizimida modellashtirish
Simulink paketi
Reja:
1.
Simulink paketi
2.
Simulink bibliotekasi bo‗limlari
3.
Simulink paketida model yaratish
4.
Simulink paketida model oynasi
5.
Nazorat
savollari
Simulink paketi
Simulink — dinamik sistemalarni modellashtirish, imitatsiya va tahlil
qilish uchun interaktiv vositadir. U grafik blok-diagrammalarni qurish
dinamik
tizimlarni imitatsiya qilish, tizimlarning ishlashini tekshirish va
104
loyihalarni
mukammallashtirish
imkoniyatlarini
beradi.
Simulink
MATLAB bilan to‗la integrallashgan.
Hozirgi vaqtda MATLABning yangi versiyasi MATLAB 6.5
(Release 13) va Simulink 5 keng ishlatilmoqda.
MATLAB 6.5 dasturlarni tez bajarishni ta‘minlovchi LT
kompilyatorga ega. Shu sababli MATLAB 6.5 texnik hisoblashlar sohasida
S dasturlash tilida kodlash bilan raqobatlashishi mumkin. Yangi
versiyaning diqqatga sazovor tomonlaridan biri m-fayllar mahsuldorligining
(effektivligining) avvalgi versiyalardagiga nisbatan yuqoriligidir.
Simulink 5 quyidagi yangi xususiyatlarga ega.
O‗rni belgilangan (fiksatsiya qilingan) nuqta bilan hisoblashlarni amalga
oshirish mumkin. Suzuvchi nuqta bilan hisoblashlardan fiksatsiya qilingan
nuqta bilan hisoblashlarga yoki teskarisiga o‗tish yo‗li
bilan modelni
mukammallashtirish mumkin (bu holda Fixed-Point Blockset ni o‗rnatish
zarur).
Look-Up Table Editor asbobi jadval bloklaridagi ma‘lumotlarni qulay
holda ko‗rib chiqish va tahrirlash imkoniyatini beradi. Tahrirlagichni
chaqirish model oynasidagi Tools menyusidan amalga oshiriladi.
Model Discretizer asbobi uzluksiz bloklarni diskret bloklarga tanlab
almashtirish imkoniyatini beradi (Control System Toolbox, 5.2-versiyani
o‗rnatish talab qilinadi). Diskretizator
model oynasidagi Tools
menyusidan chaqiriladi.
Mukammallashtirilgan Diagnostic Viewer xatoliklarni diagnostika
qilish vositasi xatolar to‗g‗risidagi axborotlarni konfiguratsiya qilish va
ularga giperssilkalarni qo‗shish (kiritish ) imkoniyatini beradi.
Maskalar tahrirlagichi Mask Editor dinamik dialog oynasini yaratish
vositasiga ega. Maskalar tahrirlagichining Parameters bo‗limidagi
Callback paneli blok (osttizim) parametrlarining o‗zgarishini
qayta
ishlaydigan funksiyalarni kiritish imkoniyatini beradi. S-fiinction Builder
bloki yangi Data Properties bo‗limiga ega. Uning yordamida portlardagi
ma‘lumotlarning turlarini, kirish va chiqish signallarining ko‗rinishini
(haqiqiy yoki kompleks) berish, portlarning metka (belgi)larini
aniqlash,
signallarning birliklarini kiritish mumkin.
Yangi Model Verification library bibliotekasi qo‗shilgan. Biblioteka
hisoblash jarayonida modelni tekshiruvchi bloklarga ega.
Hisobot yaratish asbobi Print details model va osttizimlarning
sxemalari hamda bloklarning parametrlari va ularning qiymatlarini o‗z
ichiga olgan HTML-hujjatlarni shakllantiradi. Print details buyrug‗i File
menyusiga kiritilgan.
105
Ushbu bobda yuqorida keltirilgan kengaytmalar paketlarining tarkibi va
ular bilan ishlash usullari keltirilgan. MATLAB,
Simulink paketlari va
Toolboxes, Blocksets kengaytmalarining paketlari bo‗yicha kengroq
ma‘lumotlar [1, 2, 3, 4, 5] adabiyotlarda keltirilgan. Ular bilan ishlash
usullari
www.matlab.ru
saytda mavjud.
Dostları ilə paylaş: