Kirish
Mazkur fan dasturi bakalavriat yo‘nalishi: 5112000 – Jismoniy madaniyat ta`lim
yo‘nalishi uchun mo‘ljallangan bo‘lib, “Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi” fanida
O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya tizimining rivojlanishi, uning tarixiy qonuniyatlari,
vositalari, metodlari, o‘rgatish bosqichlari, jismoniy tarbiya darslarini tashkil qilish usullari
haqida nazariy va amaliy ta`lim berishni ta`minlovchi sohani o‘rganish fani bo‘lib hisoblanadi.
Jismoniy tarbiya amaliyotida ulardan foydalanish masalalariga muhim o‘rin berilgan. Jismoniy
madaniyat nazariyasi va metodikasi o‘quv fani sifatida bakalavrlarni jismoniy madaniyat
jarayonida ularning kasbiy-amaliy faoliyatiga keng nazariy va amaliy xarakat ko‘nikmalarini
shakllanishiga hamda harakatlarga o‘rgatish metodlari va metodikalarini ochib berishdan
iboratdir, shuningdek, o‘rgatish jarayonida pedagogik texnologiyalardan foydalanish
masalalarini o‘z bilim doirasiga qamrab oladi.
O‘quv fanning maqsadi va vazifalari
Fanni o‘qitishdan maqsad
– bo‘lajak kadrlarga jismoniy madaniyat nazariyasi va
metodikasi bo‘yicha atroflicha va chuqur kasbiy bilimlar berish. Kelajakdagi ish faoliyatlarida
kasbiy-amaliy ahamiyat kasb etuvchi jismoniy madaniyat bo‘yicha kasbiy bilimlar, ko‘nikma va
malakalar hamda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalana olish kabi bilimlar bilan
qurollantirishni ko‘zda tutadi.
Fanning vazifasi
– bo‘lajak jismoniy madaniyat o‘qituvchilariga o‘quv muassasalari
maktabgacha ta`lim muassasalari, umumta`lim maktab, akademik litsey hamda kasb-hunar kollej
o‘quvchilarini jismoniy madaniyat mashg‘ulotlarida umumrivojlantiruvchi mashqlardan,
umumiy va maxsus mashqlardan foydalanish hamda sport musobaqalari, sport bayramlarini
tashkil qilish va o‘tkazish hamda sinfdan tashqari to‘garaklarni tashkil qilish kabi bilimlarini
shakllanishini o‘rganishga ko‘maklashadi.
Dostları ilə paylaş: |