O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat univеrsitеti


Idrokning asosiy xususiyatlari uning predmetliligi, yaxlitligi



Yüklə 5,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/138
tarix19.10.2023
ölçüsü5,67 Mb.
#157498
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   138
Umumiy psixologiya OQUV QOLLANMA (1)

7.4.Idrokning asosiy xususiyatlari uning predmetliligi, yaxlitligi, 
strukturaliligi, doimiyligi (konstantligi) va anglashilganligi 
Hozirgi zamon psixologiya fanining nazariy muammolari qatoriga insonni 
inson tomonidan idrok qilish masalasini kiritish mumkin. Ilmiy manbalarning 
tahliliga ko‘ra, insonning ba’zi psixologik xususiyatlari, fazilatlari uning yuz 
alomatlari va tana a’zolarining turli harakatlari yordamida aniqlanadi. Insonning 
tashqi qiyofasining tuzilishi bo‘yicha shaxs xarakteri xususiyatlari va uning 
fazilatlariga oid ishonchli fikr bildirish o‘zining uzoq tarixiga ega bo‘lsada, lekin 
muammoning ilmiy negizi, uning mexanizmi hozirgi davrdagina tadqiq qilina 
boshlandi. Odamning tashqi qiyofasini tahlil etish orqali uning ruhiy dunyosiga 
baho berish yuzasidan jahon psixologlari tomonidan yaratilgan nazariyalar, 
to‘plangan amaliy ma’lumotlar umumlashtirilsa, quyidagi tasnifnomani yuzaga 
keltirish mumkin: 
Insonning tashqi qiyofasidagi har bir o‘zgarish uning yaqqol shaxsiy 
xususiyati bilan uzviy bog‘liq ekanligini tushuntirishga asoslangan analitik talqin 
uslubi (labni qattiq qisib yurish odam irodasining mustahkamligi nishonasidir). 
Boshqacha so‘z bilan aytganda, insoniyatning ijtimoiy-tarixiy taraqqiyoti 
davomida ajdodlar tomonidan to‘plangan tajribalarga asoslanib, shaxsning ruhiy 
dunyosini baholash imkoniyati mavjudligi demakdir. 
Insoning tashqi qiyofasidagi beixtiyor, tabiiy ko‘rinishdagi sernafosat nozik 
ado, boshqa kishilar hissietini o‘ziga tortuvchi joziba, maftunkorlik, xushbichimlik 
shaxsning kechinmalari bilan uyg‘unlashuvini e’tirof qilishga qaratilgan 
yondashuv (shaxsning did bilan kiyinishi, me’yor bilan o‘ziga oro berishi uning 
ibosida ifodalanishining ruhiy dunyosi bilan mutanosibligi). Idrok qilinayotgan 
inson muayyan masofada muomala va muloqotga kirishuvchi shaxs tomonidan qay 
yo‘sinda qabul qilinsa, demak, o‘sha odam to‘g‘risidagi taassurot bevosita 
favquloddagi holatga, vaziyatga bog‘liq bo‘ladi, chunki yoqtirish yoki 
yoqtirmaslik, simpatiya, antipatiya, empatiya bir lahzalik idrok mahsulida 
mujassamlashishi mumkin. 
Idrok qilinayotgan insonning tashqi ko‘rinishining alomatlari iliq taassurot 


171 
va tasavvur uyg‘otuvchi tanish odamning psixologik xususiyatlari notanish kishiga 
o‘xshashligi tufayli ixtiyorsiz ravishda unga qiyos beriladi. Oldin idrok qilingan 
tanish insonning barcha fazilatlari va xislatlari tashqi qiyofa evaziga notanish 
kishiga ko‘chiriladi. Shunisi ajablanarliki, mazkur jarayonda na mantiqiy tahlil, na 
uzviylik talqini ishtirok etadi. Xuddi shu boisdan bu tarzda insonni inson 
tomonidan idrok qilish o‘xshashlikka asoslanishini ta’kidlab o‘tish maqsadga 
muvofiq. 
Insoning tashqi qiyofasini idrok qilish negizida uni u yoki bu ijtimoiy 
(ishchi, dehqon, ziyoli) guruhlarga, ya’ni toifalarga aloqadorligi to‘g‘risida 
muayyan qarorga kelinsa, odamning shaxsiy sifatlarini baholash xuddi shu nuqtai 
nazardan amalga oshiriladi. Kishining tashqi ko‘rinishiga nisbatan bunday 
yondashish ijtimoiy kelib chiqishga asoslanuvchi o‘xshatish deyiladi. 
Bizningcha, insonin inson tomonidan idrok qilish jarayoni qat’iy ravishda 
quyidagi bosqichlar orqali amalga oshishi mumkin: 
idrok qilinayotgan odamni idrok qiluvchi o‘zining shaxsiy xislatlari bilan 
qiyoslash natijasida, uning mahsuli bo‘yicha talqin qilinadi va tushuntiriladi; 
bunday idrok qilish tarzida insonning inson tomonidan aks ettirish, o‘xshatish, 
unga taqlid qilish, undan ibrat olish ulublari orqali yuzaga keladi, ya’ni 
identifikasiya bosqichi bevosita amalga oshadi; 
idrok qilinayotgan shaxsning o‘rniga idrok qiluvchi o‘z xohishi bo‘yicha 
mulohaza yuritishi, uni tushunishga intilish o‘z-o‘zini anglash negizida namoyon 
bo‘ladi, ya’ni refleksiya bosqichi vujudga kelganligi to‘g‘risida muayyan qarorga 
kelinadi; 
o‘zga kishilarning kechinmalari va his-tuyg‘ulariga nisbatan hamdardlik 
bildirish, mehr-oqibatliligini amaliy ifodalash orqali ularni tushunish imkoniyati 
tug‘iladi, buning natijasida tub ma’nodagi empatiyaga asoslangan idrok qilish 
bosqichi yuzaga keladi; 
o‘zga kishilarga ijtimoiy guruh a’zolariga nisbatan berilgan xislatlarni 
ommaviy tarzda yoyish, tavsif berish va baholash negizida idrok qilish jarayoni 
tug‘iladi, ya’ni qadimgi mezonlar bo‘yicha in’ikos qilish stereotipizatsiya deyiladi. 


172 
Psixologiya fanida refleksiya, ya’ni o‘zini o‘zi anglash shaxsning barcha 
(hissiy, bilishga oid, irodaviy, boshqaruv) xususiyatlarini oqilona baholash degan 
qarashlar va yondashuvlar to hozirgi davrgacha davom etib kelmoqda. Bunday 
holat inson tomonidan o‘zini o‘zi aks ettirishni bildiradi, xolos. Lekin o‘zga 
kishilar idrok qilinuvchining shaxs sifatlarini qay hajmda bilishadi, ularni baholash 
imkoniyati qanday, uning nimalarga qodir ekanligini tushuna olishadimi? Shu kabi 
muammolarga javob berish orqali o‘zini o‘zi anglashning boshqa qirralarini 
aniqlash mumkin. Insonlar o‘zaro bir-birlarini idrok qilish kezida: 
birinchidan, darhaqiqat idrok qilinayotgan shaxsning asl qiyofasi so‘zsiz 
ravishda ifodalanishi; 
ikkinchidan, shaxs o‘zini aniq tasavvur qilib, so‘ng oqilona baholay olishi, 
munosabat bildirishi, shaxsiy yondashuvi; 
uchinchidan, shaxsning boshqa odamlar tomonidan anglanishi natijasida 
ikkiyoqlama in’ikos, ya’ni «subyekt-subyekt» munosabati vujudga keladi. 
Shaxslararo bir-birini aks ettirish jarayonining mohiyati inson fazilatlarini qayta 
esga tushirish, qaytadan tiklash va ularni yaxlit tarzda mujassamlashtirish orqali 
o‘z aksini topadi. 
Jahon psixologlari asarlarini tahlil qilish va shaxsiy kuzatishlarimiz natijalari 
inson tomonidan faoliyat maqsadini ro‘yobga chiqarish rejasini va modelini 
yaratishda ifodalanuvchi antisipatsiya (lotincha oldindan sezish, payqash, oldindan 
idrok qilish, hodisa mohiyatini ochishdagi topqirligi) bir necha bosqichlardan 
iborat ekanligidan dalolat bermoqda. 
Hozirgi zamon jahon psixologlari antisipatsiyani besh darajaga ajratib 
o‘rganmoqdalar, chunonchi anglashilmas subsensor (lotincha - sezish so‘zlaridan 
tuzilgan bo‘lib, idrok qilishning ongosti holatini anglatiladi), sensomotor (lotincha 
- sezish, harakat degan ma’noni bildirib, nozik harakatlarni sezish demakdir), 
perseptiv (lotincha-idrok degan ma’no anglatadi), tasavvur, bashorat (bashorat) 
qilish kabilar. 
Antisipatsiyaning subsensor darajasining ifodalanishi inson gavdasining 
o‘zgarishida, uning ideomotor (ixtiyorsiz harakat) jarayonida, tashqi ta’sirga tezkor 


173 
javob qaytarishida o‘z aksini topadi. Gavdaning mujassamlashuvi va harakat 
barqarorligi insonning ixtiyoriy sa’y-harakatga tayyorgarlik ko‘rish uchun muhim 
zamin ta’minlaydi. 
Antisipatsiyaning sensomotor bosqichi harakatdagi jismlarni o‘zaro 
taqqoslashda, murakkab harakatlarni muvofiqlashtirishda, tezkor harakatning 
muhitdagi vaqt va fazoviy o‘zgarishlar mutanosibligini uzluksiz ravishda idora 
qilib turishda namoyon bo‘ladi. 
Perseptiv bosqichda idrok qilish xotira jarayonlari bilan uyg‘unlashib ketadi. 
Buning natijasida o‘tmish tajribalariga asoslanib kelajakda vaqt va fazoviy 
o‘zgarishlar yuz berishi ehtimoli chuqur tahlil qilinadi, uning obrazlari 
yaqqollashtiriladi. 
Bizningcha, inson tomonidan yangilik modelini bir necha yo‘nalishda 
amalga oshirishi mumkin: hozirgi zamon kelajak tomon fikriy yo‘nalishda; kelajak 
muammolaridan hozirgi davr masalalariga fikran ko‘chish; hozirgi davr va istiqbol 
rejalari yuzasidan moziyga murojaat qilish kabilar. 
Antisipatsiyaning har qaysi bosqichi integrativ xususiyatga ega bo‘ladi, ular 
bir-birini uzluksiz ravishda taqozo qiladi va xuddi shu yo‘sinda ma’lumotlar 
taqchilligiga barham beriladi. Shunday real voqelik vujudga kelishi mumkinki, 
bunda inson oldida yaqqol topshiriq va vazifadan kelib chiqqan holda u yoki bu 
antisipatsiyaning bosqichi ustuvorlikka erishadi. Xuddi shu boisdan uning har 
qaysi bosqichi o‘zaro qorishib ketishi, muammoning o‘ziga xos xususiyatlariga 
binoan izchillik, ketma-ketlik tizimi buzilishi ehtimoldan holi emas. 

Yüklə 5,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin