396
fan allomasi yirik san’atkor, yetuk sportchi ekanligi uchrab turadi. Qobiliyatli
shaxslar ijtimoiy turmushning turli sohalari hamda jabhalarida o‘z o‘rnini topa
oladilar hamda yuksak yutuqlarga erishadilar, hatto bir necha faoliyat turida tekis
muvaffaqiyatlar qozonish ham mumkin.
Qobiliyatlarning miqdoriy tavsifi va ularni o‘lchash muammosi psixologiya
fanida o‘ziga xos rivojlanishning tarixiy o‘tmishiga ega. Hozirgi davrda fanning
mumtoz psixologlariga aylangan Spirmen, Permen Kettell va boshqalar XIX
asrning oxirlari va XX asrning boshlaridayoq muayyan
ixtisoslar uchun kasb
tanlashni ilmiy asosda yo‘lga qo‘yish zaruriyatidan kelib chiqadigan talablar
tazyiqida o‘quv yurtlarida saboq olayotgan shaxslarning qobiliyat darajasini
aniqlashga kirishdilar. Ularning taxminlaricha, insonning lavozimiga loyiqligi,
uning mehnat faoliyatiga layoqati, shuningdek, oliy o‘quv
yurtlariga, harbiy
xizmatga, rahbarlik martabasini egallashga nisbatan layoqatlarini aniqlash
imkoniyati mavjuddir. O’tgan asrda qobiliyatlarni o‘lchash usuli, mezoni tariqasida
aqliy iste’dod testlari ishlab chiqildi va AQSh, Buyuk Britaniya kabi
mamlakatlarda o‘quvchilarni saralash, harbiy xizmatga zobitlarni tanlash,
ishlab
chiqarishda rahbarlik lavozimiga tavsiya qilishda foydalanildi. Hatto Buyuk
Britaniyada universitetga kirish huquqini beruvchi test sinovi tizimi ham yaratildi.
«Aqliy iste’dod» testlari ball yoki ochkolar bilan baholanib, yechimga sarflangan
vaqtni hisobga olib, natijalar yig‘indi holiga keltirilar edi. Masalan, Buyuk
Britaniya maktablarida 11 yoshli o‘smirga beriladigan test ko’rinish: «Pyotr
Jemsga qaraganda balandroq, Edvard Petrdan pastroq. Kim hammadan ko‘ra
balandroq?» va tanlagan javobning tagiga chizib qo‘yish talab qilinadi: 1) Pyotr, 2)
Edvard; 3) Jeyms; 4) «ayta olmayman». Boshqacharoq testlar berilgan beshta
so‘zdan boshqalariga o‘xshamaganini sinaluvchi tanlab olish kerak: 1) qizil, yashil,
ko‘k, ho‘l, sariq; 2) yoki, ammo, agar, hozir, garchi va shu kabilar. Testlar
murakkabligi ortib borish tamoyili bo‘yicha «Testlar batareyasi» tizimi yaratiladi.
Testlar tuzilishi bo‘yicha faqat so‘zlardan iborat (verbal)
sinovlar bilan
cheklanmasdan, balki turlicha mohiyatli «labirintlar» (yunoncha - chigal holat,
397
murakkab, chalkash ma’nosini bildiradi), «boshqotirma» va shunga o‘xshash
sinovlar kiritiladi.
Mazkur yo‘nalishning namoyandalarining e’tirof etishlaricha, «aqliy iste’dod
koeffisiyenti» qandaydir o‘zgarmas mezon sifatida «umumiy intellektni»
(inglizcha) ro‘yobga chiqarish imkoniyatiga egadir. Shuni ta’kidlash joizki, «aqliy
iste’dod koeffitsiyenti» nazariyasida bahsli jabhalar mavjudkim, bunda shaxsning
aqliy qobiliyatlari namoyon bo‘ladi. Rus psixologi L.S.Vigotskiy yuqoridagi
nazariyaga o‘z e’tirofini bildirgan holda ikki bosqich, ya’ni «eng yaqin taraqqiyot
zonasi», «aktual faoliyat zonasi» orqali qobiliyatni to‘g‘ri aniqlash mumkinligini
ko‘rsatib bergan edi. Hozirgi zamonda qo‘llanayotgan test sinovlari
o‘tmishdoshlaridan ko‘p jihatdan ajralib turadi, lekin ko‘pincha xotira mahsullarini
ochishga xizmat qildi, ijodiy tafakkur natijalari esa diqqat markazidan chetda qolib
ketish hollari uchraydi.
Shaxs egallashi shart hisoblangan faoliyat, u xoh ta’lim, xoh mehnat, xoh
o‘yin, xoh sport bo‘lishidan qat’iy nazar,
uning bilish jarayonlariga, aqliy
xislatlariga, hissiy-irodaviy jabhalariga, senso-motor sohasiga, xarakterologik
xususiyatlariga muayyan talablar qo‘yadi va ularning hamkorlikdagi sa’y-harakati
tufayli muvaffaqiyatlarga erishiladi. Psixologik ma’lumotlarga qaraganda,
insondagi yuksak ko‘rsatkichga erishgan sifat harchand ustuvorlikka ega
bo‘lmasin, u talablarni qondirish imkoniyatiga ega bo‘lmaydi.
Ayrim hollarda
alohida namoyon bo‘lgan psixik xususiyat (xislat) faoliyatining yuksak
mahsuldorligi va samaradorligini ta’minlash qurbiga ega, u qobiliyatlar uddalay
oladigan imkoniyat bilan bab-baravar kuch quvvat tariqasida vujudga keladi, degan
faraz o‘zini oqlamaydi. Shu-ning uchun qobiliyatlar murakkab tuzilishga ega
bo‘lgan psixik sifatlar (xislatlar) majmuasidir deyish juda o‘rinlidir.
Dostları ilə paylaş: