Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti o‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish fakulteti


Demak, bu nazariya ham tilning kelib chiqishi masalasini to‘g‘ri yoritishga ojizlik qiladi



Yüklə 3,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/203
tarix21.10.2023
ölçüsü3,61 Mb.
#158334
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   203
Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti (1)

 
Demak, bu nazariya ham tilning kelib chiqishi masalasini to‘g‘ri yoritishga
ojizlik qiladi.
 
Mehnat hayqiriqlari nazariyasi 
tarafdorlari tildagi barcha so‘zlar ibtidoiy 
kishilarning birgalashib mehnat qilish jarayonida mehnat qilishga undaydigan 
ixtiyorsiz qiyqirishlari natijasida paydo bo‘lgan, deb da’vo qiladilar.
 
Bu nazariyani XIX asrning 70- yillarida fransuz faylasufi L. Nuare yaratdi. 
Uning qayd qilishicha, til instinktiv hayqiriqlardan paydo bo‘lgan. Nemis olimi 
Karl Byuxer ham ushbu nazariyani quvvatlaydi. Bu nazariya bir qarashda 
haqiqatga birmuncha yaqin nazariyadek ko‘rinsa ham, mantiq jihatdan 
asossizdir. 
Chunki 
mehnat 
qilishdagi 
qiyqiriqlar, 
hayqiriqlar 
mehnat 
jarayonidagi 
bir 
maromga, 
bir 
qolipga 
solish 
uchun 
bir 
vosita bo‘lgan, xolos. 
Uh , oh , voh , viq , oho, ehe
kabi hayqiriqlar kishilar 
o‘rtasida aloqa vositasi bo‘lganligi ehtimol.
 
Mehnat hayqiriqlari undov nazariyasiga o‘xshab ketadi. Lekin bu 
nazariya ham tilning kelib chiqish sabablarini, tilning paydo bo‘lishini 
jamiyatning paydo bolishi, so‘zlash va fikr yuritish qobiliyatiga ega bo‘lgan 
insoniyatning paydo bo‘lishi bilan uzviy bog‘lay olmaydi.
 
Ijtimoiy kelishuv nazariyasi. 
Bu nazariya XIX asrning ikkinchi yarmida 
paydo bo‘lib, uni ilgari suruvchi olimlar ba'zida bir-biriga zid xulosalarga 
kelishgan, ularning tilning kelib chigishi to‘g‘risidagi asosiy fikrlari bir xil. Bu 
nazariyaga asosan, narsalarni qanday atashni odamlarning o‘zlari kelishib 
olishgan. Biror narsani nomlashda kelishib olish uchun, tabiiyki, kelishuv 
vositasi, ya’ni til kerak bo‘ladi. Usbbu nazariya tilning paydo bo‘lishini emas, 
balki til rivojlanishining bir yo‘nalishini yoritishi mumkin. Hozirgi vaqtga 
kelib u yoki bu fanga taalluqli atamalar yoki so‘zlar o‘zaro kelishib olinadi, 
lekin buning til shakllanishiga aloqasi yo‘q.
 
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan nazariyalarning hammasi ham tilning kelib 
chiqishi masalasini to‘g‘ri yoritishga ojizlik qiladi. Chunki bu nazariyalar 
tilning kelib chiqishi masalasini insoniyatning paydo bo‘lishi, dastlabki
kishilar jamoasining vujudga kelishi masalasidan ajratib olgan holda qaraydi.
 
Jamiyatdan tashqarida yashagan inson bolasi qancha umr ko‘rmasin, u 
gapirmaydi. Chunki til nasldan naslga, avloddan avlodga o‘tmaydi, ya’ni uni 
irsiyatga bog‘lab qo‘yish to‘g‘ri bo‘lmaydi. Irsiyat qonuniga binoan, bolaning 
biologik , antropologik xususiyatlari avloddan avlodga o‘tadi, lekin o‘zbek 
oilasida tug‘ilgan bola faqat o‘zbek tilida gapiradi deyish noto‘g‘ridir. U 
qaysi tilda gapira boshlashi qaysi oila, qaysi ijtimoiy muhitda 
tarbiyalanishiga bog‘liq.
 
Qayd etilgan nazariyalarda, birinchidan, til go‘yo jamiyat tarixi 
taraqqiyotidan chetda, o‘z holicha taraqqiy etadigan hodisa, deb qaralgan. 
Shuning uchun ham tilning kelib chiqishi masalasi ibtidoiy davrdagi 
kishilarning mehnat faoliyatidan ajratilgan holda qaralgan. Ikkinchidan, bu 
nazariyalarda tilning kelib chiqishi masalasi tafakkurning paydo bo‘lish 


44 
masalasi bilan birgalikda, o‘zaro bog‘langan holda emas, balki ajratilgan holda 
talqin qilingan. Uchinchidan, odamning paydo bo‘lishi jarayonidagi barcha 
biologik asoslar hisobga olinmagan.
 
Sharq tilshunoshgida ham tilning paydo bo‘lishiga oid mulohazalar 
bildirilgan. Jumladan, Alisher Navoiyning "Muhokamat ul-lug‘atayn" asari 
muqaddimasida o‘sha davr dunyoqarashiga mos bo‘lgan tilning paydo 
bo‘lishiga doir qarashlar bayon qilingan. Alisher Navoiy tilning paydo 
bo‘lishini Nuh alayhissalom avlodlariga bog‘laydi:

Yüklə 3,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin