Jismoniy tarbiya darslarida o‘quvchilar faoliyatini tashkil etish usullari. Mashg‘ulotni tashkil etish xususiyatlarini ochib berish. O‘quvchilar faoliyatini tashkil
qilish usullari: frontal, uzluksiz, guruhli, individual, aylanma trenirovka mashg‘ulotlari haqida
nazariy ma`lumotlarga ega qilish.
Sinfdan tashqari olib boriladigan jismoniy tarbiya ishlariga tavsif. Dars oldidan o‘tkaziladigan gimnastika. Jismoniy tarbiya daqiqalari. Uzaytirilgan
tanaffusda o‘tkaziladigan harakatli o‘yinlar. Kun uzaytirilgan guruhlarda sport soatlari. Sport
turlari bo‘yicha to‘garaklarni tashkil qilish va o‘tkazish haqida nazariy ma`lumotlarga ega qilish.
Maxsus va tayyorlov guruhlari bilan jismoniy tarbiya Maxsus va tayyorlov guruhlari bolalari bilan olib boriladigan jismoniy tarbiyaning
maqsad va vazifalari. Tayyorlov va maxsus tibbiy guruhlarda jismoniy madaniyat
mashg‘ulotlarini tashkil etish xususiyatlari hamda o‘tkazish metodikasi. Mashg‘ulotlarning
tuzilishi, ularning mazmuni haqida nazariy ma`lumotlarga ega qilish.
Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida jismoniy tarbiya. 1-2 bosqich o‘quvchilari uchun jismoniy tarbiya bo‘yicha dastur bo‘limlaridagi o‘quv
materiallariga tavsif. 1-2 bosqich o‘quvchilar jismoniy tarbiyasining maqsadi va vazifalari.
O‘quvchilarning darsga tayyorgarligi va darsga qo‘yiladigan talablar. Darsning pedagogik
tuzilishi. Darsda o‘quvchilar faoliyatini tashkil qilish usullari. Darsda yuklamani me`yorlash
uslubiyati. Kasbiy jismoniy tayyorgarlikning maqsad va vazifalari haqida nazariy ma`lumotlarga
ega qilish.
O‘quv ishlarini rejalashtirish Rejalashtirishning ahamiyati va mohiyati, rejalashtirish texnologiyasi va shaklini
belgilovchi xususiyatlari, rejalashtirishning asosiy amallari, ularning ketma-ketligi. Rasmiy,
umumiy dasturlarning mavjudligi, uni xususiyatlari va uni amalga oshirish haqida nazariy
ma`lumotlarga ega qilish.