14
hozirgi o‘zbek adabiy tilining ma’lum bo‘limlari bo‘yicha olgan nazariy
ma’lumotlariga doir tahlillar o‘tkazishadi.
Amaliy mashg‘ulotlarning tavsiya etiladigan taxminiy mavzulari:
Amaliy mashg ‘ulotlarning taxminiy ro‘yxati
1.Mutaxassislikka kirish fani,
uning mundarijasi, maqsadi, vazifasi va
ahamiyati. Tilning mohiyati. Tilshunoslikning boshqa fanlar bilan aloqasi.
Tilshunoslik fan sifatida. Tilshunoslikning o‘rganish obyekti, muammolari,
boshqa
fanlar bilan aloqasi, uning mohiyati va materiali yuzasidan suhbat.
2.Til – insoniyatning eng muhim aloqa vositasi. Fikr almashinuvi
(kommunikatsiya) va uning asosiy vositalari. Tillarning o‘zaro ta’siri va
rivojlanish qonuniyatlari. Til va jamiyat masalalarini o‘rganish.
3.Tilning paydo bo‘lishi. Tillarning o‘zaro ta’siri va rivojlanish
qonuniyatlari. Substrat va superstat hodisalari.
4.Til
taraqqiyotining
jamiyat
taraqqiyoti
bilan
munosabati.
Til
taraqqiyotining ichki va tashqi qonuniyatlari. Til strukturasi va sistemasi.
Til -
sistemalar sistemasi sifatida.
5. Fonetika va fonologiya. Tovush hosil qiluvchi organlarni aniqlash. Nutq
tovushlarini o‘rganish. Unli tovushlar tasnifi aks etgan jadvallar tuzish. Undosh
tovushlar tasnifi aks etgan jadvallar tuzish. Nutqning fonetik bo‘laklarini matn
asosida belgilash. Fonetik o‘zgarishlar: akkomodatsiya, assimilatsiya, metateza va
boshqa fonetik hodisalarga matndan misol topish.
6. Leksikologiya va frazeologiya.
Matndan ko‘p ma’noli va bir ma’noli
so‘zlarni aniqlash. Til va nutq birliklari haqida dastlabki ma’lumotlar. So‘z - til
birligi, so‘z forma - nutq birligi sifatida. So‘z va leksema kabilar yuzasidan fikr
bildirish, mashqlar bajarish
7.Leksik ma’noning taraqqiyot yo‘llari. Leksemalar o‘rtasidagi semantik
munosabatlar. To‘g‘ri ma’no va ko‘chma ma’no, differensial ma’no
va integral
ma’nolarni aniqlash. So‘zning ma’no ko‘chish yo‘llari: metafora, metonimiya,
sinekdoxa, funksional ko‘chishga matndan misollar topish.
Sinonimiya va
antonimiyaga matndan misollar topish.
8.Leksemalar o‘rtasidagi shakl munosabatlari. Omonimiya, paronimiya.
Omonim va paronimlarni matndan aniqlash.
9.Tilning lug‘at tarkibi. Jargon va argolar. Istorizm, arxaizm,
neologizm
Tabu, evfemizim, jargon va argolar ishtirokida gaplar tuzish. Matndan frazeologik
iboralarni aniqlash. Istorizm, arxaizm, neologizm ishtirok etgan gaplar tuzish yoki
ularni matndan aniqlash. Lug‘atlar ustida ishlash.
10.Grammatika. Grammatik ma’no ifodalovchi vositalarni matndan
aniqlash. O‘zbek va boshqa o‘rganilayotgan tillarni grammatik ma’noning
ifodalanishi nuqtai nazardan taqqoslash. So‘z tarkibini tekshirish va morfemalarni
aniqlash. Grammatik kategoriyalarni turli tillarda ifodalanishi bo‘yicha mashqlar
bajarish. Matndan turli so‘z birikmalariga misollar aniqlash. Matn asosida gapning
aktual bo‘linishi bo‘yicha mashqlar ishlash. Matndan so‘z birikmalari aniqlash.
Ularning tarkibini o‘rganish. Matndagi sintaktik bog‘lanish vositalarni aniqlash.
Matn turlari bo‘yicha mashqlar ishlash.
15
11.Til va yozuv. Yozuvning paydo bo‘lishi.
Yozuv tarixining piktografik,
ideografik, fonografik bosqichlari. Yozuv qurollari va materiallari. Alfavit.
Hozirgi o‘zbek alfaviti va lotin yozuvi asosidagi o‘zbek alifbosi. Orfografiya va
uning prinsiplari. Matndan turli prinsiplar asosida yozilgan so‘zlarni aniqlash.
12. Jahon tillari xaritasi bilan tanishish. Jahon tillari xaritasidan turkiy tillar
oilasiga mansub tillarda so‘zlovchi mamlakat va shaharlarni aniqlash. Jahon tillari
xaritasidan Hind-yevropa oilasiga mansub tillarning joylashishini aniqlash.
13. Lingvistika turlari. Lingvistik metodlar haqida boshlang‘ich
ma’lumotlarga ega bo‘lish.
14. Metod. Metodologiya. Diaxron tadqiqot metodlari. Sinxron tadqiqot
metodlari. Lingvistik metodlar haqida boshlang ‘ich ma’lumotlarga ega bo‘lish.
Ilmiy tadqiqot mavzusini va yo‘nalishini tanlash.
Dostları ilə paylaş: