Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti o‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish fakulteti


“Hech bir tilni uning butun lug‘at boyligini yoki gap qurilishini yod



Yüklə 3,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/203
tarix21.10.2023
ölçüsü3,61 Mb.
#158334
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   203
Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti (1)

“Hech bir tilni uning butun lug‘at boyligini yoki gap qurilishini yod 
olish bilan o‘rganib bo‘lmaydi. Hattoki, biror kishi nazariy jihatdan 
shakllantirilgan hamma so‘zlarni o‘rgansa ham bu yetarli bo‘lmaydi. Ular 
o‘rganuvchilar nutq faoliyatining muqobil variantlari bilan tanishmasdan 
turib muloqotga kirisha olmaydi. Biz biror tilni o‘rganish imkoniyatini 
yaratadigan boshqa usullarni ko‘rib chiqishimiz lozim. Bu miya faoliyatining 
muayyan tilni o‘rganish mexanizmi bilan bog‘liq. Yana bir muhim ma’lumot 
sifatida shuni qayd etish zarurki, bolalar tilni tez va oson o‘rganishadi. Bola 
nutqi rivoji yoki til o‘rganish qobiliyati uni o‘rab turgan muhit ta’siriga 
bog‘liq. 
Til o‘rganishning yana bir muhim usullaridan biri kompyuter 
texnologiyalari yordamida amalga oshiriladi. Fan-texnika rivoji natijasida til 
o‘rgatish uchun maxsus kompyuter dasurlari yaratildi. Ularda fe’llar, 
zamonlar, modal fe’llar tavsifi va zaruriy gap qoliplari keltirilgan”.
2
 
Tilning ijtimoiy tabiati uning ayrim shaxsda emas, balki jamiyatda 
mavjudligini taqozo etadi. Til jamiyat tomonidan yaratilgan bo‘lib, uning taqdiri 
ham jamiyat taqdiri bilan chambarchas bog‘liqdir. Insonning butun hayoti til 
bilan bog‘liq bo‘lib, til yordamida kishilar obyektiv borliqni o‘rganadilar, 
o‘zaro fikr almashadilar, jamoa bo‘lib birlashadilar va mehnat qiladilar. 
Til ijtimoiy hodisa sifatida tabiiy hodisalardan ajralib turadi. Masalan, 
kishilarning tabiiy-biologik va fiziologik xususiyatlari (ovqat yeyishi, nafas 
olishi, rivojlanishi va hokazo) tabiat qonunlariga muvofiq, jamiyatga bog‘liq 
bo‘lmagan holda rivojlanib boradi. Ammo tilda so‘zlashish na fikrlash uchun 
kishilik jamiyati (sotsial muhit) bo‘lishi shart. Chunki til kishilarning bir-biri 
bilan aloqa qilish va fikr almashish ehtiyojlari natijasida paydo bo‘lgan. Shuning 
2
Borbala Richter. First steps in theoretical and applied linguistics.-Budapest, 2006.-B.19


37 
uchun ham til tabiiy hodisalardan farqli o‘laroq, kishilik jamiyati tomonidan 
yaratilgan va unga xizmat qiladigan ijtimoiy hodisadir. 
Tilning boshqa ijtimoiy hodisalardan ajralib turadigan eng asosiy 
xususiyati shundan iboratki, til jamiyat faoliyatining barcha sohalariga xizmat 
qiladi. U kishilik jamiyatining tarixiy taraqqiyoti jarayonida yaratilgan konkret-
tarixiy norma sifatida jamiyat a’zolarining hammasiga teng xizmat qiladigan 
asosiy aloqa vositasidir. Shuning uchun ham til sinfiy xarakterga ega emas. 
So‘zlovchi insoniyat jamoasi tomonidan yaratilgan tildan foydalanadi va ushbu 
tilning qonun-qoidalariga rioya qiladi. Shu bilan bir qatorda, har bir so‘zlovchi 
ayniqsa adiblar, olimlar o‘zlarining nutq faoliyati jarayonida tilning rivoji uchun 
ma’lum hissalarini qo‘shadilar. Kishilar o‘zaro aloqa qilish, fikrlashishda tildan
boshqa vositalardan ham foydalanadilar. Bular ovozli va grafik shaklda
bo‘ladi va odatdagi so‘zlashuv nutqidan boshqa turli tovush signallari: 
zvonok, gudok kabilardan foydalaniladi. 

Yüklə 3,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin