84
4 -MAVZU. FAOLIYATNING PSIXOLOGIK TALQINI
Tаyanch tushunchаlаr:
faoliyat, ehtiyoj, faollik, o‘yin, o‘qish, mehnat, motiv,
interiorizatsiya,eksteriorizatsiya, xulq-atvor
,
xatti-harakat, motiv, qiziqish.
4.1. Faoliyat haqida tushuncha. Faoliyatning psixologik talqini
Psixologiya fanida hayvonlarning xatti-harakati (ularning qaysi taraqqiyot
bosqichidan qat`iy nazar), xulq-atvorining yuzaga kelishi ko`p jihatdan ularni
qurshab turgan makro, mikro muhitga bog`liq. Ularning namoyon bo`lishi biologik
(tabiiy) shartlangan omillar, vositalar tomonidan belgilanadi va boshqarilib
turiladi. Insonni hayvonot olamining xususiyatlari bilan qiyoslashga harakat qilsak,
u holda mutlaqo boshqacha voqelikning shohidi bo`lishimiz mumkin. Chunonchi,
shaxs o`zining faolligi bilan hayvonot olamidan farqli o`laroq ajralib turadi,
mazkur harakatlantiruvchi kuch faollik ilk bolalik yoshidan e`tiboran ijtimoiy-
tarixiy taraqqiyot davomida to`plangan insoniyatning tajribasiga va jamiyatning
qonun-qoidalarini egallashga yo`naltirilgan bo`ladi. Uzoq davrlar davom etgan
maxsus jarayonning ta`sirida sodda tarzdagi xatti-harakatda faollik ustuvorlik
qilganligi tufayli o`zining yuqori bosqichiga o`sib o`tib, yangicha mazmun,
mohiyat, shakl va sifat kashf etgan. Faollik negizida paydo bo`luvchi o`zgacha
sifatni, o`ziga xoslikni egallagan xatti-harakatning yuksak ko`rinishi, faqat
insongagina taalluqliligi orqali u psixologiya fanida faoliyat deb nomlana
boshlandi. Faoliyat faollikning shaxsga xos turi sifatida vujudga kelib, u o`zining
psixologik alomatlari bilan xatti-harakatdan tafovutlanadi. Uning farqli alomatlari
tavsifi yuzasidan maqsadga muvofiq mulohazalar yuritish ayni muddaodir.
Birinchidan, faoliyatning mazmuni to`la-to`kis uni yuzaga keltirgan tabiiy,
biologik va ma`naviy ehtiyoj bilan shartlanmaganligi tufayli uning psixologik
mexanizmi ham o`zgacha negizga qurilishi mumkin. Mabodo ehtiyoj motiv
(lotincha, turtki, harakatga keltiruvchi degan ma`noni anglatadi) sifatida faoliyatga
ichki turtki berib, uni jadallashtirishga, faollashtirishga erishsa, u vaziyatda
faoliyatning mazmuni, shakllari ijtimoiy: shart-sharoit, talablar, zaruriyat, tajriba
kabilar bilan belgilanadi. Shuni alohida ta`kidlash o`tish joizki, insonni mehnat
85
qilishga undagan motiv moddiy ovqatga nisbatan ehtiyoj vujudga kelishi tufayli
tug`ilishi hodisasi muayyan darajada uchrab turadi. Aksariyat hollarda ishchi
dastgohni ochlikning oldini olish uchun emas, balki jamiyat tomonidan mas`ul
ijtimoiy vazifa sifatida belgilanganligi sababli boshqarishga qaror qiladi. Bundan
ko`rinib turibdiki, ishchining mehnat faoliyati mazmuni moddiy ehtiyoj bilan
emas, balki maqsad bilan belgilanadi, bu o`z navbatida maqsadning ijtimoiy
negizida yotuvchi tayyorlash mas`ulligi bilan uyg`unlashib ketadi. Modomiki
shunday ekan, odam nima uchun bunday yo`sinda xatti-harakat amalga oshirgani,
uning nimani ko`zlab ish qilayotgani mos kelmaydi, chunki uni faollikka undovchi
turtki, xohish-istak bilan faoliyatni yo`naltiruvchi aniq maqsad o`zaro mutanosib
emas. Binobarin, faoliyat faollik manbai hisoblanmish ehtiyoj sifatida yuzaga
kelgan tarzda faollikning yo`naltiruvchisi tariqasidagi anglanilgan maqsad bilan
idora qilinadi.
