35
Bog`cha yoshidagi bolalar xayolining o`sishiga faol ta`sir qiluvchi omillardan yana biri - ertaklardir.
Bolalar hayvonlar xaqidagi turli ertaklarni eshitganlarida shu ertaklardagi obrazlarga nisbatan ma`lum
munosabatlari yuzaga keladi,
Bog`cha yoshidagi bolalar hissiyoti va uning usishi. Bog`cha yonidagi bolalarda yoqimli va yoqimsiz
his-tuyg`ular g`oyat kuchli va juda tez namoyon bo`ladi. Bu yoshdagi bolalarning his-tuyg`ulari kun
jihatdan ularning organikextiyojlarining qondirilishi va qondirilmasligi bilan bog`liqdir. Bu
ehtiyojlarning qondirilmasligi sababli bolada noxushlik (yoqimsiz), norozilik, iztiroblanish tuyg`ularini
qo`zg`aydi.
Katta bog`cha yoshidagi bolalarda burch hissi - “
nima yaxshi-yu”, “nima yomon”ligini anglashlari
bilan ularning axloqiy tasavvurlari orasida bog`liqlik bor. Katta odamlar tomonidan buyurilgan biron
topshiriqni bajarganlarida mamnunlik, shodlik tuyg`ulari paydo bulsa, biron tartib qoidani bo`zib
quyganlarida xafalik, ta`bi xiralik hissi tug`iladi.
Shuningdek, bog`cha yoshidagi bolalarda ma`naviy hissiyotlardan o`rtoqlik, do`stlik
va jamoatchilik
hislari ham yuzaga kela boshlaydi.
Bolaning bog`cha yoshidagi davrida estetik hissiyotlari ham anchasi tyoz usadi. Bog`cha yoshidagi
bolalarda estetik hislarning namoyon bo`lishini, ayniqsa, ularning chiroyli, yangi kiyim-bosh
kiyganlarida juda yaqqol ko`rish mumkin,
Bolaning maktabda muvaffaqiyatli o`qishi ko`p jihatdan ularning maktabga tayyorgarlik darajalariga
bog`liq. Bola avvalo maktabga jismoniy jihatdan tayyor bo`lishi kerak. 6 yoshli bolalarning anatomik-
fiziologik rivojlanishi o`ziga xos tarzda kechadi. Bu yoshda bola organizmi jadal rivojlanadi. Uning
og`irligi oyiga 150 dan 200 gacha, bo`yi esa 0,5 sm gacha ko`payadi. 6 yoshli bolalar turli tezliklarda,
tez va engil yugura oladilar. Ular sakrash, kon`kida yugurish,
changida uchish, so`zish singari
harakatlarni ham bemalol bajara oladilar. Musiqa bo`yicha mashg`ulotlarda bu yoshdagi bolalar xilma-
xil ritmik va plastik harakatlarni bajaradilar, turli mashqlarni aniq, tez, engil va chaqqon bajara oladilar.
Shuningdek, 6-7 yoshli bolalar nerv sistemasini mustahkamlash, ularni surunkali kasalliklardan xalos
etish, ko`rish va eshitish qobiliyatiga alohida e`tibor berish, shuningdek, umurtqa pogonasining to`g`ri
rivojlanishiga ahamiyat berish, nihoyatda muhim. Kattalar shu yoshdagi bolalar bilan ish olib borar
ekanlar, bu yoshdagi bolalar organizmi hali usishi davom etayotganligini doimo hisobga olishlari lozim.
Masalan, bolani majburan yozishga o`rgatish hali barmoq muskullari to`lik, rivojlanmaganlik sababli
ularga ma`lum darajada zarar keltyarishi yoki
uni chiroyli yoza olmasligi, o`z-o`zidan bolani o`ziga
nisbatan ishonchini yoki o`qishga nisbatan qiziqishini kamayishiga olib kelishi mumkin. Keyingisi
bolaning aqliy tayyorgarligidnr. Ko`pincha aqliy tayyorgarlik deyilganda bolaning ma`lum bir
dunyoqarashi, jonli tabiat, insonlar va ularning mehnatlari haqidagi bilimlari tushuniladi. Ushbu bilimlar
maktabda beradigan ta`limga asos bo`lishi mumkin, Lekin so`z boyligi, ma`lum xatti-harakatlarni bajara
olish layoqati bolaning maktabga aqliy tayyorgarligining asosiy ko`rsatkichi bo`la olmaydi. Maktab
dasturi bolalardan taqqoslay olish, taxlil ega olish, umumlashgira olish, ma`lum bir xulosa chiqara olish,
shuningdek etarli darajada rivojlangan bilish jarayonlarini talab etadi. Masalan, 6-7 yoshli bola tabiat
haqida ayrim hodisalaryaigina emas, balki organizmning tabiat bilan bog`liqligini va o`zaro ta`sirini
ham tushunishi va o`zlashtirishi mumkin. 6-7 yoshli bolalar aqliy rivojlanishning natijasi bo`lib, yuqori
darajada rivojlangan ko`rgazmali obrazli tafakkur bilan bola atrof olamdagi predmetlarning asosiy
xususiyatlarini va predmetlar orasidagi bog`liqlikni ajrata olishidir. Shuni alohida ta`kidlab o`tish
lozimki, ko`rgazmali-harakatli va ko`rgazmali-obrazli tafakkur nafaqat 6-7 yoshli bolalar, balki kichik
maktab yoshidagi o`quvchilarning aqliy rivojlanishida ham asosiy funktsiyani bajaradi,
Bu borada
bolada ma`lum bir ko`nikmalarning tarkib topganligi ham nihoyatda muhimdir.
36
Bolaning maktabda muvaffaqiyatli o`qishi nafaqat uning aqliy va jismoniy tayyorgarligi, balki shaxsiy
va ijtimoiy-psixologik tayyogarligiga ham bog`liq. Maktabga o`kish uchun kelayotgan bola yangi
ijtimoiy mavqeini - turli majburiyatlari va huquqlari bo`lgan va unga turli talablar quyiladigan -
o`quvchi mavqeini olish uchun tayyor bo`lmog`i lozim. Katta bog`cha yoshdagi bolalar asosan,
maktabda o`qish uchun ehtiyoj syozadilar, Lekin bu xohish va extiyoj motivi turlicha bo`lishi mumkin.
"Menga chiroyli forma, daftar, qalam va ruchkalar sotib olib berishadi. "Maktabda o`rtoqlarim ko`p
bo`ladi va men ular bilan mazza qilib uynayman?', "Maktabda uxlatishmaydi" "Maktabning tashqi
ramzlari, shubhasiz maktabdagi bolalarni juda qiziktiradi, lekin bu maktabda muvaffaqiyatli o`qish
uchum asosiy sabab bo`la olmaydi", "Men otamga o`xshagan bo`lishim uchun o`qishim kerak",
"Yozishni juda yaxshi ko`raman", "O`qishni o`rganama” "Maktabda qiyin misollarni echishni
o`rganaman". Ushbu xohish va harakat bolaning maktabda muvaffaqiyatli o`qishi uchun tabiiy ravishda
asos bo`la oladi. Bolaning endi o`zini katta bo`lganini, bog`cha bolasi emas, balki ma`lum bir
majburiyatlari bor o`quvchi
bulishnni anglashi, jiddiy faoliyat bilan shugullanayotganligini bilishi
nihoyatda muhim. Bolaning maktabga borishini istamasligi ham salbiy holat hisoblanadi. Maktabda
shaxsiy va ijtimoiy-psixologik tayergarlik balalarda tengdoshlari, o`qituvchilari bilan munosabatga
kirisha olish xususiyatini shakllantirishni ham o`z ichiga oladi, Har bir bola bolalar jamoasiga qo`shila
olishi. ular bilan hamkorlikda harakat qila olishi, ba`zi vaziyatlarda ularga yon bosib, boshqa
vaziyatlarda yon bosmaslikka erjsha olishi zarur. Ushbu xususiyatlar bolaning maktabdagi yangi
sharoitlarga tez moslasha olishini ta`minlab beradi. 6-7 yoshli bolalar o`qishdagi
asosiy qiyinchalik,
ko`pincha bu yoshdagi bolalar o`qituvchini o`zoq vaqt davomida tinglab olmaydilar. O`quv
harakatlariga o`zoq vaqt o`z diqqatlarini tuplab olmaydilar. Bunga sabab, faqat, shu yoshdagi bolalarda
ixtiyoriy diqqatning rivojlanmaganligida emas, balki bolaning kattalar bilan muloqotga kirisha olishi
xususiyatiga ham bog`liq. Chunki, shu xususiyati rivojlangan bolalar erkin muloqotga kirisha oladilar,
qiziqtirgan narsalar haqida suray oladilar. Natijada ularning o`qishga bo`lgan qiziqishlari ortadi va
o`qituvchi gapirayotgan narsalarni diqqat bilan o`zoq vaqt eshita oladilar. Demak, bolaning maktabga
tez moslashishi va muvaffaqiyatli o`qishida shaxsiy va ijtimoiy-psixologik tayyorgarligining ham
ahamiyati juda katta.
Bu davrda bolalarda avvalo bilish sohalari, so`ngra esa emotsional motivatsion yo`nalish bo`yicha
yangi shaxsiy hayot boshlanadi. U yoki bu yo`nalishdagi rivojlanish obrazlilikdan ramzlikkacha bo`lgan
bosqichlarni o`taydi. Obrazlilik deyilganda bolalarning turli obrazlarni yaratishi, ularni o`zgartirish va
erkin
harakatta keltirishi, ramzlilik deyilganda esa belgilar tizimi (matematik, lingvistik, mantikiy va
boshqalar) bilan ishlash malakasi tushuniladi. Maktabgacha yosh davrda ijodkorlik jarayoni boshlanadi.
Ijodkorlik layoqati, asosan, bolalarning konstruktorlik o`yinlarida, texnik va badiiy ijodlarida namoyon
bo`ladi. Bu davrda maxsus laeqatlar ko`qishklarining birlamchi rivojlanishi ko`zga tashlana boshlaydi.
Bilish jarayonlarida- ichki va tashqi harakatlarning sintezi yuzaga keladi. Biron bir narsani idrok qilish
jarayonida bu sintez pertseptiv harakatlarda, diqqatda ichki va tashqi harakatlar va holatlar rejasini
boshqarish va nazorat etishda, xotirada esa materialni esda saqlab qolish va esga tushirishning ichki va
tashqi to`zilmasini bog`lay olishda ko`rinadi. Tafakkurda esa amaliy masalalar ishining usullarini bitta
umumiy jarayoniga birlashtirish sifatida yaqqol namoyon bo`ladi. Shuning asosida nnsoniy intellekt
shakllanadi va rivojlanadi. Maktabgacha davrda tasavvur, tafakkur va nutq umumlashadi. Bu esa bu
yoshdagi bolalarda tafakkur qilish omili sifatida ichki nutq yuzaga kelayogganligidan dalolat beradi.
Bilish jarayonlarining sintezn bolaning o`z oia tiliii go`liq egallashi asosida yotadi. Bu davrda nutqning
shakllanish jarayoni yakunida boshlaydi. Nutq asosidagi tarbiya jarayonida
bolada sodda axloq
me`yorlari va qoidalar egaldaniladi. Bu me`yor va qoidalar bola axloqim boshqaradi.
37
Bolaning uning atrofidagi kishilar bilan xilma-xil munosabatlari yuzaga kelib, bu munosabatlar
asosida turli xil motivlar yotadi. Bularning hammasi bolaning individualligini tashkil etib, uning boshqa
bolalardan nafaqat intellekti, balki axloqiy motivatsion jihatdan farqlanadigan shaxsga aylantiradi.
Maktabgacha yoshdagi bolalar shaxsi rivojlanishining asosiy o`zgarishlari, ularning o`z shaxsiy
sifatlari, layohatlari, muvaffaqiyat va muvaffaqiyatsizliklarini anglash, o`zini-o`zi anglashi kabi
xislarning yuzaga kelishi hisoblanadi,
Dostları ilə paylaş: