Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti o‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish fakulteti


Fanda tilning kelib chiqishi to‘g‘risida bir-biriga qarama-qarshi nazariyalar  mavjud bolib, ular bir-biri



Yüklə 3,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/203
tarix21.10.2023
ölçüsü3,61 Mb.
#158334
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   203
Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti (1)

 
Fanda tilning kelib chiqishi to‘g‘risida bir-biriga qarama-qarshi nazariyalar 
mavjud bolib, ular bir-biri 
 
bilan kurashib kelmoqda. Bu nazariyalarning ba'zilari 
til insonlarning bir-biri bilan munosabatda bo‘lishi ehtiyojj natijasida kelib
chiqqan deb hisoblasa, boshqalari ayrim shaxslarning o‘z fikrini avval o‘zi
uchun, keyin boshqalar uchun bildirishi natijasida kelib chiqqan, deb hisoblaydi. 
Shu tariqa tilning paydo bo‘lishi va shakllanishi haqida turlicha qarashlar, 
nazariyalar, farazlar yaratildi. Ushbu nazariyalar tanqidiy tahlil asosida 
o‘rganilishi lozim. 
 
Bu nazariyalar asosan to‘rtta: 
ovozga taqlid nazariyasi 
kishilarning o‘z 
atrofidagi predmetlarning chiqargan ovoziga taqlid qilishi natijasida dastlabki 
so‘zlar, predmetlaming nomlari paydo bo‘lgan, deb hisoblaydi. Bu nazariya
qadimgi Yunonistonda asoschilarining fikricha, ibtidoiy odamlar hayvonlarning 
baqiriq - chaqiriqlarini o‘rganib, ular orqali o‘zlarining ichki kechinmalari, g‘am-
alamlarini ifodalashgan: 
oh, ah, joy, ing
kabi so‘zlar bunga misol qilib 
ko‘rsatiladi. Tildagi boshqa so‘zlar esa ana shunday so‘zlarning birikuvidan kelib 
chiqqan, deb tushuntiriladi. Taniqli faransuz olimi J.J.Russo ham shu fikrni
quvvatlagan.
 
Dunyodagi barcha tillarda bunday birliklar mavjud, lekin bunday so‘zlarning 
miqdori shu qadar kamki, tildek murakkab hodisa ana shu yo‘l bilan paydo 
bo‘lgan, deyish bu masalani juda soddalashtirib yuborgan bo‘lar edi.
 
Ma’lumki, tilning asosiy vazifasi kishilar orasida fikr almashinuvini 
ta’minlashdir. Binobarin, mazkur nazariyani qabul qilish tilning asosiy 
vazifasini, tilning ijtimoiy hodisa ekanligini rad etishga olib keladi. Ichki 
kechinmalarni izhor qilish doimo ham jamiyatning bo‘lishini taqozo qilmaydi. 


43 
Tilning yashashi va rivojlanishi esa jamiyat bilan uzviy bog‘liq: jamiyat bor 
joydagina til bor, til bor joyda jamiyat bor.

Yüklə 3,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin