Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti (1)
Kurs ishini tashkil etish Mazkur fandan kurs ishi yozish rejalashtirilmagan.
Mustaqil ta’limni tashkil etishning shakli va mazmuni Talaba mustaqil ishni tayyorlashda muayyan fanning xususiyatlarini hisobga
olgan holda quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi. Darslik va o‘quv
qo‘llanmalarining boblari va mavzularini o‘rganish. Bunday ish natijalari
seminar, kollokviumlarda hamda referatlar, individual berilgan vazifalar bo‘yicha
tekshiriladi.
Tarqatma materiallar bo‘yicha ma’ruza qismlarini o‘zlashtirish. Bunda
o‘qituvchi asosiy materialning bayon qilinishiga alohida ahamiyat berishi lozim
bo‘ladi. Tarqatma materiallar hajmi har bir ma’ruza uchun 5-8 sahifa bo‘lishiga
erishish kerak. Bunday ish natijalari reyting nazoratining muvofiq bosqichlarida
tekshiriladi.
O‘qitish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimlari bilan ishlash. Bu
usul ma’ruza mashg‘ulotlari hamda amaliy mashg‘ulotlarga tayyorgarlik ko‘rish
jarayonida qo‘llanishi mumkin.
Fanning boblari va mavzulari ustida ishlash. Bu maxsus va ilmiy adabiyot
(monografiya, maqolalar) hisob-grafik ishlar, referatlar, kurs ishlari, bitiruv
malakaviy ishlarini bajarish chog‘ida amalga oshiriladi. Mustaqil tahsilning bu
shakli barcha kurs talabalariga tavsiya etiladi. Uning natijalari ham reyting
nazoratida aks etadi.
Mutaxassislikka kirish fanining nazariy qoidalarini mustahkamlash bo‘yicha
manbalarni o‘rganish, ularni tahlil qilish. Bu ish barcha semestrlarda bajariladi va
reyting tizimida baholanadi.
Fanlar bo‘yicha adabiyotlarni o‘rganish va tahlil qilish, qo‘shimcha
adabiyotlar ustida ishlash hamda ularni o‘rganish. Bu ish ham barcha semestrlarda
amalga oshiriladi va reyting tizimida baholanadi.
Talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish bilan bog‘liq holda fanning
muayyan boblari va mavzularini chuqur o‘rganish.
Masofaviy ta’lim.