asos bo‘la oladi. Har qanday holda ham narxning birligi sun’iy yuzaga
keltirilgan deb hisoblanadi.
Narx
bo‘yicha kelishuvlarning isboti bo‘lib, odatda
raqobatchilarning uchrashuvlari, narx ro‘yxatlari hamda boshqa
hujjatlarning mavjudligi va bu hujjatlarni bir-biriga taqdim etishlari
xizmat qiladi. Narxlarni muqim qilish bo‘yicha
operatsiyalarning
maqsadi – u yoki bu tovarni sotish bilan shug‘ullanuvchilar
o‘rtasidagi raqobatni yo‘qotishdir. Raqobatlashayotgan firmalar
tovarlarni kelishgan narxda sotishga ahd qiladilar. Bunday kelishilgan
narxlar, odatda, raqobat kurashi sharoitidagidan yuqori bo‘ladi.
Narxni muqim qilishning yana bir keng tarqalgan ko‘rinishi - bu
ularni sun’iy pasaytirish yoki ko‘tarishdir. Bunday holatda raqib
kompaniyalar o‘zaro nima bilan savdo qilish va qaysi narxda
mahsulotni sotishni kelishib oladilar. Mustaqil
faoliyat yurituvchi
tadbirkorlar, iste’molchilarning manfaatlariga zid bo‘lsa ham, albatta,
qonunlar doirasida narxlarni o‘zlariga foyda keltiradigan miqdorda
belgilashlari mumkin.
Bozorda o‘zining ustun mavqeini suiste’mol qilish.
Bu turdagi
huquqbuzarliklar, eng avvalo, narxni belgilashda cheklashlar qo‘yish,
o‘z raqiblarini baykot qilish orqali faoliyatini cheklash,
ularning
mahsulotlarini sotishdan bosh tortish, mahsulotni yetkazib berishni
cheklash yoki taqiqlash, dempingni qo‘llash,
vositachilar uchun
mahsulotni sotish narxi va hududi chegaralarini belgilab qo‘yish faqat
o‘zlarining yakkaxonligini talab qilish va boshqalar.
Narxni belgilashdagi diskriminatsiya (cheklashlar) sotuvchining,
bir tomondan, bir turdagi mahsulotni xaridorlarga turli narxlar
nisbatida, ikkinchi tomondan, tovarni ishlab
chiqarish xarajatlariga
nomutanosib tarzda sotishga urinishida qo‘llaniladi. Narx adolatli
bo‘lishi uchun u sarf-xarajatga yaqin bo‘lishi lozim. Raqibni
bozordan yoki biron hududdan siqib chiqarish uchun yirik firma va
kompaniyalar turli imtiyozli narxlar tizimini qo‘llaydilar va shu orqali
o‘zlarining hukmron holatlarini saqlashga urinadilar.
Bu esa ularga
muayyan bir muddatdan so‘ng narxni oshirib, mononol foyda olishga
imkon tug‘diradi.
Sanoat shipionaji.
Hozirda ushbu jinoyat turi kompyuter
yordamida yoxud raqibning turli firma idoralarida ishlaydigan
xizmatchilarini sotib olish vositasida sodir etilmoqda. Jinoyatlar
raqibning ilmiy izlanishlari xususidagi ma’lumotlarni olish,
faoliyatini
aniqlash, uning mahsulotlarini sotuvchi tashkilotlar
xususidagi axborotlarni olish, iste’molchilarining ro‘yxati hamda
hisob hujjatlarini o‘rganish orqali sodir etiladi.
Dostları ilə paylaş: