Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti o‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish fakulteti



Yüklə 3,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/203
tarix21.10.2023
ölçüsü3,61 Mb.
#158334
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   203
Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti (1)

Qo ‘shimcha adabiyotlar 
1. Nurmonov A.Tanlangan asarlar. -Toshkent: Akademnashr, 2013. 
2. Nurmonov A., Yo‘ldoshev B. Tilshunoslik va tabiiy fanlar (o‘quv qo‘llanma). - 
Toshkent, 2001.
3. Nurmonov A. va b. O‘zbek tilining nazariy grammatikasi. Morfologiya. (o‘quv 
qo‘llanma). -Toshkent, 2001. 
4. Hojiyev A. Tilshunoslik terminlarining izohli lug‘ati. - Toshkent, 2002. 
5. Rahmatullayev Sh. Hozirgi o‘zbek adabiy tili (darslik). -Toshkent, 2006. 
Internet saytlari 
1.http:/www.gov.uz/ Alisher Navoiy nomidagi TDO‘TAU sayti. 
2.http:/www.pedagog.uz/ Pedagogika muassasalari portali. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


32 
MA’RUZA MATNI 
 
1-
§. 
“MUTAXASSISLIKKA KIRISH” FANINING O‘RGANISH OBYEKTI, 
MAQSAD VA VAZIFASI. TIL MURAKKAB MOHIYAT SIFATIDA 
Reja: 
1. Tilshunoslik nazariyasi” mutaxassislik fani sifatida. 
2.“Tilshunoslik nazariyasi” fanida o‘rganiladigan asosiy masalalar. 
3.Tilshunoslik nazariyasining fan sifatida rivojlanishidagi asosiy 
qarashlar. 
4.Tilning ijtimoiy hodisa sifatidagi mohiyati. 
Asosiy tushunchalar:
tilshunoslik, tilshunoslik nazariyasi, til va jamiyat, 
umumiy tilshunoslik, xususiy tilshunoslik, fonetika, fonologiya, grammatika, 
morfologiya, sintaksis, qadimiy til, proto til, sinxroniya, diaxroniya. 
 
Tilshunoslik (grekcha 
lingua
-til, 
logos
-fan so‘zlaridan olingan bo‘lib, 
"lingvistika"), murakkab va ko‘p qirrali, boshqa ijtimoiy fanlar bilan uzviy bog‘liq 
bo‘lgan tilni ilmiy va amaliy o‘rganuvchi fandir. 
Til inson va xalqsiz, binobarin, jamiyatsiz bo‘lmaydi. Til jamiyat uchun 
xizmat qiladi va uning a’zolari muloqot qilishini ta’minlaydi. 
Til jamiyat tarixidan darak beruvchi buyuk vosita bo‘lib, insonning 
ma’naviy va ma’rifiy shakllanishi va rivojlanishi uchun zarurdir. Til, inson va 
jamiyat bir-birisiz bo‘lmaydi. Til inson tafakkuri, rahiyati, madaniyati, urf-odati 
va shaxsiy xususiyatlari bilan bog‘liqdir. Tilshunoslik fani umumiy va xususiy 
bo‘lishi mumkin. Umumiy tilshunoslik jahon tillaridagi fonetik, fonologik
grammatik (morfologik va sintaktik), leksik- semantik, stilistik jihatlarini ilmiy 
o‘rganadi. Bu alomatlarning aniq bir tildagi izohini xususiy tilshunoslik 
o‘rganadi (masalan, o‘zbek tili yoki boshqa tillardagi izohi). 
Tilshunoslik nazariyasini o‘rganishdan avval dastlabki til bilimiga tegishli 
bo‘lgan tilshunoslik debochasi, ya’ni tilshunoslikka kirish hisoblanadi. Bu 
"tilshunoslik fanining alifbosi" turli tillarni amaliy o‘rganuvchi va ilmiy tadqiq 
etuvchilar uchun zarurdir. 
Tilshunoslik fanining mavzusi tildir. Tilni har tomonlama chuqur 
o‘rganish nazariy va amaliy ahamiyatga egadir. Shu sababli tilshunoslikni faqat 
nazariy fan deb emas, balki tatbiqiy (ingliz, applied) va amaliyot uchun kerakli, 
ya’ni insonlar muloqoti uchun zarur fan sifatida qaramoq darkor. 
Tilshunoslik fanining asosiy vazifalari quyidagilardir: 
tilning yozuvi va imlo qoidalarini ishlab chiqishning nazariy va amaliy 
asoslarini ko‘rsatib berish; 
tilning talaffuz me’yorlarini belgilashning nazariy va amaliy asoslarini 
ishlab chiqish; 
tilning fonetika va fonologiyasi, morfologiya va sintaksisi, leksika va 
semantikasi (so‘zlarning yasalishi va ma’nolari), stilistikasini o‘rganish asoslarini 
belgilab berish; 


33 
til va jamiyat, til va tafakkur, til va madaniyat, til va psixologiya, til va 
semiotika (ramziy belgilarni o‘rganuvchi fan) kabi tilga bog‘liq masalalarni 
tadqiq qilish; 
tilning nutq va nutq faoliyati bilan munosabatini o‘rganish; 
tarixiy yozma manbalarni ilmiy o‘rganish asoslarini ishlab chiqish; 
eng qadimiy til, proto til ("bobo til") va uning boshqa tillar va shevalarga 
munosabatini o‘rganish; 
tilning hozirgi (uni "sinxroniya" deyiladi) holati bilan tarixiy rivojlanish 
bosqichlarini (uni "diaxroniya" deyiladi) ilmiy tadqiq qilish; 
qadimiy yozuvlarni o‘rganish yo‘li bilan eng qadimiy tillarni tiklash yoki 
ulardagi turli alomatlarni aniqlash. 
Yuqoridagilardan ko‘rinadiki, tilshunoslik fani avvalo nazariy va ikkinchi 
navbatda tatbiqiy–amaliy fandir. Bu fanning aniq chegarasi yo‘q, u ko‘p 
qamrovli, ko‘p qirrali va har tomonlama boshqa fanlar va ularning sohalari bilan 
bog‘liq bo‘lgan fandir. Tilning o‘zi esa juda murakkab ijtimoiy hodisa bo‘lib, u 
belgilar tizimi sifatida insonlarning muloqot vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Bu 
o‘rinda til va nutqni farqlash zarur bo‘ladi. Nutq–bu tilning va undagi 
belgilarning barcha qo‘llanish holatlarini qamrab oladi. Yozma shaklda o‘qib 
berish uchun tayyorlangan roman, qissa, hikoya va h.k. nutqqa tegishlidir. Lekin 
ulardagi, ya’ni nutqda doimiy qo‘llanuvchi va ustuvor bo‘lib qolgan jamiyat 
a’zolari tomonidan e’tirof etilib qabul qilingan nutqdagi unsurlar majmui til deb 
yuritiladi. Til jamiyatimiz a’zolarining buyuk vositasi bo‘lsa, nutq bu vositaning 
qo‘llanishidir. Yozilgan yoki aytilgan nutqning bo‘lagi matn deb yuritiladi. 
Yozma nutq va og‘zaki nutq farqlanganidek, yozma matn va og‘zaki (monolog, 
dialog kabi) matn ham farqlanadi. Tildagi jamiyat a’zolari tomonidan qabul 
qilingan ustuvor bo‘lgan xususiyatlar davr o‘tishi bilan turli o‘zgarishlarga 
duchor bo‘lishi mumkin. Tildagi o‘zgarishlar va tilning rivojlanishi murakkab 
muammolarni keltirib chiqaradi. Tildagi muammo va masalalarni sinxroniya va 
diaxroniyada (ya’ni hozirgi va tarixiy holati) ilmiy tadqiq etish zarur. 
“Mutaxassislikka kirish” fani tilshunoslikning asosiy masalalarini, tilning
paydo bo‘lishi va til taraqqiyotidagi umumiy qonuniyatlarni, til tavsifi borasigi
muhim jihatlarni o‘rganadi.
Til kishilar o‘rtasidagi munosabatning eng muhim quroli bo‘lib, jamiyat
taraqqiyoti jarayonida shakllangan va umuminsoniy manfaatlarga xizmat
qiladi. Tilning paydo bo‘lishi va rivojlanishi jamiyat taraqqiyoti bilan bog‘liq
ekan, inson kamoloti haqida fikr yurituvchi barcha fanlarning o‘rganish
manbai tilga aloqador hisoblanadi . 
Tilning tabiati, mohiyati kishilik jamiyatida bajaradigan vazifasi, 
strukturasi va bu strukturani tashkil etgan elementlarning o‘zaro munosabati,
uning ichki mexanizmi, ishlash prinsiplari kabi muhim masalalarni ilmiy
o‘rganishni, tilni har taraflama tadqiq qilishni talab qiladi. 

Yüklə 3,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin