Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat


Qo‘shma terminlarning yasalishi



Yüklə 0,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/66
tarix20.10.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#157879
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   66
h.dadaboev o‘zbek terminologiyasi

Qo‘shma terminlarning yasalishi.
Hozirgi o‘zbek 
terminologiyasi sistemasida fan va texnikaning turfa sohalarida 
voqelanayotgan qator qo‘shma terminlar ikki tushunchani 
ifodalash uchun xizmat qilmoqda. Moziydan o‘zbek tili lug‘at 
fondida faol qo‘llanib kelayotgan tub (asl) hamda arab va fors-tojik 
so‘zlaridan yasalgan kompozitalar o‘zbek terminologiyasida 
muayyan salmoqqa ega. 
Internet va globallashuv davrida xorjiy tillarning o‘zbek 
tili so‘z boyligiga sezilarli ta’siri oqibatida terminlar sistemasi 
yangi tip va modellardagi qo‘shma terminlar hisobiga yanada 
kengaydi.
Qo‘shma terminlar tarkibining genetik nuqtai nazardan 
tavsifi ularning ikki, ya’ni muayyan tildagi qatlamga oid so‘z 
birikmalaridan yasalgan qo‘shma terminlar hamda turli tillarga 
taalluqli so‘z birikmalaridan yuzaga chiqqan qo‘shma terminlarga 
guruhlanishidan guvohlik beradi. 
Tarkib (komponent)lari muayyan (bir) leksik qatlamga 
tegishli so‘zlardan tashkil topgan qo‘shma terminlar o‘z navbatida 
ikki guruhga taqsimlanadi: 1) o‘zbek tilida qadimdan qo‘llanishda 
bo‘lgan asl o‘zbekcha, arabcha va forscha-tojikcha leksemalarning 
birikishidan voqelangan qo‘shma terminlar: 2) tarkiblari ruscha-
baynalmilal termin yoxud termin-elementlardan tashkil topgan, 
ya’ni o‘zlashtirilgan qo‘shma terminlar (Madvaliyev 2017.60-66). 
Birinchi tip terminlar struktur jihatdan tubandagi 
modellarga ega:
a) ot+ ot -
texnika, zoologiya, botanika, tibbiyot singari 
sohalar terminologiyasida faol qo‘llanadi: 
tuyaqush, boyo‘g‘li, 
baqaterak, shohparda, shamolparrak, ohaktosh, g‘ozpanja, 
tishcharxlagich, eshakem, qo‘ltiqtayoq, tirnoqgul, g‘ovqoziq
(harb.),
qorovulboshi, tutunparda, safarxalta
(harb.),
suvto‘siq
(harb.) va h.k.; 
b) 
sifat+ot
– aksariyat zoologiya, tibbiy, ilm-fan va 
texnikaviy terminlar yasashda faol ishlatiladi:
ko‘richak, panajoy


77
(harb.), 
qizilo‘ngach, 
qorajigar, 
sariqsuv, 
achchiqtosh, 
sassiqpopishak, qizilishton
va h.k.; 
v) 
son+ot
- deyarli barcha terminologik sistemalarda 
aksini topadi: 
uchburchak, mingoyoq, uchhad, oltiqirralik, 
beshyulduz, Yetti ayiq , o‘n ikki burj 
va
 
h.k.; 
g) 
ot+fe’l
(-ar shaklli sifatdosh): 
echkiemar, izquvar, 
muzyorar, toshkesar, suvsepar, go‘ngsochar, yong‘into‘sar, 
tankborar 
va h.k.;
d
) ot+fe’l+-gich (-g‘ich, -qich-kich)
affiksi- asosan 
texnika, harbiy san’at va fizika sohalarida keng ishlatiladi: 
muzlatgich,tovushtutgich, tutunchiqargich, bombaqidirgich, 
minaqo‘ygich, minaqidirgich, ko‘prikqo‘ygich (
mostoukladchik
), 
raketaeltgich, xamirqorgich, changso‘rgich, go‘shtqiymalagich, 
suvpurkagich, yashinqaytargich, yo‘lqurgich, yo‘lbuzgich, chala 
o‘tkazgich
va h.k.; 
ye
) ravish +ot
(harakat nomi) –texnaka terminlari 
sirasida oz bo‘lsa-da qayd etiladi: 
o‘ta qizish, o‘ta to‘yinish, 
qisqatutashuv
va h.k. 
Qo‘shma terminlarning leksik-morfologik nuqtai nazardan 
quyidagi qoliplari ham bor: 
a
) ot+ot
modelli aniqlovchi qo‘shma terminlar – 
issiqbardosh, yerosti
(boyliklar), 
tillarang 
(hashorot
), kulrang
(cho‘yan) va h.k.; 
b
) ravish+sifat
modelli qo‘shma terminlar 
– o‘taqattiq
(qotishma), 
o‘tasezgir
(apparat), 
o‘taingichka
(sim) va h.k.;
v) 
ravish +fe’l
(sifatdosh) tipli qo‘shma terminlar- 
tezuchar 
(samolyot
), o‘tato‘yingan
(eritma), 
tezyurar
(poyezd) va h.k.; 
g) 
olmosh +fe’l
tipli qo‘shma terminlar – 
o‘ziuchar
(apparat), 
o‘ziyurar
(tank), 
o‘ziyozar
(asbob), 
o‘ziag‘darar
(mashina), 
o‘zisiljir
(to‘p) va h.k. 
Ikkinchi tip qo‘shma terminlar sirasiga turli tillarga xos 
(ruscha-baynalmilal) so‘zlarning birikuvidan hosil bo‘lgan, ya’ni 
gibrid qo‘shma terminlar kiradi. A.Madvaliyevning fikriga ko‘ra 
o‘zbekcha so‘zlar bilan arabcha yoxud forscha-tojikcha leksik 
birliklar qo‘shilishidan yuzaga chiqqan gibrid qo‘shma terminlar 
tayyor holda umumadabiy tildan o‘zlashtirilgan. Ruscha-
baynalmilal terminelementlar bilan o‘zbekcha, arabcha yoki 
forscha-tojikcha so‘zlarning birikuvidan yasalgan gibrid qo‘shma 
terminlar esa, aksincha, terminologik sistemalardan umumadabiy 
tilga o‘zlashib, uni boyitadi, umumadabiy til uchun neologizm 
hisoblangan leksik bazani voqelantiradi (Madvaliyev, 2017, 66-
67). 
Gibrid terminlar o‘zbek terminologiyasi tizimida so‘nggi 
yilllarda yuzaga chiqqani bilan xarakterlanadi. 


78
XX asrning o‘rtalarida o‘zbek adabiy tilining taraqqiyoti 
negizida voqelangan gibrid qo‘shma terminlar hozirgi paytda 
deyarli barcha terminologik sistemalarda faolligi bilan ajralib 
turadi. 
Avia-, avto-, agro-, geo-, gidro-, giper-, infra-, mikro-, 
makro-, moto-, radio-, tele-, ultra-, foto-
va h.k.terminelementlar 
ishtirokida yasalgan qo‘shma terminlar sanoat, ilm-fan va texnika, 
harb ishi va boshqa sohalarga doir tushunchalarni ifodalaydi: 
aviapurkagich, avtosanoat, avtoyo‘l, agrosanoat, agroqoidalar, 
geosiyosat, gidromarkaz, gipertovush, infraqizil, mikrokredit, 
mikroto‘lqin, 
makroiqtisodiyot, 
makromatn, 
motopoyga, 
radiourush, 
radioportlatgich, 
teleboshqarish, 
ultratovush, 
fotohujjat, fotoma’lumot
va h.k. Keltirilgan faktik misollar 
o‘zbekcha gibrid terminlarning aynan ruscha terminlardan nusxa 
olish asosida voqelanganidan dalolat bermoqda. Baynalmilal 
elementlar ishtirokida bunday terminlarni yasash jarayonida gibrib 
terminning baynalmilal komponenti saqlanib, ikkinchi, ya’ni 
ruscha komponenti o‘zbekchalashtiriladi.
Gibrid terminlarning boshqa bir turi ham mavjud bo‘lib, 
bunda gibridlarning har ikkala komponenti mustaqil ma’no va 
qo‘llanishli 
so‘z-terminlardan 
tashkil 
topadi

gazpana, 
bombapana, gazo‘lchagich, kartoshkaqazgich, minaqo‘ygich, 
fenilsirka, elektrarra, yodmoy, atomkema, magnitmaydon
va h.k. 
Qo‘shma terminlar komponentlari munosabatiga ko‘ra 
ikki turga taqsimlanadi:
Aniqlovchi+aniqlanmish
tipidagi qo‘shma terminlar ikki 
yoki undan ortiq ism turkumli so‘zlarning qo‘shilishidan hosil 
bo‘ladi va yaxlit ma’noni ifodalaydi. Kompozitsiya usulida 
yasalgan qo‘shma terminlarning mazkur turi terminlar sistemasi, 
xususan, ilm, fan, texnika, zoologiya, biologiya va boshqa soha 
terminologiyalarda faol qo‘llanayotganligi bilan ajralib turadi. M., 
qo‘lkuchi, qo‘lsoat, to‘rtburchak, qirqoyoq, makkajo‘xori, balxtut
va h.k. 
To‘ldiruvchi+to‘ldirilmish 
tipidagi 
qo‘shma terminlar 
nisbatan keyingi davrda voqelangan yangi turdagi terminlar 
hisoblanadi. Ushbu tipdagi qo‘shma terminlarning katta qismi uch 
elementli birikma terminlarning semantik o‘zgarishlar bilan elipsis 
hodisasiga uchrashi oqibatida paydo bo‘lgan
: bombaqidirgich, 
yo‘lbuzgich, 
yo‘lqurgich, 
tutunchiqargich, 
tovushtutgich, 
betonqorgich, asfaltyotqizgich, suvpurkagich, betonteshgich. 
Qayd etilgan qo‘shma terminalar 
bombani qidiradigan 
apparat, yo‘lni quradigan(buzadigan) mashina, tovushni tutadigan 
apparat, betonni qoradigan(teshadigan) mashina 
kabi so‘z 
birikmalarining 
ixchamlashuvi, 
ya’ni 
to‘ldiruvchili 
so‘z 
birikmalaridagi –
ni 
affiksining tushirilib qoldirilishi, kesim 


79
qismiga esa –
gich (-kich, g‘ich,-qich)
qo‘shimchasining qo‘shilishi 
bilan yasalgan. 
Hozirgi davrda o‘zbek terminologiyasining termin-
birikmalar hisobiga boyib borishi yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. 
Termin-birikmlar deyarli barcha terminlogik sistemalarda mavjud 
bo‘lib, ular tarkib nuqtai nazardan bir qancha tiplarga bo‘linadi. 

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin