3.5. Ongsizlikning onglilikdan farqi, ust onglilik holatlari,
ong tuzilmasi, ongning tarkibi, aks ettiruvchanligi, ijodiylikning
vujudga keltiruvchanligi
Psixologiya fanining asosiy kategoriyalari ichida (shaxs, motivatsiya, faoliyat,
muomala va hokazo) ong alohida o‘rin egallaydi va u borliqda insonning yuksaklik
darajasini egallashga muhim zamin, kafolat negizini yaratadi. Insonni hayvonot
olamidan ajralib chiqishining bosh omili ham ong hisoblanadi, xuddi shu boisdan u
taraqqiyot va kamolotning eng zarur mezoni, o‘lchami sifatida muhim rol
o‘ynaydi. Psixologik nuqtai nazardan ong olib qaralganda, u ijtimoiy-tarixiy
(filogenetik) va individual (ontogenetik) taraqqiyotning mahsuli hisoblanmish
insongagina xos bo‘lib, psixik aks ettirishning va o‘zini o‘zi boshqarishning
yuksak darajasi sanaladi. Ong kategoriyasi amaliy jihatdan tavsif qilinganda: a) u
77
ham hissiy, ham aqliy obrazlarning uzluksiz ravishda o‘zgarib turuvchi majmuasi
sifatida, b) bevosita subyektning oldida uning «ichki tajribasi» tariqasida, v)
amaliy faoliyatdan qutiluvchi mahsulni oldindan sezuvchi (payqovchi) psixologik
hodisa tarzida hukm suradi.
Ong muammosi bir qancha fanlarning, jumladan, falsafa (uning asosiy
masalasi - bu ongning turmushga nisbatan munosabatidan iboratdir), mantiq,
lingvistika, etnografiya, antropologiya, sotsiologiya, neyrofiziologiya, pedagogika
kabilarning tadqiqot predmetiga aylangandir.
Psixologiya fani individda ongning vujudga kelishi, uning tuzilishi,
rivojlanishi va hukm surishini tadqiq qiladi. Ong predmetga faollik, yo‘nalganlik,
intensiallik xususiyatlariga ega:
a) ong doimo nimanidir tushunish sifatida; b) refleksiyaga nisbatan
qobiliyatlilik; v) o‘zini o‘zi kuzatish, ya’ni o‘zligini anglash; g) motivatsion -
qadriy xususiyat yaqqollikning yoki ravshanlikning turlicha darajasi yoki bosqichi
ekanligi.
Psixologik ma’lumotlarga qaraganda, har qaysi individning ongi noyob,
betakror, ammo u ixtiyoriy emas, chunki birinchi navbatda maxsus tizimda hukm
suruvchi tuzilish bilan unga bog’liq bo‘lgan tashqi omillar hamda hech qanday
aloqasi bo‘lmagan omillar shartlangandir. Xuddi shu tufayli ongni tadqiq
qilinishning ikkita muhim qiyinchiligi mavjud: a) barcha psixologik holatlar
individning ko‘z o‘ngida shunday namoyon bo‘ladikim, bunda birinchidan, ular
qay tariqa anglashilmoqda (ongsizlikning roli qanchalik), ikkinchidan, anglash
darajasiga yetkazishning maxsus tashqi va ichki mashqi natijasida inson tomonidan
anglashiniladi, uchinchidan, bevositalikda ong funksiyasida yanglishlik vujudga
keladi.
O‘zini kuzatish natijalariga ko‘ra, ong o‘zining yaqqol psixologik o‘ziga
xosligidan mahrumdir, chunki uning yagona alomati shundan iboratki, bunda
uning sharofati bilan individ oldida yaqqol psixologik funksiyalar mohiyatni
yuzaga keltiruvchi turli holatlar, hodisalar namoyon bo‘ladi. Xuddi shu boisdan
ong psixika hukm surishining sifatga ega bo‘lmagan umumiy sharti (sharoiti)
78
tariqasida talqin qilingan, buning natijasida u majoziy belgilangan. Jahon
psixologiyasi fani konsepsiyalarida bu hodisa aksariyat hollarda «ongning nuri»,
«ongning maydoni», hatto «psixik funksiyalarning umumiy hokimi» kabi tahlil
etilgan, goho u qaysidir psixik funksiyalar bilan g‘ayritabiiy ravishda (qo‘shimcha
diqqat, tafakkur bilan) ayniylashtirilgan. Shu munosabati bilan birinchi galda ongni
yaqqol o‘rganish, tekshirish to‘grisida umuman gap bo‘lishi mumkin emas.
Ikkinchi holda esa ushbu masala unga mutanosib funksiya bilan almashtiriladi.
Bunday talqinlarning barchasi shunday fikrni tug’diradiki, go‘yoki ong ilmiy
psixologiya fani uchun shunchaki qayd qilinish, ya’ni fiksiya, xolos (U.Jeyms).
Ongni tadqiq qilishdagi ikkinchi qiyinchilik ham bevosita birinchisidan kelib
chiqadi:
a)
ong
bir
qator
psixik
funksiyalar
kabi
tashqi
fazoda
lokalizatsiyalashmaydi; b) ong psixik funksiyalardan farqli o‘laroq vaqtni
(zamonni, davrni) muayyan qismlarga ajrata olmaydi. Tadqiqotchilar ongni
o‘rganish uchun ommabop, sodda psixologik metodlarning qo‘llaganliklari tufayli
uning ma’lum tavsifini topa olmadilar, jumladan, vaqtning aniq birliklari
yordamida uni o‘lchash, muayyan vaqt oralig‘ida ongni solishtirish. Adabiyotlar
tahlilining ko‘rsatishicha, ongni konstruktiv tarzda talqin qilishning muhim jabhasi
K.I.Kant tomonidan ko‘tarilgan ongning barqaror, invariant tuzilishi va sxemasi
mavjudligi, uzluksiz ravishda o‘rin almashtirib turuvchi sensor oqim, axborotlar va
uning muayyan darajada tashkil qiluvchanligi to‘g‘risidagi yuksak g‘oyasi
hisoblanadi. Bir necha asrlar davomida aylanib kelgan va bunda tabiiy-ilmiy
materialistik yondashuv diniy nazariyalarga qarshi kurash olib borgan. Ong
muammosining yechimida ilmiy dialektik materialistik ta’limot hal qiluvchi
ahamiyatga ega bo‘ldi, bu borada Gegel g‘oyasiga e’tiroz muhim ahamiyat kasb
etadi.
Mazkur ta’limotga binoan, ongning tuzilishi ijtimoiy-madaniy xususiyat kasb
etib, insoniyatning tarixiy taraqqiyoti davomida filogenetik tarzda, ustuvor
individualistik hamkorlik jarayonida ijtimoiy ustuvor individualistik tuzilishning
ta’sirida, eng avvalo, ishlab chiqarish amaliyoti negizida u shakllangandir. Ilmiy
dialektik ta’limotdan kelib chiqqan holda sobiq sho‘ro psixologiyasida ongning
79
ontogenezda shakllanishi to‘g‘risida umumlashgan ilmiy nazariya ishlab chiqilgan.
Umumlashgan nazariyaga binoan, individ ongining tuzilishi ontogenezning ilk
davrida bolaning kattalar bilan muomala (muloqot) qilish faoliyatida o‘zlashtirish
(egallash, o‘ziniki qilib olish, o‘z ma’naviy dunyosiga aylantirish jarayoni)ning
sharofati bilan shakllanadi. Bunday tarzdagi o‘zlashtirishning qat’iyatlik
imkoniyati filogenetik, tarixiy taraqqiyotning negizida ham mavjuddir. Predmetli
faoliyatning atributi bo‘lmish muomala, uning tuzilishi tarkibida aks etuvchi
quyidagi asosiy xususiyatlarga, xossalarga egadir: 1) ijtimoiy kelib chiqishi va
tuzilishi; 2) uning ijtimoiy reglamentatsiyasi; 3) ruhiy qurollar va alomatlar
bilvositaligida ifodalanishi; 4) ikki subyektning o‘zaro alohidaligi va betakrorligi;
5) obyektga yo‘nalganligi kabilar.
Shaxslararo munosabatda hamkorlik faoliyatining tuzilishi ong strukturasini
vujudga keltirib, uning quyidagi asosiy xususiyatlarini aniqlashga xizmat qiladi: a)
ijtimoiy xususiyati, hatto simvolik va verbal tuzilishga ega bo‘lgan belgilar
bilvositalanganligini qamrab olinganligi; b) refleksiyaga, ya’ni o‘zini o‘zi
tushunishga nisbatan qobiliyatlilik; v) ichki dialogizm, ya’ni ichki nutqqa, fikrlash
mexanizmi negiziga qurilishi; g) predmetlilik, ya’ni har qanday psixologik holat
muayyan yaqqol tasvirlarga va alomatlarga ega bo‘lishligi va hokazo.
Endi ongning psixologik tavsifidan kelib chiqqan holda uning shakllari
yuzasidan qisqacha mulohaza yuritamiz. Ongning genetik jihatdan talqini ongsizlik
birlamchiligini bildirib, u o‘ziga xos xususiyatga ega ekanligini, inson faoliyati va
xatti-harakatida muayyan darajada rol o‘ynashini tan olishni taqozo etadi. Chunki
inson ongining yuksakroq shakllari uzoq ijtimoiy-tarixiy taraqqiyotning keyingi
davrida vujudga kelgandir. Xuddi shu boisdan ongning paydo bo‘lishi to‘g‘risida
mulohaza yuritilganda ijtimoiy borliq, ijtimoiy taraqqiyot, ularga nisbatan
munosabat uslubi asosiy mezonlar vazifasini bajarib kelgan va hozir ham xuddi
shunday bo‘lib qolaveradi.
Psixologik talqinga ko‘ra, ongsizlik, birinchidan, voqelikning hodisalari bilan
shartlangan ruhiy jarayonlar, aktlar va holatlarning majmuasi; ikkinchidan, tashqi
va ichki ta’sirlarga nisbatan subyektning o‘ziga hech qanday hisobot bermasligi;
80
uchinchidan, psixik aks ettirishning shakli, ya’ni voqelikning obrazi: tasviri,
timsoli va unga nisbatan subyektning munosabati refleksiyaning maxsus predmeti
sifatida vujudga kelmaganligi; to‘rtinchidan, qismlarga ajralmovchi yaxlitlik
tarkibiga ega ekanligi va hokazo.
Ongsizlikning onglilikdan farqi shuki, uning tomonidan aks ettiriluvchi
voqelik subyektning kechinmalari bilan, uning borliqqa munosabati bilan qo‘shilib,
aralashib ketadi. Shuning uchun ongsizlikda subyekt tomonidan amalga
oshiriluvchi xatti-harakatlar natijasini ixtiyoriy ravishda nazorat qilish va baholash
imkoniyati mavjud emas. Ongsizlikda voqelik subyektning o‘xshashlik, ayniyat
singari mantiqiy shakllariga asoslanib aks ettiriladi.
Bu holat bevosita emotsional his qilish, emotsional yuqish va
identifikatsiyalashga daxldorlik tuyg‘usi orqali turlicha hodisalar o‘zining tuzilishi,
mohiyati jihatidan o‘ziga xoslikdan qat’iy nazar bir tizimga birlashtiriladi,
psixologik obyektlar o‘rtasidagi u yoki bu xususiyatli alomatlar o‘rtasidagi
tafovutlar, mantiqiy qarama-qarshiliklar ochilmasdan namoyon bo‘ladi, in’ikos
etiladi.
Ongsizlikda o‘tmish bilan kelajak ko‘pincha bir davrda hukm surayotganday,
go‘yoki ular biron-bir psixik aktga bevosita birlashgan tarzda aks ettiriladi, bunga
tush ko‘rish jarayoni yorqin misoldir. Ongsizlik borliqni bola tomonidan bilishning
ilk shakllarida, ibtidoiy tafakkurda, intuitsiyada, affektiv holatlarda, sarosimaga
(panikaga) tushishda, gipnoz holatida, tush ko‘rishda, odatiy harakatlarda,
subsensor idrokda, ixtiyorsiz esda olib qolishda, shuningdek, intilishlarda,
hissiyotda, xulq-atvorda ifodasini topib, ularning sabablari va oqibatlari shaxs
tomonidan tubdan anglashilmaydi. Odatda, ongsizlikning namoyon bo‘lishining
to‘rt turkumi psixologlar tomonidan tan olinib kelinmoqda.
Anglashilmagan motivlar va ma’no anglatuvchi ustanovkalar, odatda, ular
shaxsga oid ma’no kasb etib, kelajakka xohish, istak orqali shartlangandirlar.
Bunday holatlarning turkumi gipnoz holatidan chiqqan subyektning xatti-
harakatini o‘rganishda qo‘lga kiritilgan, ushbu jarayonda unga aniq harakat dasturi
orqali kuchli ta’sir o‘tkazilgan (masalan, bozorga borish va aytilgan narsalarni
81
xarid qilish kabilar). Qo‘yilgan dasturiy topshiriqlarni bajarish jarayonida inson o‘z
xulq-atvori sabablarini izohlay va tushuntira olish imkoniyatiga ega bo‘lmaydi.
Mazkur hodisalarning psixologik tabiatini psixoanalitik pozitsiyasidan turib
tushuntirishga harakat qilgan Zigmund Freyd «ongsizlikning dinamik qisilishi»
terminini fanga olib kiradi. Z.Freyd, ongsizlik deb, ijtimoiy normalar talabi bilan
nizoli holat, qarama-qarshilik tufayli ongga kira olmagan, amalga oshmay qolgan
mayllar qisilish mexanizmi yordami bilan begonalashib, individ yanglish aytgan
so‘zida, gapda yanglishib ketishida, tush ko‘rishida va hokazolarda aks etishini
tushunadi. Ongsizlikning shunga o‘xshash tarzda namoyon bo‘lish xususiyati
shundan iboratki, subyektning amalga oshmay qolgan mayllari psixoterapevtik
holatlar bilan sababiy bog‘liqligini anglashi mazkur mayllar bilan shartlangan
kechinmalarning yo‘qolishiga olib kelmaydi (masalan, qo‘rquvning yo‘qolishiga),
chunki anglanish subyekt tomonidan qandaydir u bilan yuz bermayotgan, go’yo
shaxsga aloqasiz, begona hodisa sifatida idrok qilinadi.
Xulq-atvordagi ongsizlik samaradorligi ularni keltirib chiqaruvchi hodisalar
shaxsning boshqa odamlar bilan hamkorlikda boshidan kechirishida (masalan,
psixologik seans chog’ida) yoki guruhiy psixoterapiya davrida o‘zgalarda
kechishida sodir bo‘lsa individni qoniqtiradi. Chet el psixologiyasida, eng avvalo,
Z.Freydning psixoanalizida va uning izdoshlari qarashlarida ongsizlikning yuzaga
kelishini tor ma’noda, cheklanib tushunish uning dinamik jabhalarini
shakllanishining bir tomonlama tahlil qilish bilan shartlanganligidir. Chunki,
ongsizlikning ijtimoiy-tarixiy shartlanganligini tan olmaslik, ongsizlikning inson
bilan borliqning o‘zaro ta’siridan bevosita ajratib olmaslik bir qator
anglashilmovchiliklarga
olib
keladi,
ularni
differensiyalash
orqali
shu
kontekstdagina uning asl mohiyati, funksiyalari shaxs xulq-atvorida ochilishi
mumkin, xolos. Bunday cheklanishlar rus psixologiyasida ustanovka nazariyasida,
psixologik hodisalar o‘rganishda faoliyatli yondashuvda psixikani dialektik
materialistik tushunishdan kelib chiqqan holda anglashilmagan motivlarning
funksiyalari, tabiati, ma’no anglatuvchi ustanovkalar inson hayotida shaxsiy ma’no
kasb etuvchi g‘oyalarida bartaraf qilib borildi.
82
Faoliyatni
bajarish
usullarining
anglashilmovchi
regulyatorlar
uni
kechishining barqaror va yo‘nalgan xususiyatini ta’minlaydi. Ular avtomatlashgan
va ixtiyorsiz harakatlar regulyatsiyasi negizida yotadi (masalan, topshiriqni yechish
jarayoni) va anglashilmagan hodisalarni oldindan sezish, payqash obrazlari harakat
usullari bilan shartlangan bo‘lib, turli vaziyatlardagi o‘tmish tajribalariga bevosita
tayanadi. Avtomatlashgan odatiy xulq-atvor yo‘lida kutilmagan to‘siqlar paydo
bo‘lganda ular subyekt tomonidan anglashinishi mumkin. Anglashilmagan
avtomatlashgan xulqning psixofiziologik mexanizmlari to‘g‘risidagi ilmiy
tasavvur, nazariya N.A.Bernshteynning «Xatti-harakat tuzilish darajalari»
konsepsiyasida ishlab chiqilgan. Subsensor idrok qilishning vujudga kelishi.
Ongsizlikning tabiati to‘g‘risidagi ilmiy tasavvurlarning tobora o‘sishi, uni paydo
bo‘lishining o‘ziga xos xususiyatlari, keltirib chiqaruvchi mexanizmlari va
funksiyalari inson xulq-atvorining regulyatsiyasi, shaxs hayotining yaxlit obyektiv
manzarasini yaratishning zarur shart-sharoiti hisoblandi. Lekin bu muammo hali
to‘laqonli ilmiy ma’lumotlarga ega emas, xuddi shu sababdan uning
psixofiziologik asoslari, mexanizmlari harakatga keltiruvchi kuchlar to‘g‘risida
atroflicha mulohaza yuritish imkoniyatini bermaydi.
Dostları ilə paylaş: |