Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti o‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish fakulteti


Qaysi biri birinchi yuzaga kelgan? Qaysi biri avval paydo bo‘lgan?



Yüklə 3,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/203
tarix21.10.2023
ölçüsü3,61 Mb.
#158334
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   203
Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti (1)

Qaysi biri birinchi yuzaga kelgan? Qaysi biri avval paydo bo‘lgan?
Qiziqarli savol tug‘iladi, borliq barcha uchun bir xil, biroq til barcha 
insonlar tomonidan turlicha foydalaniladi, ya’ni turli tillardan 
foydalanadilar. Bu haqida Amerikada 1950-yillarda mantiq maktabining 
a’zosi Sepir-Vorfning qarashlari (gipotezalari) ma’lumot beradi. Unda til 
qaysidir holatda borliqqa ta’sir etadi, degan qarash mavjud. Bu fikr ko‘plab 
isbotlangan va isbotlanmagan fikrlarga sabab bo‘lgan. Shunga qaramay,
ushbu muammoga hali ham qiziqish yuqori: nima deb o‘ylaysiz, til 
tafakkurning shaklimi yoki tafakkur tilda shaklga kiradimi? Tilshunoslikda 
tilni o‘rganishda yoki tarjima jarayonida ushbu savolga qayta-qayta duch 
kelinadi. Tillar borliqdan farqli ravishda shaxs har bir tilda dunyoni 


51 
anglashda o‘z dunyoqarashi va til imkoniyatiga tayanadi. Ba’zi tillar 
so‘zlashuvchilarida predmetlar turli xususiyatlari yoritiladi. Italyan tilini 
olaylik, bu tilda pasta (makaron)ning turlari mavjud va ularning nomlari 
ham bor. Masalan, macaroni, spaghetti, orzo, penne. Bu ularning hayot tarzi 
bilan bog‘liq va boshqa tillar mana shu so‘zlarni shu holda olish bilan
kifoyalanadilar. Bu so‘zlar ingliz va venger tillarida mavjud emas va bu 
so‘zlarni italyan tilidan o‘zlashtirilgan. Hozirda, ingliz va venger tillarida
penne so‘zidan foydalaniladi. Kuzatish mumkinki, bu hodisa tufayli 
dunyoqarash kengaygan. 
6
So‘zning leksik-semantik xususiyatlari uning leksik, grammatik va 
semantik jihatlarini o‘zida mujassamlashtiradi. Chunki so‘zlar tilning lug‘at 
tarkibini shundaygina tashkil etmay, umuman, tilning sistema va struk- 
turasidagi barcha bog‘lanishlarni taqozo etadi. 
Ko‘pincha so‘zning ma’nosi haqida gapirganda, uning narsa va 
tushuncha bilan aloqasi va tilda qanday ifodalanishi ko‘zda tutiladi. Biroq 
qadimiy tilshunoslikda so‘z va nom o‘rtasida moslik bor deb qarash ham 
mavjud edi. Ba'zi tilshunoslar so‘zning faqat aytilish tomoniga e'tibor bergan 
edilar. So‘zning aytilishi uning moddiy tomoni, ya'ni tovushlarning birikuvi 
yoki bir tovush ekanligini ko‘rsatadi. Tinglovchi va so‘zlovchi uchun so‘zning 
aytilishi obyektiv haqiqatdir. Biroq so‘zning faqat aytilishi uni izohlay 
olmaydi. So‘z aytilishi bilan narsa yoki hodisa o‘rtasidagi bog‘lanish uning 
ma'nosini yuzaga chiqaradi. Bu aloqa, odatda, uchburchak shaklida ko‘rsatiladi: 
Mazkur qarash, albatta, barcha so‘zlar uchun shunday tartibda tuzilgan, 
degan noto‘g‘ri xulosaga olib kelishi mumkin. Chunki so‘zning ma'nosi bizga 
boshqa bir narsa yoki hodisani eslatganidek, o‘z navbatida biror narsa ham 
boshqa narsani kishi ko‘z oldiga keltirishi mumkin. Chunki so‘zning ma’nosi 
uchun uning aytilishi bilan so‘zdan tashqarida bo‘lgan tushuncha o‘rtasidagi 
bog‘lanish zarur deb hisoblansa, har xil tushunchalar tilda bir xil tuzilgan degan 
xulosaga kelish mumkin. 
Aslida esa so‘zlar turli struktura tuzilishiga egadir. Shu tufayli so‘zning 
narsa va tushuncha bilan bog‘lanishini shartli ravishda qaramoq zarur. Chunki 
barcha so‘zlar ham narsa, hodisa yoki belgining nomini atamaydi, ya’ni hamma 
so‘zlar atama funksiyasiga ega emas. So‘zlar ichida otlar (narsa), fe'l-
lar
(harakat), sifatlar (narsa belgisi) va ravishlar (harakat belgisi) atama funksiya 
bajaradi. 
Yordamchi so‘zlar ham nominativ funksiya bajarmaydi. Bir mustaqil 
so‘zning nominativ funksiyasi doimo faqat bir narsa yoki tushuncha, harakat 
yoki belgiga qaratilavermaydi. Ba’zan esa aksincha, bir narsa bir qancha 
nomlar bilan atalishi mumkin. Masalan, gul so‘zi gulning barcha turlarini 
6
Borbala Richter. First steps in theoretical and applied linguistics.-Budapest, 2006.-B.132 


52 
ifodalaydi. Biroq Braziliyadagi oborogenlar tilida to‘tiqushning har bir turi o‘z 
nomiga ega. O‘zbek tilidagi "bo‘sh vaqt" tushunchasi ingliz tilida spare time
free time, leisure so‘zlari bilan ifoda etiladi. Ingliz tilida bu so‘zlar ma’nosiga 
ko‘ra turlicha ishlatiladi. 

Yüklə 3,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin