Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti (1)
Til aloqa vositalarining hammasi ichida birinchisidir. Bu uning aloqa uchun xizmat qilishga ixtisoslashganligini bildiradi, ammo mushukning xirillagan ovozi-chi? Ko‘rib turganimizdek, bu kompleks hodisa va uni tushuntirib berish murakkab. Inson tilidagi so‘zlar qandaydir predmetni bildiradi, masalan, dunyodagi narsalar yoki hodisalar. So‘zlar asossiz. Belgining shakli bilan uning ma’nosi bog‘lanmagan. Nega kuchuk kuchuk deb ataladi? U hech qachon bizga ismini aytmagan. Kuchuk so‘zini ifodalovchi biror tovush yoki shu so‘zni ifodalashning boshqa yo‘li yo‘q. Vengerlarda kuchuk kutya deb ataladi. Ba’zi so‘zlar ularga o‘xshagan ovozlarni ifodalaydi. Ammo bu narsa barcha tillarda bir xil emas. Masalan, kuchuklar voov, voof yoki bov vov degan ovozlar chiqarishadi. Vengerlarda vau vau deyiladi. Tildagi nutq ovozlari tasodifiy to‘planadi garchi insonlarda ovoz hosil qiluvchi oraganlar umumiy bo‘lsa-da. Individual tillar bularning hammasidan foydalanmaydi. Masalan, ingliz tilida taxminan 40 ga yaqin ovozdan yoki fonemalardan foydalaniladi. Bular yozuvda asossiz tarzda ifodalaniladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, [k] tovushini ifodalash uchun birdan ortiq harflardan foydalaniladi (k kite so‘zini ifodalashda yoki cut so‘zida c bilan) yoki ikki har xil tovush bo‘lgan [i] va [ai] bitta harf bilan ifodalaniladi ( dig so‘zida ham i; dine so‘zida ham i). Tovushlarning ayrim qarashlarda aytilganidek, so‘zlarga birlashishi ham asossiz, ammo tasodifiy emas. Bu hodisaning qanday sodir bo‘lishi tizimli chegaralangan. Fonemalar morfonemalarga birikishida texnik chegaralanadi deb ayta olishimiz mumkin. Biz taxi so‘zini taniy olamiz va bu ingliz yoki