48
B) anomalistlarga
S) undov nazariyasi tarafdorlariga
D) ijtimoiy kelishuv nazariyasi tarafdorlariga
Asosiy tushunchalar
g
lossariysi
Til va jamiyat –
o‘zaro ta’sir qilib, biri ikkinchisining taraqqiyotiga
zamin
yaratadigan ijtimoiy voqelik.
Anologistlar –
"narsa bilan uning nomi orasida muayyan bog‘lanish bor. Bu
bog‘lanish narsalarning xususiyatlaridan, tabiatidan kelib chiqadi va bu bog‘lanish
ilohiy kuch tomonidan o‘rnatilgan" degan fikr tarafdorlari.
Anomalistlar –
tilda narsa nomi bilan narsa orasida hech ganday bog‘lanish
yo‘q, bu nomlar mazkur tilda gaplashuvchi odamlar tomonidan yaratilgan,
demak, til Inson tomonidan yaratilgan, degan fikr tarafdorlari.
Tovushga taqlid nazariyasi –
kishilarning o‘z atrofidagi predmetlarning
chiqargan ovoziga taqlid qilishi natijasida dastlabki so‘zlar, predmetlarning
nomlari paydo bo‘lgan, degan qarash.
Undovlar nazariyasi –
tildagi barcha so‘zlar ibtidoiy kishilarning his-
hayajon so‘zlari ta’sirida paydo bo‘lgan, degan qarash.
Mehnat hayqiriqlari nazariyasi –
tildagi barcha so‘zlar ibtidoiy
kishilarning birgalashib mehnat qilish jarayonida mehnat qilishga undaydigan
ixtiyorsiz qiyqirishlari natijasida paydo bo‘lgan, degan qarash.
Ijtimoiy kelishuv nazariyasi –
narsalarni qanday atashni odamlarning
o‘zlari kelishib olishgan, degan qarash.
Milliy til –
tillarning eng mukammal, taraqqiyot bosqichlarini o‘tgan,
rivojlangan ko‘rinishi.
Dostları ilə paylaş: