5-tarqatma material:
Tashkilotlar quyidagi budjetdan tashqari mablag’lar bo’yicha smetalarni
tuzadilar:
•
budjet tashkilotlarini rivojlantirish jamg’armasi;
•
tibbiyot muassasalarini moddiy rag’batlantirish va rivojlantirish jamg’armasi;
•
ta’lim muassasalarida o’qitishning to’lov-kontrakt shaklidan tushumlar;
•
qonunchilikda belgilangan boshqa barcha budjetdan tashqari mablag’lar,
jumladan, vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamg’armalariga
yo’naltirilayotgan davlat bojlari, yig’imlar va soliq bo’lmagan to’lovlardan,
ma’muriy va moliyaviy jazolardan ajratmalar.
14-mavzu: Budjet daromadlari nazorati
A) Respublika byudjeti daromadlari:
1) qonun hujjatlarida belgilangan tartibdagi va normativlar asosidagi umumdavlat
soliqlari, yig’imlari, bojlari va boshqa majburiy to’lovlar;
2) qonun hujjatlarida belgilangan normativlar bo’yicha davlat moliyaviy va
boshqa aktivlarining joylashtirilishi, foydalanishga berilishi va sotilishidan olingan
daromadlar;
3) qonun hujjatlariga muvofiq meros olish, hadya etish huquqi bo’yicha davlat
mulkiga o’tgan pul mablag’lari;
4) yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek chet el davlatlaridan kelgan
qaytarilmaydigan pul tushumlari;
5) rezident-yuridik shaxslarga va chet el davlatlariga berilgan byudjet ssudalarini
qaytarish hisobiga berilgan to’lovlar;
6) qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa daromadlar hisobiga shakllantiriladi.
B) Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlar
daromadlari:
1) qonun hujjatlarida belgilangan normativlarga muvofiq Qoraqalpog’iston
Respublikasi byudjetiga va mahalliy byudjetlarga yo’naltiriladigan mahalliy soliqlar,
yig’imlar, bojlar va boshqa majburiy to’lovlar;
2) qonun hujjatlarida belgilangan normativlarga muvofiq Qoraqalpog’iston
Respublikasi byudjetiga va mahalliy byudjetlarga o’tkaziladigan umumdavlat
soliqlari, yig’imlari, bojlari va boshqa majburiy to’lovlar;
3) qonun hujjatlarida belgilangan normativlarga muvofiq davlat mulki ob’ektlarini
joylashtirish, foydalanishga berishdan olingan daromadlar;
4) qonun hujjatlariga muvofiq meros olish, hadya etish huquqi bo’yicha davlat
mulkiga o’tgan pul mablag’lari;
5) yuqori byudjetlardan beriladigan byudjet dotatsiyalari, byudjet subventsiyalari
va byudjet ssudalari;
6) yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek chet el davlatlaridan kelgan
qaytarilmaydigan pul tushumlari;
7) qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa daromadlar hisobiga shakllantiriladi.
Davlat maqsadli jamg’armalari, boshqa byudjetdan tashqari jamg’armalar,
byudjetdan mablag’ oluvchilarning byudjetdan tashqari mablag’lari, bojxona
organlarining g’azna depozit hisobvarag’iga tushadigan mablag’lar bo’yicha
daromadlar manbaalari qonunchilikda belgilangan.
|