20.3.Qobiliyat va talantning tabiiy shartlari. Qobiliyat nazariyalari
talqini
Qobiliyatlar sifatida ro‘yobga chiqadigan psixik xislatlar majmuasining
tuzilishi yaqqol va alohida faoliyat talabi bilan belgilanganligi tufayli har qaysi
398
turdagi faoliyatlar uchun o‘ziga xos tarzda qo‘yilishi turgan gap. Buning uchun
ayrim misollarni tahlil qilib o‘tamiz:
matematik qobiliyat: matematik materiallarni umumlashtirish, mulohaza
yuritish jarayonini qisqartirish, matematik ish-amallarni kamaytirish, masalani
idrok qilish bilan natijasi o‘rtasida aloqa o‘rnatish, to‘g‘ri va teskari fikr
yuritishdan yengil o‘tishlik, masala yechishda fikr yuritishning epchilligi kabilar;
adabiy qobiliyat: nafosat hislarining yuksak taraqqiyot darajasi, xotirada
yorqin ko‘rgazmali obrazlarning jonliligi, «til zehni», behisob xayolot, ruhiyatga
qiziquvchanlik, o‘zi ifodalashga intiluvchanlik va boshqalar. Ajratib ko‘rsatilgan
qobiliyatlar tarkibidan ko‘rinib turibdiki, matematik va adabiy qobiliyatlar o‘zaro
bir-biriga o‘xshamagan talablari bilan tafovutga egadir. Bundan shunday xulosa
chiqarish mumkinki, pedagogik, musiqaviy, texnik, konstruktorlik, tibbiy
qobiliyatlar va shunga o‘xshash qobiliyatlar tuzilishi maxsus xususiyatga ega
bo‘lib, kasbiy ahamiyat kasb etishi mumkin.
Yaqqol qobiliyatlar tuzilishini tashkil qiluvchi shaxsning xislatlari, fazilatlari
orasida ustuvorlik qilsa, ayrimlari yordamchilik vazifasini bajaradi. Ma’lumki,
pedagogik qobiliyatlar tuzilishida yetakchi xislatlar sifatida pedagogik odob (takt),
bolalarni sevish, o‘quvchilar jamoasini tashkil qilish va uni boshqarish,
kuzatuvchanlik, talabchanlik, bilimlarga chanqoqlik, bilimlarni uzatishga
uquvchanlik va shunga o‘xshashlar tan olinadi. O‘qituvchilik qobiliyatining
yordamchi (qo‘shimcha) fazilatlariga quyidagilar kiradi: artistlik, nutqiy qobiliyat,
diqqatni taqsimlash, akademik qobiliyatlar va hokazo. Pedagogik qobiliyatlarning
yetakchi (asosiy) va yordamchi (qo‘shimcha) tarkiblari, jabhalari ta’lim jarayoni
muvaffaqiyatini ta’minlaydigan birlikni (birikuvni) yuzaga keltiradi hamda
o‘qituvchi shaxsi bilan bog‘liq bo‘lgan hamkorlik individual faoliyatini
tashkillashtiradi. Qobiliyatlardan muayyan darajada umumiy va torroq ma’noda
maxsus sifatlarni ajratish orqali ma’lum turkum tizimini yuzaga keltirish mumkin.
Bundan kelib chiqqan holda qobiliyatlar guruhiga ajratish maqsadga muvofiq.
Umumiy qobiliyatlar (sifatlar) maxsus qobiliyatlarga (sifatlarga) zid tarzda taqin
qilish mumkin emas. Shaxsning umumiy qobiliyatlari ularni hosil qiluvchi omillar
399
yaqqol psixologik hodisa yoki voqelikdir. Maxsus qobiliyatlar ko‘lam jihatdan
torroq bo‘lishiga qara-may, chuqurroq mohiyatni o‘zlarida mujassamlashtiradi.
Rus olimi I.P.Pavlov o‘z ta’limotida « badiiy», «fikrlovchi», «o‘rta» tiplarga
ajratilgan shaxslarning ana shu uchta tipdan bittasiga taalluqli ekanligini tavsiflab
beradi. Muallif ushbu tipologiyani yaratishda oliy nerv faoliyatining birinchi va
ikkinchi signal tizimidan iboratligi to‘g‘risidagi ta’limotiga asoslanadi. Birinchi
signallar va ikkinchi signallar tizimi esa obrazlar haqida so‘zlar orqali signal
berishdan iboratdir. Ikkinchi signallar tizimi I.P.Pavlov tomonidan «signallarning
signali» deb nomlangan edi. Ushbu tipologiyani osonroq qilib quyidagicha
tushuntirish mumkin:
shaxs psixik faoliyatida birinchi signallar tizimining signallari nisbatan
ustunlik qilsa inson «badiiy» tipga taalluqlidir;
mabodo «signallarning signali» nisbatan ustuvor bo‘lsa-bu shaxs «fikrlovchi
tipga» munosibdir;
agarda har ikkala signallar aralashib ketgan bo‘lsa (birortasining ustunligi
sezilmasa) - bu inson «o‘rta tipga» mansub odamdir. 4) Tipologiyaning o‘ziga xos
tomonlari qisqacha ifodalanganda yoki tavsif qilinganida quyidagilar namoyon
bo‘ladi:
«Badiiy tip» uchun bevosita taassurot, taassurotlar, jonli tasavvur, yorqin
idrok, his-tuyg‘ular (emotsiyalar) natijasida vujudga keladigan obrazlarning
yorqinligi xosdir.
«Fikrlovchi tip» uchun mavhumlarning, mantiqiy tizilmalarning, nazariy
mulohazalarning, metodologik muammolarining ustunligi muvofiqdir.
Badiiy tipning mavjudligi aqliy faoliyatning zaifligi yoki aqlning
yetishmasligini bildirmaydi, lekin bu o‘rinda gap psixikasining obrazlari
jabhalarini fikrlovchi tomonlari ustidan nisbatan ustuvorligi haqida borada, xolos.
Biroq shuni ta’kidlash joizki, shaxsning ikkinchi signallar tizimi birinchi signallar
tizimidan ustunlik qiladi va bu ustuvorlik mutlaqlik xususiyatiga egadir. Ma’lumki,
insonlarning hayot va faoliyatlarida til bilan tafakkurning o‘rni hal qiluvchi
400
ahamiyat kasb etadi, shaxs tomonidan borliqni aks ettirish jarayoni so‘zlar, fikrlov
vositasida ro‘yobga chiqariladi.
Signallar tizimi orasidagi munosabatni matematik tarzda quyidagicha aks
ettirish mumkin:
A) S > S, S - ikkinchi signallar tizimi, S - birinchi signallar tizimi;
B) birinchi signallar tizimining ikkinchi signallar tizimidan nisbatan ustunligi
(«badiiy tip»): S> S QM (t - mazkur tip namoyandalarining borliqni emotsional va
obrazli bilish xususiyati jihatidan ajratuvchi belgisi);
V) «fikrlovchi tip» mana bunday ifodalanishi kuzatiladi:
S+ p >S (p - mazkur tip namoyandalarini boshqalardan ajratuvchi olamga
mavhum munosabatning xususiyati).
Shunday qilib, shaxsning u yoki bu faoliyatiga tayyorligi tariqasida yuzaga
keladigan har qaysi yaqqol qobiliyatlar tuzilishi o‘z tarkibiga yetakchi va
yordamchi, umumiy va maxsus nomdagi majmua sifatlarni (xislatlarni) qamrab
olgan bo‘lib, murakkab tizimdan iboratdir.
Talantning ijtimoiy-tarixiy, tabiiy nuqtai nazardan talqini qobiliyatlar
taraqqiyotining yuksak bosqichi ekanligidan dalolat beradi. Talant (yunoncha -
qimmatbaho, noyob narsa, irsiy, tabiiy xislat degan ma’no anglatadi) muayyan
faoliyatning muvaffaqiyatli va ijodiy ravishda bajarilishini ta’minlaydigan
qobiliyat hamda iste’dodlar majmuasidan (yig‘indisidan) iborat individual
xususiyatdir. Psixologik adabiyotlarda unga turlicha ta’rif berishiga qaramay,
ularda asosiy belgilar ta’kidlab o‘tiladi, chunonchi, shaxsga qandaydir murakkab
mehnat faoliyatining muvaffaqiyatli, mustaqil va original tarzda bajarish imkonini
beradigan qobiliyatlar majmuasiga talant deyiladi. Talantning asosiy belgilari: a)
muvaffaqiyatni ta’minlash; b) faoliyatni mustaqil bajarish; v) originallik
unsurining mavjudligi; g) qobiliyat hamda iste’dodlar yig‘indisidan iborat ekanligi;
d) individual-psixologik xislatligi; y) ijtimoiy turmushni o‘zgartiruvchi, yaratuvchi
imkoniyatligi kabilar.
Talant ham qobiliyatlarga o‘xshash ijodiyotda yuksak mahoratga,
muvaffaqiyatga erishish imkoniyati hisoblanib, ijodiy kutilmasi (yutuq)
401
insonlarning ijtimoiy-tarixiy turmush shart-sharoitlariga bog‘liqdir. Jamiyatda
talantli shaxslarga nisbatan muhtojlik sezilsa, bunday insonlarning kamol topishi
uchun zarur obyektiv va subyektiv shart-sharoitlar yaratilsa, bunday vaziyatda
barkamol odamlarning shakllanishiga imkoniyat tug‘iladi.
Shuning uchun jahon sivilizatsiyasi, fan va texnikasi, san’at va adabiyot,
moddiy va ma’naviy madaniyatini yaratishning (ichki ruhiy) imkoniyati
hisoblanmish talant progressning harakatlantiruvchi omilidir. Insoniyatning
ijtimoiy-tarixiy
taraqqiyot
bosqichlarida
ijtimoiy-iqtisodiy
sharoitlarning
yetishmasligi tufayli ko‘pchilik talant sohiblari o‘z imkoniyatlarini ro‘yobga
chiqarish imkoniyatlaridan mahrum bo‘lgandir. Mamlakatimizning yaqin
o‘tmishida chorizm mustamlakachilik siyosatida, qatag‘on yillarida qanchalab
talantli davlat va jamoat arboblari, betakror fan, madaniyat, adabiyot
namoyandalari o‘z imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishga erisha olmay dunyodan
ko‘z yumdilar. Bu bizning moziyimiz, achchiq haqiqatimiz, turmush voqeligimiz,
dinamik xususiyatli ko‘ngil armonimiz, borliqqa aql-zakovat bilan munosabatda
bo‘lishning ilmiy-psixologik mezonidir. Talantlarning uyg‘onishi (tug‘ilish)
ijtimoiy shart-sharoitlarga bog‘liq bo‘lganligi tufayli mustaqil mamlakatimizda
talantli yoshlarga nisbatan yuksak ehtiyoj sezmoqda, bu narsa yaqqol ko‘rinib
turibdiki, shunday mezonga loyiq shaxslar mavjud va ular kelajagi buyuk
davlatimiz poydevori hisoblanadi.
Talant qobiliyatlar yig‘indisi yoki ularning majmuasidan iborat bo‘lishiga
qaramay, alohida olingan yakka qobiliyatni, hatto u taraqqiyotning yuksak
bosqichiga erishgan, yorqin ifodalansa ham, u bilan tenglashtirish mumkin emas.
Bu omilga asos bo‘lib, XX asrning 20-30-yillarida moskvalik psixologlar
tomonidan olib borilgan fenomenal g‘oyat o‘tkir, noyob (nodir) xotiraga ega
bo‘lgan insonlarni tekshirish natijalari hisoblanadi. Esda olib qolish qobiliyati
(estrada sahna artisti) hech kimda shubha tug‘dirmagan bo‘lsa-da, lekin xotira
ijodiyotning muvaffaqiyati, mahsuldorligi omillaridan biri ekanligi to‘g‘risida
xulosa chiqarishga olib kelgan. Ma’lumki, shaxsning yaratuvchanlik faoliyatida
aqlning epchilligi, boy fantaziya, kuchli iroda, barqaror xarakter, turg‘un
402
qiziqishlar, sermahsul bilish jarayonlari, motivatsiya, yuksak his-tuyg‘ular va
boshqa psixologik sifatlar ustuvor ahamiyat kasb etadi. Shuni unutmasligimiz
o‘rinliki, noyob xotiraga ega bo‘lgan ajoyib yozuvchilar, rassomlar, kompozitorlar,
yuristlar, jamoat arboblarining nomlari mashhurdir.
Dostları ilə paylaş: |