Davlat moliyaviy nazorati natijalariga doir hujjatda moliyaviy nazorat
ob’ektining mansabdor va moddiy javobgar shaxslari harakatlariga huquqiy baho
berilmasligi,
shuningdek
ularning
qilmishlari,
niyatlari
va
maqsadlari
tavsiflanmasligi lozim.
Byudjet kodeksida nazarda tutilgan ma’lumotlar ma’lumotnoma (xulosa)
rasmiylashtirilayotganda majburiy emas.
Davlat moliyaviy nazoratining natijalariga doir hujjatlar davlat moliyaviy
nazoratini o’tkazgan mansabdor shaxslar, shuningdek moliyaviy nazorat
ob’ektining mansabdor va mas’ul shaxslari tomonidan imzolanadi.
Moliyaviy nazorat ob’ektining mansabdor va mas’ul shaxslari davlat
moliyaviy nazorati natijalariga rozi bo’lmagan taqdirda, hujjatni o’z e’tirozlari
bilan imzolaydi hamda o’n kunlik muddat ichida e’tirozlarini davlat moliyaviy
nazorat organiga yozma shaklda taqdim etadi.
Moliyaviy nazorat ob’ekti tomonidan e’tirozlar o’n kunlik muddatda yozma
shaklda taqdim etilmagan taqdirda, davlat moliyaviy nazorati natijalariga doir
hujjat moliyaviy nazorat ob’ekti tomonidan qabul qilingan deb hisoblanadi hamda
davlat moliyaviy nazorat organi tomonidan uni amalga oshirish choralari ko’riladi.
Moliyaviy nazorat ob’ekti sudga murojaat etgan taqdirda, o’zining sudga
murojaat etganligini tasdiqlovchi hujjatni o’n kunlik muddatda davlat moliyaviy
nazorat organiga taqdim etishi shart. Sud tomonidan moliyaviy nazorat ob’ektining
murojaati xususida qaror qabul qilinguniga qadar davlat moliyaviy nazorat organi
davlat moliyaviy nazorati natijalari bo’yicha rasmiylashtirilgan hujjatning nizoli
bandlarga tegishli qismi bo’yicha amalga oshirilishini to’xtatib turadi.
Davlat moliyaviy nazorati natijalariga doir hujjatlarda bayon etilgan
ma’lumotlarning ishonchliligi, xolisligi va to’liqligi davlat moliyaviy nazorat
organlarining mansabdor shaxslari tomonidan ta’minlanadi.
Dostları ilə paylaş: