Shaxs psixologiyasi va kasbiy shakllanish Reja Psixologiyada “shaxs “ tushunchasi Shaxsning kasbiy shakllanish bosqichlari



Yüklə 29,46 Kb.
səhifə1/3
tarix23.05.2023
ölçüsü29,46 Kb.
#120552
  1   2   3
psixologiya tayyor


Shaxs psixologiyasi va kasbiy shakllanish
Reja
1.Psixologiyada “shaxs “ tushunchasi
2.Shaxsning kasbiy shakllanish bosqichlari
3.Shaxs va uning faolligi


Shaxs» tushunchasi keng va ko’p qirralidir. Shaxsni u yoki bu yo„nalishda bir qator fanlar: falsafa, tarix, pedagogika, sotsiologiya, tibbiyot va psixologiya o„rganadi. Psixologiya fani boshqa fanlardan farqli o„laroq, shaxsning ichki dunyosini, boshqacha qilib aytganda, uning ruhiy jarayonlarini, hissiy-irodaviy holatlarini, individual psixologik xususiyatlarini tadqiq qiladi.
Inson, odam juda ko’plab fanlarning o’rganish ob’ekti bo’lib hisoblanadi. Ular odamlarning turli tomonlarini va hayot tarzini, rivojlanishini va boshqalarni o’rganadi. O’z ob’ektini belgilash va ta’riflash uchun turli tushunchalar qo’llaniladi. Psixologiya fani odamni jamiyatda, boshqalar bilan munosabatda bo’luvchi ongli faoliyat sub’ekti sifatida o’rganadi. Psixologiya fanida odamni ta’riflashda ko’plab tushunchalar qo’llaniladi. Shu jumladan "shaxs", "individ", "individuallik" tushunchalari ham qo’llaniladi.
Inson, odam juda ko’plab fanlarning o’rganish ob’ekti bo’lib hisoblanadi. Ular odamlarning turli tomonlarini va hayot tarzini, rivojlanishini va boshqalarni o’rganadi. O’z ob’ektini belgilash va ta’riflash uchun turli tushunchalar qo’llaniladi. Psixologiya fani odamni jamiyatda, boshqalar bilan munosabatda bo’luvchi ongli faoliyat sub’ekti sifatida o’rganadi. Psixologiya fanida odamni ta’riflashda ko’plab tushunchalar qo’llaniladi. Shu jumladan "shaxs", "individ", "individuallik" tushunchalari ham qo’llaniladi.
Zamonaviy psixologiyada shaxs shakllanishiga doir to‘rt yondashuv qaror bor;
Biologik yondashuv - inson tabiiy mavjudot bo‘lib, uning butun xatti-harakatlari tug‘ma instinkt va ehtiyojlar natijasidir. Inson jamiyat talablariga bo‘ysunishga majbur, shu bilan birga tabiiy ehtiyojlarini ham namoyon qilib boradi.
Ijtimoiy yondashuv - inson biologik mavjudot sifatida tug‘iladi, faqat hayotiy faoliyati davomida boshqalar bilan doimiy muloqot va ijtimoiy guruhlarning ta’siri ostida ijtimoiylashadi.
Psixologik yondashuv - insondagi psixik jarayonlar (sezgi, idrok, fikrlash kabilar) tabiiy tavsifga ega, insonning yo‘nalganligi - qiziqishlari, qobiliyatlari ijtimoiy hodisa sanaladi.
Yaxlit yondashuv - shaxs yaxlit tavsifga ega bo‘lib, uning rivojiga nafaqat uning faoliyatidagi o‘ziga xosliklar, balki turmush tarzi ham ta’sir ko‘rsatadi.
Uzoq asrlar davomida millatimiz oilani inson ma’naviyatini shakllantirishning eng maqbul maskani sifatida e’tirof etgan. Oila qaysi millatga mansub bo‘lsa, o‘sha xalqning ma’naviyatini o‘zida mujassamlashtirib, birnecha asrlik tarixga ega bo‘lgan an’analarni, ma’naviyatni avloddan-avlodga yetkazadi. Shaxsning ijtimoiylashuv jarayonida biologik, tabiiy va madaniy muhit, ijtimoiy tajriba, odamlar bilan munosabat kabi omillar muhim ahamiyat kasb etib kelgan. Ijtimoiylashuv jarayonining turlari ehtiyojlar, motivlar, individual va shaxsiy xususiyatlarning tuzilishiga, xususan, shaxsning rivojlangan ijtimoiy-psixologik bardoshliligiga qarab shakllanadi
Shaxsning ijobiy salohiyatini faollashtirish muammosini faol rivojlantirayotgan gumanistik psixologiya moslashuvjarayonining yakuniy maqsadi sifatida shaxsning o‘zini o‘zi anglash g‘oyasini ko‘rib chiqadi. Ijtimoiy moslashuvning bir nechta modellari ajralib turadi. Agar inson o‘zi yashayotgan madaniyat maqsadlarini baham ko‘rsa, ularni qonuniy, tavsiya etilgan vositalar bilan amalga oshirsa, moslashuvning mos modeli amalga oshiriladi. Innovatsion moslashuv modeli insonning jamiyat maqsadlarini qabul qilishi, lekin ularni noan’anaviy usullarda amalga oshirishi bilan tavsiflanadi.
Bugungi kunda ijtimoiy hayotning tezlashishi, shuningdek, bir joyda ikkinchi joyga ko‘chish, turli dinlar yoki irqlar va yoki turli ijtimoiy tabaqalar o‘rtasidagi turfa xilliklar shaxsning jamiyatga moslashuvini qiyinlashtirmoqda. Shu bilan birgalikda, oilalarda ajralishlar xavfining mavjudligiyosh avlodga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, ajrashganlarning farzandlari ham nikohlarida ajralishlar ko‘p bo‘ladi.Bunday nikohlarda, hatto bolalar va ularning ota-onalari o‘rtasidagi eng kichik kelishmovchiliklar paytida, ular topadigan eng oson yechim oxir-oqibat ajralishdir.So‘nggi yillarda deyarli barcha jamiyatlarda texnologik, ijtimoiy va iqtisodiy sohalarning rivojlanishi bilan parallel ravishda oila tarkibidagi o‘zgarishlar natijasida shaxsning ijtimoiylashuvi qiyinlashib, moslashuvchanlik jarayoni bir qadar sekin kechmoqda.
Ijtimoiy moslashuv -bu shaxs va jamiyatning o‘zaro ta’siri. Ijtimoiy moslashuv jarayoni -bu shaxsning atrof-muhitga moslashishi emas, balki teng huquqli tomonlarning o‘zaro ta’siri. Ijtimoiy moslashuvning muhim xususiyati bu shaxsning ham, atrof-muhitning ham faol transformatsion funktsiyasini yuqori darajada amalga oshirishdir. Shaxs va atrof-muhitningo‘zaro ta’siri ma’lum qonuniyatlarga bo‘ysunadi.Muhit qanchalik barqaror bo‘lsa, moslashish jarayonida shaxsda sodir bo‘ladigan o‘zgarishlar shunchalik chuqur va barqaror bo‘ladivaijtimoiy muhitning yuqori darajalari o‘zlarining qattiqligi tufayli shaxsning ta’iriga kamroq bog‘liqdir. Ekstremal sharoitlargamoslashish shaxsning keskin murakkab hayotiy vaziyatni engish zarurati bilan bog‘liq. Bunday hollarda moslashish insonning jismoniy va aqliy resurslariga katta yuklanish bilan bog‘liq.
Moslashuv shaxs va atrof-muhitning o‘zaro ta’siri bo‘lganligi sababli, shaxsning moslashuvining tashqi va ichki mezonlarini farqlash tabiiydir. Ijtimoiylashuv uzoq davom etadigan murakkab jarayon. Chunki har qanday jamiyat rivojlanish jarayonida ijtimoiy va axloqiy qadriyatlar, ideallar, axloqiy me’yorlar va qoidalar tizimini ishlab chiqadi, har bir bola yuqoridagi qoidalarni qabul qilib, o‘rganib mazkur jamiyatda yashash, uning a’zosi bo'lish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Buning uchun jamiyat u yoki bu shaklda shaxsga maqsadga muvofiq ta’sir etadi. Bu ta’sir ta’lim vositasida amalga oshadi. Ikkinchi tomondan, shaxsning shakllanishiga turli g‘oyalar, ijtimoiy muhit ta’sir ko‘rsatadi.Odamlar ijtimoiy me’yorlar va axloqiy qoidalar bilan munosabatga kirishadilar va uni o'rganadilar.Ijtimoiylashuv jaravoni ichki qarama-qarshiliklarga ega. Ijtimoiylashgan inson jamiyat talablariga mos kelishi, jamiyat rivojlanishidagi salbiy jihatlarga, shaxsning individual rivojlanishiga to‘sqinlik qiluvchi hayotiy holatlarga qarshi turishi kerak.


Yüklə 29,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin