Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti (1)
Bilimlarni tilda ifodalash bilan birgalikda ma’noni imo-ishora yoki belgilar bilan ifodalanadi, bunda aytilgan yoki ko‘rsatilgan gap aniqroq tushuniladi, tinglovchi tafakkurida yana ham ravon gavdalanadi. Qayd etish zarurki, bir turdagi tilda, ya’ni surdo tilida fikrlar yoki yetkazilayotgan xabarlar imo-ishora / visual harakatlarga asoslanadi. Agar insonlarda ko‘proq tovush orqali muloqot yuzaga kelsa, surdo tilida belgi tili muhim ahamiyat kasb etadi. Lingvistik bilimlar so‘zlovchi ongida namoyon bo‘ladi va u garammatika deb ataladi. Lingvistik nazariya so‘zlovchilarning ongida mavjud bilim va aqliy shakl bilan bog‘liq holda namoyon bo‘ladi va keyin til nazariyasi yuzaga keladi. Biror grammatik bilim umumlashtirilsa hamda unda mantiqiy izchillik bo‘lsa, u holda bu bilimlar tilning umumiy nazariyasiga kiradi, keyinroq grammatik nazariya sifatida shakllanadi. Bu grammatika bir tildagi barcha shakllarni: leksik qatlamni (so‘zlar yoki lug‘at), morfologiyasi (so‘zlarning strukturasi), sintaksisi ( so‘z birikmasi, gap shakllari va strukturasi), semantikasi (so‘z va gaplar ma’nolari), fonetika va fonologiya (tovushlar va tovush tizimi) o‘zida aks ettiradi. Ushbu grammatika tarkibida o‘ziga xos hamda universal komponentlar mavjud bo‘ladi. 7 Tilning mazmun jihatida so‘zning asosiy ma'nosi semema termini bilan
ataladi, ifoda jihatida esa leksema deb yuritiladi. Tilning ifoda va mazmun
jihatlari bir-biri bilan uzviy bog‘liq holatda qaraladi. So‘zning ma'nosi uning
bir qancha aniq ma'nolarining yig‘indisidan, ya'ni sememalardan tashkil
topadi. Masalan, bormoq, yurmoq, chopmoq, kelmoq, qadam bosmoq so‘zlari turli
leksemalar bo‘lib, "harakat qilmoq"ni ko‘rsatuvchi bir sememaga birlashadi.
Ammo bu so‘zlarning har biri alohida semasiga ega. Semalar bir so‘zning
ma'nosini boshqa so‘zlardan farqlash uchun xizmat qiladi. Semalar narsa va
hodisalarga tegishli bo‘lgan tashqi va ichki belgilar yordamida aniqlanadi va
ular nutq situatsiyasida oydinlashadi. Ba'zan bir so‘z ma'no jihatidan turlicha
variantlarga ega bo‘lishi mumkin. Bunda so‘zning o‘zagi, uning morfemik
tarkibi ham variantlashadi va bu leksik-semantik hamda stilistik farqlanishga
olib keladi. Masalan, kurs so‘zi (I–V kurs talabalari) nazariy yoki amaliy kurs
(dars) ma'nolarida variantlashadi va ular ba'zan alloleksemalar deb yuritiladi.
Bunday so‘z variantlarining ma'nolari nutq situatsiyasi bilan bog‘liq bo‘ladi.
So‘zning leksik ma'nosi doirasiga uning konnotativ (lotincha
con –"birga",
notatio – "ko‘rsatish") ma'nosi, ya'ni qo‘shimcha ma'nosi ham kiradi va u
so‘zga emotsional-ekspressiv bo‘yoq va stilistik sifat beruvchi ma'noni
anglatadi. Masalan, chehrasi ochiq. Basharasini ko‘rmay. Bu gaplarda chehra
va bashara so‘zlari o‘zlarining leksik ma'nosi (yuz, bet) dan tashqari
7
Linguistics:The Scientific Study of Human Language.2006. P.7
55
konnotativ ma'no (ijobiy va salbiy munosabat) ham ifoda qilayapti. Kalla va
tabassum so‘zlari ham mana shunday xususiyatga ega.
So‘zlarning konnotativ ma'nolari tilshunoslikning stilistika bo‘limida,
aniqrog‘i, leksik stilistikada o‘rganiladi.
8