62
Shuni ham ko‘rsatib o‘tish kerakki, qardosh bo‘lmagan ba’zi tillarning
so‘z boyligida alohida so‘zlarning ma’no jihatidan o‘xshashlik
hodisalari
uchrashi mumkin. Bunday hodisa bir tilga qarindosh bo‘lmagan boshqa bir
tildan kirgan so‘zlarda uchraydi.
Masalan
, o‘zbek tiliga arab tilidan:
oila, maktab,
lug‘at, kitob
singari,
rus tilidan
samovar, mashina, stol, stul, choynak
kabi
anchagina so‘zlar o‘zlashgan. Lekin bunday so‘zlar o‘zbek tilining arab tili yoki
rus tili bilan qardosh til ekanligiga asos bo‘lolmaydi, chunki birinchidan,
bunday
tillarning qarindosh ekanligini isbot qilish uchun faqat so‘zning o‘zi asos bo‘la
olmaydi. Ikkinchidan, har bir tilning so‘z boyligida boshqa tildan kirgan so‘zlar
juda ozchilikni tashkil etadi va ularning grammatik
xususiyatlari butunlay
boshqacha bo‘ladi. Uchinchidan, tarixiy taraqqiyot jarayonida
turli munosabatlar
tufayli boshqa tillardan kirib qolgan bunday tasodifiy so‘zlar tillarning tarixini
solishtirib, taqqoslab o‘rganishda material bo‘la olmaydi, chunki bunday tillarning
tuzilishi bir-biriga to‘g‘ri kelmaydi.
Rus, bulg‘or, chex, polyak tillari ham bir
oiladagi qardosh tillarga
qarashli bo‘lganligi uchun bu tillarda so‘z ma’nolari, grammatik tuzilishlari
jihatidan birmuncha o‘xshashlik, yaqinlik bor.
Bu misollar shuni ko‘rsatadiki, qardosh tillarda so‘z o‘zaklari grammatik
vositalar jihatidan farq qilsa ham, ularning manbai bir bo‘lib, ular bir o‘zak tildan
kelib chiqqan. Biror so‘z yoki grammatik vositalardagi tovush o‘zgarishlari
ma’lum bir fonetik qonuniyat asosida yuz bergan. Bir qardosh tilga, bir tovushga
ikkinchi bir qardosh tildagi shunga muvofiq tovush to‘g‘ri keladi. Masalan, o‘zbek
tilidagi
Dostları ilə paylaş: