Mazkur fan dasturi bakalavriat yo‘nalishi 5112000 Jismoniy mada (1)
Seminar mashg‘ulotlarini tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar Seminar mashg‘ulotlarida talabalar jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi fanidan
ko‘nikma va malakalarga ega ekanliklari aniqlanadi.
Seminar mashg‘ulotlarida ma`ruza mashg‘ulotlaridagi mavzular bo‘yicha berilgan
ma`lumotlarni, jismoniy madaniyat va sportning asosiy tushunchalari, jismoniy madaniyat
tizimining umumiy printsiplari va uning amalga oshirish yo‘llari, jismoniy madaniyat vositalari,
jismoniy mashqlar texnika va taktikasi, jismoniy mashqlarni turkumlarga bo‘linishi, jismoniy
mashqlar mashg‘ulotlarining tuzilishi va mazmuni, qishloq joylarda jismoniy madaniyat ishlari
va ularning xolati, o‘quv muassasalarida jismoniy madaniyat mashg‘ulotlarini tashkil qilish va
o‘tkazish metodikasi, jismoniy madaniyat darsning shakllari va turlari hamda ommaviy sport
tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha nazariy bilim va malakalarga qay darajada
o‘zlashtirilganligini aniqlanadi, baxolanadi hamda ularni bilimlari yanada mustaxkamlanadi.
Seminar mashg‘ulotlarida
tavsiya etiladigan mavzular.
Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi fanining maqsadi hamda vazifalari. Bo‘lajak kadrlarga jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi bo‘yicha atroflicha va
chuqur kasbiy bilimlar berish. Kelajakdagi ish faoliyatlarida kasbiy-amaliy ahamiyat kasb
etuvchi jismoniy madaniyat bo‘yicha kasbiy bilimlar, ko‘nikma va malakalar hamda yangi
pedagogik texnologiyalardan foydalana olish haqida nazariy ma`lumotlarga ega ekanligini
aniqlash va baholash. SHuningdek bo‘lajak jismoniy madaniyat o‘qituvchilariga o‘quv
muassasalari maktabgacha ta`lim muassasalari, umumta`lim maktab, akademik litsey hamda
kasb- hunar kollej o‘quvchilarini jismoniy madaniyat mashg‘ulotlarida umumrivojlantiruvchi
mashqlardan, umumiy va maxsus mashqlardan foydalanish hamda sport musobaqalari, sport
bayramlarini tashkil qilish va o‘tkazish hamda sinfdan tashqari to‘garaklarni tashkil qilish kabi
bilimlarini shakllanishini haqida nazariy ma`lumotlarga ega ekanligini aniqlash va baholash.