Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti o‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish fakulteti



Yüklə 3,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/203
tarix21.10.2023
ölçüsü3,61 Mb.
#158334
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   203
Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti (1)

Qo‘shimcha adabiyotlar 
1.Абдуазизов А., Шереметова А. Общее языкознание. - Тошкент, 2004. 
2.Щитка Н.Н., Юсупова К.Н.Введение в языкознание. –Тошкент, 2006. 
3.www. literature.uz 
14.www. genhis philol.ru. 
2-§. TILNING PAYDO BO‘LISHI 
Reja: 
 
1.Tilning paydo bo‘lishi haqidagi qarashlar.
 
2.Tillarning shakllanishiga doir nazariyalar.
3.Sharq ilmida tilning shakllanishiga oid qarashlar. 
4.Tillarning shakllanish omillari.
Asosiy tushunchalar:
til va jamiyat, anologistlar, anomalistlar, tilning 
paydo bo‘lishi haqidagi nazariyalar, tovushga taqlid nazariyasi, undovlar 
nazariyasi, mehnat hayqiriqlari nazariyasi, ijtimoiy kelishuv nazariyasi, qabila tili, 
elat tili, xalq tili, milliy til. 
Til kishilar o‘rtasidagi munosabatning eng muhim quroli bo‘lib, jamiyat 
taraqqiyoti jarayonida shakllangan va umuminsoniy manfaatlarni ifoda etadi. 
Tilning paydo bo‘lishi va rivojlanishi insoniyat jamiyati bilan mustahkam 
bog‘liq. Til insoniyat tarixi qadar qadimiydir. Xalq qardosh qabilalar ittifoqi
sifatida shakllangan murakkab tarixiy uyushmadir. Xalqning asosiy belgilari: 
umumiy til , umumiy hudud, madaniyat va ma’naviyat muhitining umumiyligidir. 
Xalqning asosiy belgilaridan biri bo‘lgan milliy til o‘zaro farglanuvchi, 
yetakchi, iqtisodiy va madaniy markaz tili sifatida namoyon bo‘ladi.
 
Tilning paydo bo‘lishi masalasi insoniyatni qadimdanoq qiziqtirib keladi. 
Tilning paydo bo‘lishi juda murakkabdir. Bu masala faqat tilshunoslikning 
emas, boshqa ko‘p fanlarning: antropologiya, psixologiya va etnografiya kabi 
fanlarning ham o‘rganish obyektidir. Tilning paydo bo‘lishi masalasi – til 
qachon va qayerda paydo bo‘lgan, dastlab nechta til bo‘lgan, u yoki bu tillar 
qanday tuzilishda bo‘lgan va shu kabi savollarga hali ilmiy


40 
asoslangan mukammal javob topilgan emas. Ba’zi olimlarning fikricha, til 
taxminan besh yuz ming yillar ilgari paydo bo‘lgan.
 
Ma’lumki, til boshqa narsa va hodisalar singari o‘zgaruvchandir. 
Shunday ekan, besh yuz ming yil ichida tillarda qanday o‘zgarish sodir 
bo‘lganini tasavvur qilish, uni ilmiy, ham amaliy, ham nazariy nuqtayi 
nazardan o‘rganish mumkin emas. Til taraqqiyotining yozuv paydo bo‘lishidan 
avvalgi holati biz uchun qorong‘idir . Biz faqat yozuv paydo bo‘lgandan 
keyingi davrda ro‘y bergan til taraqqiyoti to‘g‘risida yozma yodgorliklardan 
foydalanib fikr yuritishimiz mumkin. Lekin yozuv tilni o‘rganish, tilning 
paydo bo‘lishi to‘g‘risidagi muammoni yoritishga to‘liq imkon bermaydi. 
Shunday bo‘lsa ham, ba’zi olimlar bu masalaga o‘z munosabatlarini, fikrlarini
bildirib o‘tishgan.
 
Qadimgi Yunonistonda faylasuflar tilning qay tarzda kelib chiqqanligi 
ustida uzoq davr qizg‘in bahs olib borganlar. Tilshunoslik tarixidan ma’lumki, 
bu masalada grek faylasuflari bir - biriga zid ikki xil farazni o‘rtaga 
tashlashgan. Demokrit va boshgalar tilda narsa nomi bilan narsa orasida hech 
qanday bog‘lanish yo‘q, bu nomlar mazkur tilda gaplashuvchi odamlar
tomonidan yaratilgan, demak, til inson tomonidan yaratilgan, degan fikrni
ilgari surishgan. Bu guruh olimlari
anomalistiar
deb nom olgan.
Platon boshliq boshqa bir guruh olimlari "narsa bilan uning nomi orasida muayyan 
bog‘lanish bor. Bu bog‘lanish narsalarning xususiyatlaridan, tabiatidan kelib 
chiqqan va bu bog‘lanish ilohiy kuch tomonidan o‘rnatilgan" degan fikrni ilgari 
surishgan. Tarixda bu oqim 
anologistiar 
deb nom olgan.
 
Hozirgi tilshunoslik nuqtayl nazaridan qaralsa, narsalar bilan ularning nomi 
orasida, umuman olganda hech qanday bog‘lanish yo‘q. Bu ko‘pchilik olimlar 
tomonidan qayd etilgan. Chunki narsa bilan uning nomi orasida bog‘liqlik 
bo‘lganda tillarning soni 5000 dan ortib ketmasdi. Shuni aytib o‘tish kerakki, 
ayrim tillarning kelib chiqishini, masalan o‘zbek, rus, hind, tojik va boshqa 
tillarning qachon paydo bo‘lganini, qanday tarkib topganligini aniq bilish mumkin. 
Ammo biror bir aniq tilning kelib chiqishi masalasini umuman tilning,
insonlar nutqining paydo bodishi masalasi bilan tenglashtirib bo‘lmaydi. Hozir 
dunyoda mavjud bo‘lgan jonli tillarning ham, ba’zi bir o‘lik tillarning ham kelib 
chiqish tarixini o‘rganish u qadar qiyin masala emas. Anchagina tillarning 
qachon paydo bo‘lganligi, qachon tarkib topganligi aniqlangan. Biroq, yer yuzida 
umuman insoniyatga xos tilning qachon paydo bo‘lganligi, dastlabki tillarda 
qanday so‘zlar bo‘lganligi, uning grammatik xususiyatlari nimalardan iborat 
ekanligi hal qilingan emas va hal qilinishi ham mumkin emas. Chunki bundan 
bir necha yuz ming yillar burun paydo bo‘lib, keyinchalik nom-nishonsiz yo‘qolib 
ketgan tillar ham bo‘lgan.
 
Bundan bir necha yuz ming yil burun paydo bo‘lgan tillarning fonetik 
tizimi, so‘z boyligi, grammatikasi va boshqa muayyan xususiyatlaridan qat’iy 
nazar, umuman tilning kelib chiqishi o‘rganilar ekan, eng avvalo, tilning kelib 
chiqishidagi shart-sharoitlarni tadqiq qilish, ya'ni insonlar qanday sharoitda 


41 
so‘zlay boshlaganliklarini o‘rganish va bu masalani umuman tilning kelib 
chiqishi masalasi bilan bog‘lagan holda tahlil qilib, xulosa chiqarish lozim.
 
Tilning kelib chiqishi masalasini aniqlashdagi qiyinchilik shundan iboratki, 
birinchidan, hozirgi til tarixi fani dunyoda umuman tilning qanday paydo 
bo‘lganligi to‘g‘risida hech qanday dalillarga ega emas. Chunki hozir 
bizga malumki

tillarning yozuv tarixi 10 – 15 ming yildan oshmaydi. 
Olimlarning faraz qilishicha, inson bundan bir necha yuz ming yil avval 
so‘zlasha boshlagan. Ammo o‘sha davrdagi tillar to‘g‘risida hozirgi vaqtda 
hech qanday ma’lumot yo‘q. Shuning uchun ham tilshunoslik fani bu masalani 
to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘rganish imkoniyatiga ega emas. Dunyoda eng avval paydo 
bo‘lgan tilning fonetik tuzilishi, so‘z boyligi qanday ekanligini, grammatik 
shakllari nimalardan iboratligini bilish mumkin emas.

Yüklə 3,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin