O`ZBЕKISTОN RЕSPUBLIKASI ОLIY VA O`RTA MAХSUS TA’LIM
VAZIRLIGI
Al-Хоrazmiy nоmidagi Urganch Davlat univеrsitеti
Turizm va iqtisodiyot fakulteti 201- Kasb ta’limi (Buxgalteriya hisobi va audit) guruhi
talabasi Matanov Sanjarning “Buxgalteriya hisobi nazariyasi” fanidan
Mavzu:
Buxgalteriya balansi va uning tuzilishi
BAJARDI: Matanov S
QABUL QILDI:
Sultonov B.
Urganch – 2014 yil
Reja:
1. Buxgalteriya balansi to’g’risida tushuncha
2. Balansning tuzilishi va uning moddalari
3. Хo’jalik operatsiyalari ta’sirida balansdagi o’zgarishlar
4. Xulosa
5. Foydalanilgan adabiyotlar
1. Buxgalteriya balansi to’g’risida tushuncha
Korxonalarning xo`jalik mablag`lari hamma vaqt kengaytirilgan takror ishlab
chiqarish jarayonida harakatda bo`ladi va davrlar bo`yicha ham miqdor, ham qiymat
jihatidan o`zgarib turadi. Xo`jalik faoliyati ustidan rahbarlik qilish va boshqarish
uchun korxona qanday mablag`larga ega, ularning tarkibi va qaerda joylashganligi
hamda bu mablag`lar qanday manbalardan tashkil topganligi to`g`risida aniq
ma’lumotlar bo`lishi zarur. Xo`jalik mablag`larining tarkibi, joylanishi, harakati va
ularning kelib chiqish manbalaridagi o`zgarishlarni bir-biriga solishtirib, ma’lum bir
sanaga pul o`lchovida umumlashtirib aks ettirish buxgalteriya hisobi usulining muhim
elementlaridan biri – balans yordamida amalga oshiriladi.
Balans yordamida xo`jalik mablag`lari, ularning holati, mavjudligi, joylanishi va
tashkil topish manbalari to`g`risidagi ma’lumotlarga ega bo`linadi. Balans usulidan
faqat buxgalteriya hisobidagina foydalaniladi deb tushunish noto`g`ridir. Bu usuldan
rejalashtirish, ta’minot, statistika hisobida va operativ hisobda ham keng foydalaniladi.
Shuning uchun ham balans usuli yordami bilan ma’lumotlarni umumlashtirish ko`p
fanlarda qo`llaniladigan umumiy usullar qatoriga kiradi.
Buxgalteriya hisobida xo`jalik mablag`lari ikki tomonlama, ya’ni ularning tarkibi va
joylanishiga hamda kelib chiqish manbalariga ko`ra aks ettirilishi hisobga olinib,
balanslar tuzilayotganda ularda aks ettirilayotgan ma’lumotlar tengligiga e’tibor
qilinadi. Korxona xo`jalik mablag`larining turlari va joylanishi hamda bu
mablag`larning tashkil topish manbalari buxgalteriya balansining ikki tomonini tashkil
qiladi.
Buxgalteriya balansida korxonaning xo`jalik mablag`lari va ularning tashkil topish
manbalari umumlashtirilib, odatda, kunning ohiriga (banklarda) yoki hisobot davridan
keyingi oyning birinchi kuniga pul o`lchovida tuziladi. Korxonalarda hisobot davrida
sodir bo`lgan xo`jalik muomalalari maxsus hujjatlarda qayd qilinadi. Bu hujjatlarga
asoslanib buxgalteriya provodkalari tuziladi va ular buxgalteriya hisobining sintetik
schyotlariga tarqatiladi. Hisobot davri ohirida sintetik schyotlar bo`yicha aylanma
vedomost tuziladi. Bunda hisobot davri boshidagi har qaysi sintetik schyotning
boshlang`ich qoldig`i, hisobot davrida sodir bo`lgan aylanma summasi va hisobot
davri ohiriga qoldiq summasi ko`rsatiladi.
Shuni qayd qilib o`tish kerakki, korxona xo`jalik mablag`lari va ular manbalarining
kundalik xo`jalik faoliyatiga buxgalteriya balansi yordamida to`la baho berib
bo`lmaydi. Darhaqiqat, kundalik xo`jalik faoliyatidagi o`zgarishlarni aks ettirib turish
uchun buxgalteriya hisobining joriy ma’lumotlarini hisobga oluvchi schyotlar tizimi
usulidan foydalaniladi. Lekin xo`jalik mablag`lari va ular manbalarining harakatini,
ularda sodir bo`lgan o`zgarishlarni ma’lum bir sanaga to`plab aks ettirish talab
qilinadi, chunki bunday yig`ib tasvirlash korxona xo`jalik mablag`larining, bir
tomondan, tarkibi va holatidagi davriy o`zgarishni ko`rsatsa, ikkinchi tomondan,
ularning tashkil topish manbalaridagi o`zgarishlarni aks ettiradi, shu bilan birga, u
xo`jalik faoliyatining holatini iqtisodiy tahlil qilishda zarur hulosalar olish uchun
muhim material hisoblanadi.
2.Balansning tuzilishi va uning moddalari
Bunday to`plash buxgalteriya hisobi usulining balans usuli yordamida amalga
oshiriladi. Shunday qilib, buxgalteriya balansi korxonaning xo`jalik mablag`larini, bir
tomondan, tarkibi, holati, joylanishi bo`yicha, ikkinchi tomondan, qanday manbadan
paydo bo`lishiga qarab ma’lum bir sanaga pul o`lchovida yig`ib aks ettirish usulidir.
Buxgalteriya hisobi bo`yicha xalqaro buxgalteriya standartlarida buxgalteriya balansi
balans hisoboti deb yuritiladi. Balans hisoboti korxonaning ma’lum sanaga bo`lgan
moliyaviy holatini ko`rsatadi. Balans hisoboti korxonaning aktivlari, korxonaning
boshqa huquqiy shaxslar va fuqarolarga bo`lgan majburiyatlari hamda aksiyali jamiyat
shaklida faoliyat qiladigan korxonaning aksiyali kapitalining tafsiloti bilan berilgan
ro`yhatini ko`rsatadi. Buxgalteriya balansini balans hisoboti deb atalishiga sabab, bu
balansda korxona aktivlarining qiymatini, korxonaning boshqa huquqiy shaxslar va
fuqarolarga bo`lgan majburiyatlarining umumiy qiymati bilan korxonaning kapitalini
umumiy qiymatiga teng kelishidir.
Korxona kapitali – bu korxona o`z aktivlariga egaligidir. Korxona majburiyatlari esa
muayyan korxona aktivlariga uning kreditorlari tomonidan egaligidir. Balans hisoboti
bo`yicha korxona aktivining qiymati uning kapitali qiymati bilan majburiyatlarining
summasini yig`indisiga teng keladi. Yagona buxgalteriya balansining aktivida ham,
passivida ham ikkitadan bo`lim bor:
Ko`rinib turibdiki, buxgalteriya balansi ikki tomonli ko`rinishga ega bo`lib, uning chap
tomoni aktiv, o`ng tamoni esa passiv deb nomlanadi. Aktiv tomonida xo`jalik
mablag`larining turlari, joylanishi ko`rsatilsa, passiv tomonida esa shu mablag`larning
paydo bo`lish manbalari va qanday maqsadga ishlatilishi aks ettiriladi. Buxgalteriya
balansining ikkala tomoni ham bir qancha moddalarga bo`linadi.
Demak, buxgalteriya balansi moddasi deb iqtisodiy jihatdan bir xil bo`lgan xo`jalik
mablag`larining ma’lum bir turi yoki xo`jalik mablag`larining tashkil topish manbaini
balansda alohida aks ettiruvchi ko`rsatkichga aytiladi. Aktiv tomonidagi balans
moddalarining yig`indi summasi passiv tomonidagi balans moddalarining yig`indi
summasiga teng bo`lishi shart. Chunki balansning aktiv va passiv tomonida xo`jalik
mablag`lari va shu mablag`larning tashkil topish manbalari ikki tomonlama aks
ettiriladi. Balans moddalarini guruhlashtirish xo`jalik mablag`larining maqsadga
muvofiq foydalanishini to`la nazorat qilish va korxonaning faoliyatini tahlil qilish
uchun imkoniyat yaratadi. Buxgalteriya balansini tuzishda oldingi bobda ko`rsatib
o`tilgan xo`jalik mablag`lari va manbalarining guruhlanishi asos bo`lib xizmat qiladi.
Shunga asoslanib korxonalar yagona buxgalteriya balansining shakli umuqabul
qilingan. Aktiv moddalarining hususiyati shundaki, ular xo`jalik mablag`larining
tarkibi, holati va joylanishini ko`rsatadi. Masalan asosiy vositalarning tarkibini har bir
turi bo`yicha moddiy qiymatliklarni, pul mablag`larini va haqazo. Passiv moddalarida
esa xo`jalik mablag`larining paydo bo`lish manbalari va ularning qanday maqsadga
mo`ljallanganligi aks ettiriladi. Masalan, hamma fondlar, korxonaning turli xil qarzlari,
joriy yilda olingan foyda va h.k.lar aks ettiriladi.
Balanslar o`zlarining mazmuni va qanday maqsadga qaratilganligiga qarab dastlabki,
hisobot va tugatish balanslariga bo`linadi:
Korxona o`z faoliyatini boshlashda dastlabki yoki boshlang`ich balans tuziladi. Bu
balans aktivida korxonani tashkil qilish paytida mavjud xo`jalik mablag`lari,
passivida bu mablag`lar qanday manbalardan tashkil topganligi ko`rsatiladi;
Hisobot balansi korxonalar tomonidan har bir hisobot davri tugashi bilan tuziladi.
Korxonalar oylik, chorak va yillik hisobot balanslarini tuzishlari mumkin. Bu
balanslar, odatda, hisobot davridan keyingi oyning birinchi kuniga bo`lgan xo`jalik
mablag`lari ularning joylanishi va tashkil topish manbalarini guruhlashtirgan holda
ko`rsatadi;
Tugatish balansi korxona tugatilayotgan bo`lsa, shu tugatish kuniga bo`lgan uning
mablag`larini, ularning joylanishi va tashkil topish manbalarining holatini ko`rsatish
uchun tuziladi.
3.Хo’jalik operatsiyalari ta’sirida balansdagi o’zgarishlar
Korxonaning xo`jalik mablag`lari va manbalari xo`jalik jarayonida doimo harakatda
bo`ladi. Sodir bo`layotgan jarayonlarning har birini o`z vaqtida hisobga olib borish
zarurdir. Chunki har bir jarayonda ko`plab xo`jalik muomalalari amalga oshiriladi,
ularning ta’sirida xo`jalik mablag`larining tarkibi, joylanishi va ularning tashkil topish
manbalari o`zgarishi mumkin. Bu o`zgarish oqibati buxgalteriya balansining
o`zgarishiga sabab bo`ladi, chunki balansning aktiv va passiv tomonida xo`jalik
mablag`lari va ularning paydo bo`lish manbalari aks ettiriladi. Buxgalteriya balansini
xo`jalik muomalalari ta’siri ostida o`zgarishini yakqolroq tasavvur qilish uchun
korxonada sodir bo`lgan bir necha xo`jalik muomalalarini misol tariqasida keltiramiz.
Masalan, korxonada qo`yidagi xo`jalik muomalalari sodir bo`ldi:
Birinchi muomala. Ishchi va xizmatchilarga ish haqi to`lash uchun korxonaning
bankdagi hisob-kitob schyotidan kassaga 1.173.000 so`m naqd pul olindi. Bu muomala
balansining aktiv qismidagi «Kassa» moddasidagi pul mablag`ining ko`payishiga va
«hisob-kitob schyoti» moddasidagi pul mablag`ining kamayishiga sabab bo`ladi.
Ikkinchi muomala. Asosiy ishlab chiqarishga korxona ta’minot bo`limining omboridan
123.500 so`mlik hom-ashyo xarajat qilindi. Bu muomala natijasida balansning aktiv
qismidagi «Tugallanmagan ishlab chiqarish» moddasidagi xarajatlar ko`payib, «Ishlab
chiqarish zahiralari» moddasidagi materiallar summasi kamayadi.
Uchinchi muomala. Korxona omboridan mol sotib oluvchi xaridorlarga 586.000
so`mlik tayyor mahsulot jo`natildi. Bu muomala ta’sirida balansning aktiv qismidagi
«Debitorlar bilan hisob-kitoblar (mollar, ishlar va xizmatlar)» moddasida ko`payish va
«Tayyor mahsulot» moddasida kamayish sodir bo`ldi.
Ko`rinib turibdiki, bunday xo`jalik muomalalari buxgalteriya balansining faqat aktiv
tomonidagi moddalarda o`zgarish sodir qildi yoki xo`jalik muomalasi ta’siri bilan
balansning aktiv tomonida bir modda summasi ko`payib, ikkinchi modda summasi
kamaydi. Bunday xo`jalik muomalalari ta’sirida balansning faqat aktiv qismida
tegishli moddalari summalarda o`zgarish sodir bo`ladi, lekin balansning passiv
tomonia va umumiy summasiga ta’sir qilmaydi.
Demak, xo`jalik muomalalari ta’sirida buxgalteriya balansida sodir bo`ladigan birinchi
xil o`zgarish deb, xo`jalik mablag`larining tarkibi va joylanishini aks ettiradigan,
balansning aktiv tomondagi tegishli moddalarda o`zgarishga sabab bo`ladigan, lekin
balansning umumiy summasiga ta’sir qilmaydigan o`zgarishga aytiladi. Oyning
ikkinchi kunida qo`yidagi xo`jalik muomalalari amalga oshiriladi.
To`rtinchi muomala. Xodimlarga hisoblangan mehnat haqidan 116.000 so`m daromad
solig`i ushlandi. Bu muomala ta’sirida buxgalteriya balansining passiv tomonidagi
«Kreditorlar bilan hisob-kitoblar» satrining «Budjet bilan» moddasidagi summasi
ko`payib, shu moddaning «Mehnatga haq to`lashga doir» moddasiga summa kamaydi.
Beshinchi muomala. O`z vaqtida talab qilib olinmagan kreditorlarning 151.200
so`mlik ish haqi davlat budjetiga hisoblab qo`yildi. Bu muomala natijasida
buxgalteriya balansining passiv tomonidagi «Kreditorlar bilan hisob-kitoblar»
satrining «Budjet bilan» moddasi summasi ko`payishi va «Mollar va xarajatlar uchun»
moddasining summasi kamayishi sodir bo`ldi.
Oltinchi muomala. Ta’tilga chiqqan ishlab chiqarish xodimiga 120.000 so`m ta’til haqi
kelgusida qilinadigan xarajatlar va to`lovlar zahiralari hisobidan hisoblanadi.
«Kelgusida qilinadigan xarajatlar va to`lovlar» moddasi summasini kamaytiradi.
Ko`rinib turibdiki, sodir bo`lgan xo`jalik muomalalari balansning faqat passiv
tomonida o`zgarishga olib keldi yoki passiv tomondagi bir modda summasi ko`payib,
ikkinchisi esa kamaydi. Shu turdagi xo`jalik muomalalarining hammasida ham
balansning passiv tomonidagi moddalarda o`zgarish bo`ladi, ammo balansning
umumiy summasiga ta’sir qilmaydi.
Xo`jalik muomalalari ta’sirida balansda ro`y beradigan ikkinchi xil o`zgarish deb,
xo`jalik mablag`larining tashkil topish manbalarini aks ettiradigan balansning passiv
tomonidagi tegishli moddalarda o`zgarishga sabab bo`ladigan, lekin balansning aktiv
tomoni va umumiy summasiga ta’sir qilmaydigan o`zgarishg aytiladi.
Ettinchi muomala. Korxona ta’minot bo`limining omboriga mol yetkazib
beruvchilardan 1.138.600 so`mlik asosiy materiallar qabul qilindi. Bu materiallar
uchun hali pul o`tkazib berilgani yo`q. Bu xo`jalik muomalalari natijasida buxgalteriya
balansi aktiv tomonidagi «Ishlab chiqarish zahiralari» moddasidagi materiallar
summasida ko`payish va passiv tomonidagi «Kreditorlar bilan hisob-kitoblar»
moddasining «Mollar va xarajatlar uchun» kichik moddasidagi korxonaning qarzida
ham ko`payish sodir bo`ldi.
Sakkizinchi muomala. Korxonadagi asosiy vositalardan foydalanish davomida eskirish
summasi aniqlanib, amortizatsiya ajratmasi sifatida xarajatga 836.000 so`m qo`shildi.
Bu summaga balansning aktiv qismidagi «Tugallanmagan ishlab chiqarish» moddasida
xarajatlar ko`paydi va passiv qismidagi «Asosiy vositalarning eskirishi» moddasida
manba summasi ham ko`paydi.
To`qqizinchi muomala. Bankdan 2.850.000 so`m qisqa muddatli ssuda olindi va
korxonaning hisob-kitob schyotiga o`tkazildi. Bu muomala ta’sirida balansning aktiv
qismidagi «Hisob-kitob schyoti» moddasidagi pul mablag`ida ko`payish va passiv
qismidagi «Banklarning qisqa muddatli kreditlari» moddasidagi korxonaning bankdan
qarzida ham ko`payish sodir bo`ldi.
Sodir bo`lgan xo`jalik muomalalari natijasida buxgalteriya balansining ham aktiv
qismidagi va ham passiv qismidagi mos moddalarda ko`payishga olib keldi.
Ko`rinib turibdiki, buxgalteriya balansining ham aktiv, ham passiv tomonida ko`payish
sodir bo`ldi, shuningdek, balansning umumiy summasi ham ko`paydi. Ammo aktiv va
passiv tomonlar yig`indisining tengligi hamma vaqt buzilmaydi.
Xo`jalik muomalalari ta’sirida buxgalteriya balansida ro`y beradigan uchinchi xil
o`zgarish deb, xo`jalik mablag`larining tarkibi va joylanishini aks ettiradigan,
balansning aktiv tomonidagi tegishli moddasida va shu mablag`larning manbalarini
aks ettiradigan balansning passiv tomonidagi tegishli moddasida bir vaqtda, bir xil
summaga ko`payish sodir qiladigan, shuningdek, balansning umumiy summasini ham
ko`paytiradigan o`zgarishga aytiladi.
O`ninchi muomala. Korxona xodimlariga 1.074.000 so`mlik ish haqi kassadan
to`landi. Bu muomala ta’sirida balansning aktiv tomonidagi «Kassa» moddasidagi
mablag`lar qoldig`i hamda passiv tomonidagi «Kreditorlar bilan hisob-kitoblar»
moddasining «Mehnatga haq to`lashga doir» kichik moddasidagi korxonaning
ishchilardan qarzi kamayadi.
O`n birinchi muomala. Korxonaning hisob-kitob schyotidan 351.120 so`mlik budjetga
bo`lgan qarzi o`tkazib berildi. Bu xo`jalik muomalasi natijasida balansning aktiv
tomonidagi «Hisob-kitob schyoti» moddasidagi pul mablag`i va balansning passiv
tomonidagi «Kreditorlar bilan hisob-kitoblar» moddasining «Budjet bilan» kichik
moddasidagi budjetga bo`lgan qarz summasi kamayadi.
O`n ikkinchi muomala. Korxonaning hisob-kitob schyotidan mol yetkazib beruvchilar
uchun 315.480 so`m pul berildi. Bu muomala ta’sirida balansning aktiv tomonidagi
«Hisob-kitob schyoti» moddasida pul mablag`i va balansning passiv tomonidagi
«Kreditorlar bilan hisob-kitoblar» moddasining «Mollar va xarajatlar uchun» kichik
moddasidagi korxonaning kreditor qarzi summasi kamaydi.
Keltirilgan xo`jalik muomalalari ta’sirida buxgalteriya balansining ham aktiv
qismidagi moddalarda, ham passiv qismidagi moddalarda kamayishga olib keldi. Bu
yerda ko`p hollarda uchinchi xil o`zgarishlardagi xo`jalik muomalalarining teskarisi
sodir bo`ladi. Balansning aktivida ham, passivida ham muomalalar ta’sirida kamayish
sodir bo`lmoqda, shuningdek, tegishli summaga balansning umumiy summasida ham
kamayish sodir bo`lmoqda. Bu yerda ham yuqoridagilardek aktiv va passivning
tengligi buzilgani yo`q.
Xo`jalik muomalalari ta’sirida buxgalteriya balansida sodir bo`ladigan to`rtinchi xil
o`zgarish deb, xo`jalik mablag`larining tarkibi va joylashganligini aks ettiradigan
balansning aktiv tomonidagi tegishli moddalarda va shu mablag`larning manbalarini
aks ettiradigan balansning passiv tomonidagi tegishli moddalarda bir vaqtda kamayish
sodir qiladigan shuningdek, balansning umumiy summasini kamaytiradigan
o`zgarishga aytiladi. Binobarin, yuqorida keltirilgan misol hamda izohlarga ko`ra
xo`jalik muomalalari ta’sirida birinchi va ikkinchi xil o`zgarishlarda o`zgarish faqat
balansning aktiv qismidagi moddalar ichida yoki passiv qismidagi moddalar ichida
alohida ko`payib, ikkinchisining kamayishiga olib kelib, shu bilan birga balansning
aktiv va passiv qismilarida umumiy summa o`zgarishsiz qoladi. Uchinchi va turtinchi
xil o`zgarishlarda esa o`zgarish balansning aktiv qismidagi tegishli moddalarni ham,
uning passiv qismidagi tegishli moddalarini ham bir vaqtda ko`paytiradi yoki
kamaytiradi, shu bilan birga balansning umumiy summasiga ham ta’sir qiladi, ya’ni
yoki ko`paytiradi yoki kamaytiradi.
Demak, har qanday xo`jalik muomalasi balansda ko`rsatilgan to`rt xil o`zgarishdan
birining bo`lishiga sabab bo`ladi. Har bir xo`jalik muomalasi balansda ikkita bir-biriga
teng o`zgarish sodir qiladi, bu narsa xo`jalik mablag`larining aylanishidagi
hususiyatidan kelib chiqadi, chunki takror ishlab chiqarish jarayonida ikki tamonlama
o`zgarish, ya’ni yoki xo`jalik mablag`larida, yoki uning manbaida, yoki bir vaqtda
ham mablag`da, ham manbada sodir bo`ladi. Lekin har qanday xo`jalik muomalasidan
keyin ham balansning aktiv va passiv tamonlarining jami summasidagi tenglik
saqlanib qolishi shartdir. Korxona xo`jalik mablag`larini, uning paydo bo`lish
manbalarini, shuningdek, jarayonlarini joriy hisobga olish amaliyoti bir xo`jalik
muomalasidan keyin buxgalteriya balansi tuzish imkoniyatini bermaydi. Chunki bir
kunda
bir
necha
yuzlab
xo`jalik
muomalalari
amalga
oshirilishi
mumkin.
2.1-chizma. Balansdagi o’zgarishlarning turlari
Balansli o’zgarishlar turlarining mohiyatini aniqlash balans xususiyatlarini, ya’ni har
qanday operatsiya uning, albatta, ikki moddasiga ta’sir etishini va hech qachon aktiv
bilan passiv o’rtasidagi tenglikni buzmasligini tushunib olishuchun zarurdir.
Operatsiyalarning iqtisodiy mazmunini o’rganishga ushbu guruhlashning hech qanday
aloqasi yo’q.
Aktiv
Passiv
Ko‘payish
Kamayish
Ko‘payish
Kamayish
Dostları ilə paylaş: |