Ikkinchidan, faoliyat muvaffaqiyatini ta`minlash uchun psixika narsa va
hodisalarning xususiy obyektiv xossalarini aks ettirishi, qo`yilgan maqsadga
erishish yo`l-yo`riqlarini aniqlab berishi joiz.
Uchinchidan, faoliyat shaxsning xulq-atvorini maqsadga qaratilgan
harakatlarni ro`yobga chiqarish, yuzaga kelgan ehtiyojlarni va yordamga
muhtojligi yo`q faollikning imkonini beradigan boshqarishni uddalashi lozim.
Shuning uchun faoliyat bilish jarayonlarisiz, irodaviy zo`r berishsiz amalga oshishi
amri mahol, chunki u har ikkala omil bilan uzviy aloqaga kirishganidagina
yaratuvchanlik xususiyatini kasb etadi, xolos.
Odatda, faoliyatga ta`rif berilganda, birinchi galda anglashilgan maqsad bilan
boshqarilishi, so`ngra psixik (ichki) va jismoniy (tashqi) faollikdan iborat ekanligi
ta`kidlab o`tiladi. Lekin ushbu belgilar faoliyat ta`rifini mukammal tarzda ochib
berishga qurbi yetadi, degan gap emas, albatta.
Inson faolligida anglanilgan maqsad mavjudligi to`g`risida mulohaza yuritish
uchun har xil xususiyatli bir qancha omillarga murojaat qilishga to`g`ri keladi.
Faoliyatning motivlari, ro`yobga chiqarish vositalari, axborot tanlash va uni qayta
ishlash anglanilgan yoki anglanilmagan, ba`zan anglanilganlik noto`kis, hatto u
86
noto`g`ri bo`lishi mumkin. Jumladan: a) maktabgacha yoshdagi bola o`yin
faoliyatiga nisbatan ehtiyojini goho anglaydi, xolos; b) boshlang`ich sinf
o`quvchisi o`quv motivlarini hamisha ham anglash qurbiga ega bo`lmaydi; v)
o`smir ham xulq motivlarini noto`kis va noto`g`ri anglashi mumkin; g) hatto
voyaga yetgan odam ba`zan xulq motivini noo`rin xaspo`shlashga intiladi. Bundan
tashqari, hatto faoliyatni amalga oshirishni rejalashtirish, uni ro`yobga chiqarish
uchun qaror qabul qilish, mahsulani taxminlash, xulosa chiqarish ham
anglanilganlik kafolatiga ega emasdir. Chunki faoliyatni ro`yobga chiqaruvchi
harakatning aksariyati ong tomonidan boshqarilmaydi, jumladan, velosiped uchish,
kuy chalish, kitob o`qish, telefon qilish odatiy hodisadir.
Shuni uqtirib o`tish lozimki, faoliyatning jabhalarini ongda aks darajasi va
mukammalligi uning anglanilganligi ko`rsatkichi mezoni hisoblanadi. Lekin
faoliyatning anglanganligi darajasi keng ko`lamli bo`lishiga qaramasdan, maqsadni
ko`zlash (anglash) uning ustuvor belgisi vazifasini o`ynayveradi. Faoliyatda
maqsadni anglash ishtirok etmasa, unda u ixtiyorsiz (impulsiv) xatti-harakatga
aylanib qoladi va bunday holat ko`pincha hissiyot bilan boshqariladi. Jahl, g`azab
(affekt), kuchli ehtiros holatlari yuz bergan odam ixtiyorsiz harakat qiladi. Biroq
xatti-harakat ixtiyorsizligi uning anglanilmaganligini bildirmaydi, aksincha bunda
inson motivining shaxsiy jabhasi anglanilgan bo`ladi, uning ijtimoiy mazmuni esa
qamrab olinmaydi.
Faoliyatning tuzilishi.
Voqelikka nisbatan munosabatning muhim shakli
sifatidagi faoliyat inson bilan uni qurshab turgan olam (borliq) orasida bevosita
aloqa o`rnatadi. Tabiatga, narsalarga o`zga odamlar ta`sir ko`rsatishi ham
faoliyatning qudrati bilan ro`yobga chiqadi. Inson faoliyatda narsalarga nisbatan
subyekt sifatida, shaxslararo munosabatda esa shaxs tariqasida gavdalanadi hamda
imkoniyatlarini yuzaga chiqarishga musharraf bo`ladi. Uning natijasida
ikkiyoqlama bog`lanish uzluksiz harakatga kirishi, to`g`ri va teskari aloqa
o`rnatishi tufayli inson narsalarning, odamlarning, tabiat va jamiyatning o`ziga xos
xususiyatlari to`g`risida ma`lumot to`playdi. Har xil xususiyatli o`zaro
87
munosabatlar negizida faoliyat subyekti uchun narsalar subyektlar sifatida,
odamlar esa shaxs timsolida aks eta boshlaydi.
Inson faoliyatga yo`naltirilgan maqsadga erishish uchun shu yo`lda harakat
qilishi tufayli xususiy vazifalarni bajarishga kirishadi. U o`z oldida turgan
maqsadni amalga oshirish uchun ma`lum vaqt oralig`ida u yoki bu amalni bajaradi.
Biror matnni kompyuterda tayyorlash uchun inson oldin uni elektr tokiga ulaydi,
ekranni ishga sozlaydi, uning tugmachalarini bosish orqali harf va so`zlarni teradi,
so`ngra ma`lum ma`no anglatuvchi matn paydo bo`ladi.
Psixologiyada faoliyatning alohida bir xususiy vazifasini bajarishga
mo`ljallangan, nisbatan tugallangan qismi (unsuri), tarkibi harakat deb nomlanadi.
Masalan, kompyuter texnikasidan foydalanish harakatlari amalga oshiriladigan
ishlardan tarkib topadi. Harakatlar natijasida odam borliqdagi narsalar xususiyati,
holati, fazoviy joylashuvini o`zgartiradi. Mazkur jarayon nafaqat harakat yordami
bilan, balki muayyan sa`y-harakatlar tufayli yuzaga keladi. Duradgor eshik
yasamoqchi bo`lsa, avval munosib material tanlaydi, ularni o`lchaydi, unsurlarini
sanaydi, randalaydi, qismlarni bir-biriga joylashtiradi, yopishtiradi, unga pardoz
beradi, oshiq-moshiq qoqadi, kesaki o`rnatadi, ochib yopilishini tekshiradi va
hokazo. Keltirilgan misoldan ko`rinib turibdiki, duradgorning gavdasi, oyoq-
qo`llari, boshining tutishi sa`y-harakatlari bilan birga «tanlash», «ishlov berish»,
«o`rnatish» amal qismlari majmuasi faoliyatni tarkib toptiradi. Sa`y-harakatning
harakatdan farqli tomonlari uning aniqligi, maqsadga yo`nalganligi, epchilligi,
uyg`unligi singari belgilarida o`z ifodasini topadi.
Inson faoliyatida narsalarni o`zlashtirishga yo`naltirlgan sa`y-harakatlardan
tashqari: a) tananing fazoviy holati; b) qiyofaning saqlanishi (tik turish, o`tirish); v)
joy almashish (yurish, yugurish); g) aloqa vositalari sa`y-harakatlari qatnashadi.
Odatda, aloqa vositalari tarkibiga: a) ifodali sa`y-harakatlar (imo-ishora,
pantomimika); b) ma`noli ishoralar; v) nutqiy sa`y-harakatlar kiritadi. Sa`y-
harakatlarning ushbu turlarida ta`kidlab o`tilganlardan tashqari mushaklar,
hiqildoq, tovush paychalari, nafas olish a`zolari ishtirok etadi. Demak, narsalarni
o`zlashtirishga qaratilgan harakatning ishga tushishi muayyan sa`y-harakatlar
88
tizimining amalga oshirilishini anglatadi. Bu hodisa ko`p jihatdan harakatning
maqsadiga, ta`sir o`tkaziladigan narsalarning xususiyatlariga va harakatning
amalga oshishi shart-sharoitlariga bog`liq. Jumladan, a) kitobni olish qalamni
olishdan boshqacharoq tarzdagi sa`y-harakatni taqozo etadi; b) avtomobilni
haydash velosipedda uchishga qaraganda ayricha sa`y-harakat talab qiladi; v) ellik
kg shtangani ko`tarishda bir tonnaga qaraganda ko`proq quvvat sarflanadi; g)
kartonga katta shaklni yopishtirishga qaraganda kichik shaklni joylashtirish qiyin
kechadi.
Yuqorida keltirilgan misollar turlicha obyektlarga taalluqli bo`lishiga
qaramay, ularda harakatning maqsadi yagonadir. Obyektlarning turlicha ekanligi
sa`y-harakatlarning oldiga va mushak faoliyati tuzilishiga har xil talablarni, tizimni
qo`yadi.
Ushbu
voqelik
rus
olimlari
P.K.Anoxin,
N.A.Bernshteyn,
E.A.Asratyanlarning
tadqiqotlarida
dalillab
berilgan.
Ularning
umumiy
mulohazalariga qaraganda, mushaklarning faoliyati sa`y-harakat vazifasi bilan
emas, balki mazkur sa`y-harakat ro`y beradigan shart-sharoitlar bilan boshqarilishi
mumkin. Mushaklar bu o`rinda sa`y-harakatlarning yo`nalishini va tezligini
ta`minlash uchun xizmat qiladi, har xil qarshiliklarni (hajm, kuch, vazn ta`siri)
muayyan darajada susaytiradi.
Sa`y-harakatlarning amalga oshirilishi beto`xtov ravishda nazorat qilinadi,
uning mahsulasi harakatning pirovard maqsadi bilan qiyoslanadi va unga ayrim
tuzatishlar kiritiladi, xuddi shu tarzda boshqaruv betinim takrorlanaveradi,
harakatni nazorat qilish jarayoni esa sezgi a`zolari yordami bilan vujudga keladi.
Sa`y-harakatning sensor (sezgi a`zolari yordamida) nazorat qilishning isboti uning
oynadagi o`z aksiga qarab chizishda o`z ifodasini topadi. Ma`lumki, oynada
qalamning odam qo`li harakat yo`nalishi bo`yicha emas, balki qarama-qarshi
tomonga harakatlanayotganday tuyuladi. Inson ko`rish orqali mashqlanishi tufayli
ma`lumotlardan foydalanish bilan harakatni muvofiqlashtirishni uddalaydi.
Sa`y-harakatlarning nazorat qilish jarayoni va ularni boshqarish teskari aloqa
printsipiga binoan ro`yobga chiqadi. Ushbu hodisani amalga oshish imkoniyati
quyidagi omillarga bevosita bog`liq holda kechadi: a) sezgi a`zolari aloqa kanali
89
vazifasini bajargan taqdirda; b) ular axborot manbai sifatida harakat rolini
o`ynaganda; v) sa`y-harakatlarni aks ettiruvchi alomatlar bu jarayonda xabar
yetkazuvchi sifatida qatnashganida va boshqalar. Ta`kidlab o`tilgan omillar orqali
amalga oshadigan teskari aloqaning bunday shaklini (ko`rinishini) rus tadqiqotchi
P.K.Anoxin teskari afferentatsiya deb atagan. Afferentatsiya (lotincha gogepz
keltiruvchi degan ma`no anglatadi) hamda tashqi qo`zg`atuvchilardan hamda ichki
organlardan, axborotni qabul qiluvchi hissiy a`zolardan markaziy nerv sistemasiga
kelib tushuvchi nerv impulslarining doimiy oqimini bildiradi. To`g`ri aloqa
axborotlarining tashqaridan kirib borishini anglatib kelsa, teskari afferentatsiya
uning aks holatini aks ettiradi. Sa`y-harakatlarning hammasi ham organlarning
faoliyatini tushuntirish uchun xizmat qiladi va nazorat (boshqaruv) jarayoni qanday
kechishini tahlil etish imkoniyatiga ega.
Narsaga yo`naltirilgan harakatning ishga tushishi muayyan bir tizimga
taalluqli sa`y-haraktlarning natijaga (mahsulaga) erishishini ta`minlash bilan
cheklanib qolmaydi. Balki u (harakat), birinchidan, sa`y-harakatlarning
mahsulasiga mos ravishda, ikkinchidan, harakatlar obyektning xususiyatlariga
mutanosiblikda, uchinchidan, sa`y-harakatlarni hissiy nazorat qilishni amalga
oshirgan yo`sinda ularga ba`zi bir tuzatishlar kiritadi. Ushbu jarayonni osonroq
tushunish uchun uning negizi: a) tashqi muhitning holati, b) muhitda
harakatlarning vujudga kelishi, v) natijalar (mahsulalar) to’g’risida miyaga axborot
beruvchi hissiy mo’ljallarni egallash mujassamlashtiradi. Masalan, haydovchi
avtobusni to`xtatish tepkisini bosish kuchini, uning harakati tezligi, shoh
ko`chaning holati, avtobusning vazni, harakat qatnovi, piyodalar gavjumligi bilan
so`zsiz moslashtiradi.
Holbuki shunday ekan, faoliyat tarkibiga kiruvchi sa`y-harakatlar tizimi oxir-
oqibatda mazkur harakatning maqsadi bilan nazorat qilinadi, baholanadi va
to`g`rilab turiladi. Maqsad miyada faoliyatning bo`lg`usi mahsulasining timsoli,
o`zgaruvchan andazasi tarzida vujudga kelishi mumkin. Ezgu niyatga aylangan
bo`lg`usi andoza bilan harakatning amaliy natijasi qiyoslanadi, o`z navbatida
andoza sa`y-harakatni yo`naltirib turadi. Ana shu holatning turlicha psixofiziologik
90
talqinlari mavjud bo`lib, ular «bo`lg`usi harakat modellari», «sa`y-harakat dasturi»,
«maqsadning dasturi», «miyada harakatning o`zi oldindan hosil qiladigan
andozalari» singari tushunchalarda o`z ifodasini topadi. Jumladan, ularning eng
muhimlari: «harakat aktseptori» va «ilgarilab aks ettirish» (P.K.Anoxin),
«harakatlantiruvchi vazifa» va «bo`lg`usi ehtiyoj andozasi» (N.A.Bernshteyn),
«zaruriy mohiyat» va «kelajak andozasi» (Mittelshtedt, U.Eshbi) va boshqalar.
Sanab o`tilgan tadqiqotchilarning talqinlari ilmiy faraz (taxmin) tarzida berilganligi
tufayli ular miyada qanday aks etilishi mumkinligini mukammal bilishga qodir
emasmiz. Lekin ularning miyada ilgarilab aks ettirish to`g`risidagi mulohazalari,
bu borada tasavvurlarning yaratilishi psixologiya fani uchun ijobiy ilmiy voqelik
bo`lib hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |