58
4-
§.
TIL TARAQQIYOTINING JAMIYAT TARAQQIYOTI BILAN
MUNOSABATI
Reja:
1.
Sotsiolingvistika -til va jamiyat munosabatlari haqidagi fan.
2.
Tilning jamiyatdagi ko`rinishlari.
3.
Tilning ijtimoiy vazifalari.
Asosiy tushunchalar: integratsiya, differensiatsiya, tarixiylik,
hayotiylik, me'yoriylik, hududiylik, qadimiy tillar, me'yorlashtirilgan tillar,
kreol tillari, pijn tillari, tilning ijtimoiy vazifalari, kommunikativ funksiya,
emotsional-ekspressiv funksiya.
Til va jamiyatning o`zaro uzviy munosabatini sotsiolingvistika fani
o`rganadi. Tilning paydo bo`lishi va rivojlanishi insoniyat jamiyati bilan
mustahkam bog`liq. Til insoniyat tarixi qadar qadimiydir.
Umumiy til tushunchasining shevadan farqi bor: til butun bir xalqqa xizmat
qiladi, sheva esa xalqning bir guruhigagina taalluqlidir. Til ko`p vazifali, hamma
uchun umumiy bo`lgan aloqa-munosabat vositasidir; sheva esa, vazifa nuqtai
nazaridan chegaralangan bo`lib, tilning nutqiy ko`rinishini tashkil etadi.
Masalan, o`zbek tiliga qarluq-chigil-uyg`ur dialekti asos bo`lgan. Bu sheva
Farg`ona, Toshkent, Samarqand-Buxoro shevalarini o`z ichiga oladi. O`zbek
tili—ko`p dialektli til. Bu hol o`zbek tilining o`ziga xos murakkab tarixiy
rivojlanish sharoiti va o`zbek millatining o`tmishdagi xilma-xil etnik tarkibi bilan
izohlanadi.
Ta`kidlanganidek, til jamiyat taraqqiyoti bilan birga rivojlanadi, tilning
grammatik qurilishi takomillasha boradi. Til taraqqiyoti jamiyat taraqqiyoti bilan
uzviy bog`langan. Kishilik tarixidan shu narsa ma`lumki, avval urug`dosh tili,
keyin qabila tili, elat, xalq va millat tili shakllangan.
Dialektlar urug`chilik davridan boshlab, jamiyat taraqqiyotining keyingi
bosqichiga qadar son jihatdan ko`payib boradi. Bu qabilalarning yashash tarzi
bilan bog`liq. Avval bir qabila ittifoqiga kirgan tillar markazdan uzoqlashgan sari
ulardagi dialektal farq orta boradi va bu dialektal farqlar oxir-oqibatda yangi til
paydo bo`lishi uchun asos bo`ladi. Dialektlar sonining ko`payishi va ular asosida
yangi-yangi tillarning vujudga kelishi til taraqqiyotining
Dostları ilə paylaş: