19.3.Xarakter aksentuatsiyasi. Xarakter tarkibi
Shaxs xarakterining yaxlitligi, bus-butunligi mutlaq narsa emas albatta,
chunki insonning asosiy munosabatlaridan biri boshqa barcha munosabatlarni to‘la
belgilay olgandagina xarakter mutlaq xususiyat kasb etadi. Lekin shaxsning
munosabatlari ijtimoiy munosabatlarining aks ettirilishidan iboratligi tufayli uning
munosabatlari bilan xarakter xislatlari o‘rtasida ziddiyat hukm suradi. Bundan
xulosaga kelgan holda shaxsning xarakteri nisbiy jihatdan yaxlitdir, deyishimiz
mumkin, biroquning bir butunligi ham individual, o‘zigi xos xususiyatga egadir.
Yaxlitlik nuqtai nazaridan, turli qarama-qarshi xususiyatli shaxslar qarshiliklar
oqibatida harakatlarda va inson xulqida shunday holat hosil bo‘ladi va ijtimoiy-
axloqiy me’yorlarni buzishini yuzaga keltiradi. Bunday vaziyatlarda harakatdagi
kamchiliklar bilan kurashishning asosiy yo‘li - bu shaxs xarakteridagi qarama-
qarshiliklarni yengishga o‘rganishdir. Xarakterning tuzilishi ba’zi xislatlarining
o‘zaro bog‘liqligi bilan emas, balki uning yaxlitligiga mutanosib xususiyatlar bilan
tavsiflanadi. Xarakter tuzilishining qatoriga ularning chuqurlik darajasi kiradi va
shaxsning asosiy munosabatlari bilan belgilanadi. Insonning boshqa odamlarga,
jamoaga, mehnatga nisbatan fidoiy munosabatda bo‘lishida belgilanuvchi
xususiyatlar chuqurroq xususiyatlar deyiladi. Mazkur mezonga qarab shaxslarning
farqlanishini yuzaki tasavvur qilmaslik kerak, chunki insonga beriladigan
tavsifnoma simtomokomplekslarni ta’kidlab o‘tishi bilan cheklanmasligi lozim.
Aks holda shaxsning psixologik qiyofasining tavsifnomasi: birinchidan,
simtomokomplekslarni chuqurroq joylashtirishni, ikkinchidan, muayyan darajada
chuqurroq mujassamlashtirishni, uchinchidan, bir oz yuzakiroq tizimni ajratishni
taqozo qiladi.
Xarakter tuzilishi xususiyatlari jumlasiga faollik yoki xarakter kuchi kiritiladi
va shunga asosan insonlar kuchli hamda kuchsiz xarakter turlariga ajratiladi.
386
Shuningdek, xarakter tuzilishi xususiyatlari tarkibiga uning barqarorlik va
o‘zgaruvchanlik darajasi ham kiritilgandir. Xarakterning barqarorligi ham,
o‘zgaruvchanligi ham moslashish faoliyatining zaruriy shartlaridan hisoblanadi.
Shaxsning xarakter xususiyatlari turlicha turmush sharoitlarida, qarshilik qiluvchi
vaziyatga uchrashiga qaramay, uning xatti-harakatlarini boshqaradi. Shu boisdan
inson tashqi vaziyatga bog‘liq bo‘libgina qolmasdan, balki tashqi vaziyatni uning
shaxsan o‘zi yaratadi, shuningdek, maqsadga muvofiqlashtiradi.
Bundan tashqari, shaxsning turmushdaga zaruriy sharoitlaridan biri - bu
xarakterning muayyan darajada plastikligidir. Xarakterning plastikligi ikki xil
ma’no kasb etadi. Xarakterning plastikligi uning barqarorligi singari muhitga faol
ta’sir o‘tkazishning shartlaridan hisoblanadi. Ish-amallari maqsadga muvofiq va
foydali kechishi uchun ular o‘zgaruvchan tashqi sharoitga moslashishlari lozim.
Xarakterning plastikligi, mustahkamligi uni shakllantirishining zaruriy sharti
sanaladi. Xarakterning barqarorligi, plastikligi o‘ziga xos individual xususiyatga
ega bo‘lib, uni tuzilishining xislati sifatida mujassamlashadi.
Xarakter xususiyatlarining kuchi va barqarorliligi markaziy tizimga
bog‘liqligiga binoan muayyan darajada shaxs munosabatlarining mazmuni bilan
belgilanadi. Biroq ular munosabatlar mazmuniga bog‘liqligiga qaramay, ba’zan
yuzaki xususiyatga ham ega bo‘ladilar.
Psixologiyada irsiyat bilan xarakterining munosabati to‘g‘risida xilma-xil
qarashlar mavjuddir (Krechmer, Sheldon va boshqalar). Aksariyat psixologlarning
e’tirof etishlaricha, organizmning nasliy xususiyatlari xarakter xislatlarining paydo
bo‘lishidagi shartlaridan biri hisoblanadi, xolos. Ma’lumki xarakter xususiyatlari
irsiyatning biologik qonuniyatlari bilan emas, balki ijtimoiy qonuniyatlar bilan
tavsiflanadi. Ushbu masalani irsiyatga bog‘lab tushuntirishi gomozigot egizaklarni
o‘rganish orqali inkor qilinadi, chunki ularning nasliy xususiyatlari aynan bir
xildir. Ular temperament xususiyatlari bo‘yicha tubdan o‘xshash bo‘lsalar-da, lekin
xarakter xislatlariga ko‘ra bir-biridan keskin farq qiladilar. Shuning uchun
xarakterning shaxs turmush sharoitiga bog‘liqligini: a) uning fiziologik asosi ham,
387
b) tashqi taassurotlar tizimi tufayli vujudga keladigan shartli reflektor funksional
holati ham tasdiqlaydi.
Dostları ilə paylaş: |