9
Davlat ta’lim standartlari asosida bo‘lajak pedagog kadrlarni fanining o‘rganish obyekti,
boshqa fanlar bilan aloqasi haqida ma’lumot berish, talabalarni tilshunoslik fanining
asosiy tushunchalari, kategoriyalari haqidagi bilimlar bilan qurollantirish, talabalarda
olingan bilimlarni amalda qo‘llay olish malakasini shakllantirish kabi vazifalarini hal
qilishni taqozo qiladi
Fanning vazifasi -
ushbu fanning vazifalari til va jamiyat, til tizimi va
tuzilishi, til sathlari, birliklari va ularning namoyon bo‘lish qonuniyatlari, tilshunoslik
fanining boshqa tabiiy va ijtimoiy fanlar bilan aloqasi, dunyo tillarining tasnifi haqida
nazariy bilimlar berishdan iboratdir.
Mutaxassislikka kirish o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan
masalalar doirasida bakalavr:
-
tilning mohiyati, til va tafakkur, ularning bog‘liqligi, til va mantiq birliklarining
o‘zaro munosabati, til va nutqiy faoliyat, til va nutq birliklari to‘g‘risida
tasavvurga
ega bo‘lishi
;
-
tilning paydo bo‘lishi haqidagi farazlar; til sistemasi va strukturasi; tilshunoslik
sathlari haqida umumiy ma’lumot; jahon tillari tasnifi, tipologik va genealogik tasnif;
lingvistika turlari va lingvistik metodlarni
bilishiga;
-
til sistemasi va strukturasini farqlay olish; fikr almashinuv (kommunikatsiya) va
uning asosiy vositalari, til taraqqiyotining jamiyat taraqqiyoti bilan munosabatini,
o‘zbek tili sathlarini farqlay olish
Dostları ilə paylaş: