Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti o‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish fakulteti


Fanning o‘quv rejadagi boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi va uslubiy



Yüklə 3,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/203
tarix21.10.2023
ölçüsü3,61 Mb.
#158334
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   203
Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti (1)

Fanning o‘quv rejadagi boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi va uslubiy 
jihatdan uzviyligi 
“Mutaxassislikka kirish” fani umumkasbiy fanlar bokiga kiritilgan kurs 
hisoblanib, 1-kursning 1-semestrida o‘qitiladi. 
Mutaxassislikka kirish fanini o‘qitishning muayyan holatlarida talabaning 
ona tili, tarix kabi o‘rta ta’lim tizimida egallagan bilimlariga tayaniladi. 
Umuman olganda, kursni o‘zlashtirish uchun quyi ta’lim bo‘g‘inlaridagi 
“Ona tili” fani bo‘yicha egallagan ma’lumotlar zamin vazifasini o‘taydi. 
Mazkur fan “Umumiy tilshunoslik”ning dastlabki bosqichi bo‘lib, umuman, 
murakkab til hodisalarini to‘g‘ri tushunishga, ma’lum bir til hamda qardosh til 
guruhlarini, lug‘at tartibini, fonetik tizimi va grammatik qurilishini ilmiy asosda 
chuqur o‘rganish uchun nazariy va amaliy zamin yaratadi hamda oliy ta’limdagi 
“Hozirgi o‘zbek adabiy tili”, “O‘zbek tilining stilistikasi”, “Ritorika”, “Mazmuniy 
sintaksis”, “O‘zbek tilshunosligi tarixi”, “Ona tili o‘qitish metodikasi”, 
shuningdek, magistratura bosqichidagi “O‘zbek tilshunosligining nazariy 
masalalari” kabi o‘quv kurslari ta’limiga asos bo‘lib xizmat qiladi. 
Dasturning asosiy qismi (ma’ruza)da kurs mavzulari mantiqiy izchillikda 
beriladi. Har bir mavzuning mohiyati asosiy tushunchalar va tezislar orqali ochib 


21 
beriladi. Bunda mavzu bo‘yicha talabalarga DTS asosida yetkazilishi zarur bo‘lgan 
bilim va ko‘nikmalar to‘la qamrab olinadi. 
Asosiy qism sifatida qo‘yiladigan talab mavzularning dolzarbligi, ularning 
ish beruvchilar talablari va ishlab chiqarish ehtiyojlariga mosligi, mamlakatimizda 
bo‘layotgan til ta’limi sohasidagi o‘zgarishlar, til imkoniyatlarini egallashni 
takomillashtirish, ta’lim va boshqa sohalardagi islohotlarning ustuvor masalalarini 
qamrab olinishi hamda fan va texnologiyalarning so‘nggi yutuqlari e’tiborga 
olinishi tavsiya etiladi. 

Yüklə 3,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin