4.3.Xorijiy mamlakatlarda iqtisodiy jinoyatlarning oldini olish
muammolari
Iqtisodiy hayotni tartibga soluvchi huquq tarmoqlari ichida
muhim o‘rinni ma’muriy-huquqiy tartibga solish va uning asosiy
shakli bo‘lgan monopoliyalarga qarshi kurash hamda moliyaviy
qonunchilik egallaydi. Ammo oxirgi o‘n yillikning o‘ziga xos tomoni
iqtisodiy faoliyatga nisbatan jinoyat huquqining rivojlanishi bo‘ldi.
G‘arb mamlakatlarida iqtisodiy rivojlanishning o‘ziga xosligi
turli davrlarda xususiy tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan
boshqarishning bir xil emasligidadir. Ba’zida davlatning nazorat
funksiyasi kuchaygan, ba’zida esa iqtisodning rivojlanish darajasiga
qarab susaygan bo‘ladi. Bu moyillikni AQSh misolida yaqqol ko‘rish
mumkin. AQSh da G‘arbiy Yevropa mamlakatlaridan farqli o‘laroq
davlat sektori hech qachon katta ulushni tashkil qilmagan, keng
hajmdagi milliylashtirish o‘tkazilmadi, ya’ni davlat tomonidan
tartibga solish davlat boshqaruviga aylanmadi.
Amerika hukumati boshqa mamlakatlarda qo‘llanilgan dunyo
bozoridagi raqobat kurashida o‘z pozitsiyasini mustahkamlash
maqsadida trestlarga yordam berish, rag‘batlantirish siyosatidan
foydalanmagan. AQSh sharoitida xo‘jalik faoliyatini davlat
tomonidan boshqarishning asosiy ko‘rinishi antitrest qonunchiligini
yaratish bilan bog‘liq bo‘lgan. Bu faoliyat, birinchi navbatda, alohida
monopolistik uyushmalarning o‘z manfaatini ustun qo‘yish siyosatiga
qarshi halol raqobatni saqlash va qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan. Bu
borada yaratilgan qonunchilik uncha katta bo‘lmagan monopoliyalar
manfaatini himoya qilishga qaratilgan.
Ma’lumki, katta monopolistik uyushmalar, gigant korxonalar
raqobat kurashining keskinlashuviga sabab bo‘ladi. Qonunlar ichida
1890 yil qabul qilingan Sherman qonuni alohida o‘rin tutadi. Bu
qonun o‘zga normativ moddalardan farqli o‘laroq, monopoliyalarni
qonundan tashqarida deb e’lon qilgan va bu qonunga itoat etmaganlar
uchun jinoiy javobgarlik ko‘zda tutilgan. Sung Kleyton (1914 yil),
Robinson-Petman (1936 yil), Seller Kefauer (1950 yil) va boshqa
qonunlar qabul qilingan.
Ammo hayot shuni ko‘rsatdiki, trestlar faoliyatini boshqarish
umuman olganda, kam samarali bo‘lib kelmoqda. Qonunlarning
bo‘zilishi xususidagi ishlarni hal etish yillar davomida tugallanmay
qolgan. Bu esa, o‘z navbatida, yirik monopolistik uyushmalarga bir
necha, ba’zi hollarda o‘n yillab o‘z faoliyatlarini davom ettirish,
imtiyozlardan foydalanish natijasida katta-katta daromadlar olish
imkonini bermoqda. AQSh da har yili minglab firma qo‘shilishib,
yiriklashib bormoqda. 70-yillarda ularning soni yiliga 2 mingdan oshib
ketgan edi. Bunday sharoitda davlat tomonidan qattiq nazorat qilish
zaruriyati tutilgan, ayniqsa, 70-yillarda bu ishga katta e’tibor berilgan va,
birinchi navbatda, iste’molchining huquqini himoya qilish (masalan, XX
asrning 60-yillarida 20 dan ortiq, 70-yillarda esa 150 dan ziyod qonun
iste’molchilar huquqini himoya kilish)ga qaratilgan bo‘lsa, 80-yillarda
bu siyosat borasida bir oz yumshoqlik, sustkashlik kuzatildi.
Hukumat bu yillarda ishlab chiqarishni konsentratsiyalash,
kapitalning yirik korporatsiyalar qo‘lida jamlanishiga yo‘l berdi.
Natijada yangi yirik korporatsiyalar davri boshlandi. Ammo
mutaxassislarning fikricha, so‘nggi yillarda bunday siyosatning salbiy
natijalari namoyon bo‘la boshladi. Jamoatchilik fikrini o‘rganish
korporatsiyalar siyosatiga qarshi chora-tadbirlarni, ular faoliyatini
tartibga soluvchi qonunlarni ishlab chiqish zarurligini ko‘rsatmoqda.
1985 yildan boshlab, yana eski monopoliya va raqobat bo‘yicha
qonunchilikka rioya qilish kuchaytirildi. 1981-1987 yillar mobaynida
Antitrest boshqarmasi yiliga o‘rtacha 80 tadan jinoiy ishi sudga yo‘lladi.
Trestlar faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilik nafaqat
AQShda, balki Yevropa mamlakatlarida ham mavjud. Yevropada bu
borada vujudga keltirilgan tizim amerikaliklar tizimidan bir oz farq
qiladi. Kanada, Yaponiya va boshqa mamlakatlarda ham shunga
o‘xshash qonunlar qo‘llaniladi.
Yevropa tizimi nafaqat Yevropa mamlakatlarida, balki
Avstraliya, Yangi Zelandiya va boshqa mamlakatlarda ham qabul
qilingan. Bu tizim asosida (Sherman qonunidan farqli o‘laroq)
monopoliyalarni g‘ayriqonuniy deb e’lon qilish yotmaydi.
Monopoliyalar mavjudligi tan olinib, qonunlar ular tomonidan yo‘l
qo‘yilgan jinoiy ish va mumkin bo‘lgan suiste’molliklarga qarshi
kurash choralarini belgilaydi.
Germaniya Federativ Respublikasidagi tizim AQSh va
Yevropada shakllangan tizimlar o‘rtasidagi oraliq tizimdir. G‘arb
mutaxassislarining
fikricha,
umuman
olganda
antimonopol
qonunchiligi iqtisodiy jinoyatlarning o‘ziga xos ko‘rinishi bo‘lgan
korporatsiyalar jinoyatiga qarshi qaratilgan vositalardan biridir.
Ko‘pgina qonuniy me’yorlar iqtisodiy jinoyatlarga qarshi
iqtisodiy faoliyat sohasini tartibga solishga qaratilgan. Rivojlangan
bozor munosabatlari mavjud mamlakatlarda davlatning iqtisodiy
hayotga aralashuvi savdo sohasidagi, qishloq xo‘jaligini tartibga
soluvchi, soliq, bank va moliya qonunchiligi orqali amalga oshiriladi.
Bu
qonunlarning
ko‘pchilik
moddalarida
sodir
etilgan
huquqbuzarliklarga jinoiy javobgarlik ko‘zda tutilgan.
Bu sohadagi qonunchilikning rivojlanishi iqtisodiy jinoyatlarga
nisbatan, mas’uliyatni kuchaytirish tomon bormoqda. Bunga yorqin
misol sifatida XX asrning 30-40 yillarida AQSh da qabul qilingan bir
qator qonunlarni keltirishimiz mumkin. Ularda barcha xatti-harakat
uchun jinoiy javobgarlik nazarda tutilgan. 1933 yilda qabul qilingan
Qimmatbaho qog‘ozlar to‘g‘risidagi, 1934 yilda qabul qilingan
Qimmatbaho
qog‘ozlarni
ayirboshlash
to‘g‘risidagi,
Kredit
shartnomasi to‘g‘risidagi (1939 yil), Qimmatbaho qog‘ozlar
egasining himoyasi to‘g‘risidagi (1940 yil) va boshqa qonunlarni
misol tariqasida keltirish mumkin.
Qonunchilik rivojlanishining keyingi bosqichi XX asrning 70- 80
yillariga to‘g‘ri keladi. Bu davrda barcha rivojlangan mamlakatlarda
iqtisodiy jinoyatlarga qarshi maxsus qonunlar qabul qilindi,
mavjudlari muayyan darajada ko‘rib chiqilib, jazolarni og‘irlashtirish
tomonga o‘zgartirildi. Xususan, AQShda: Tovar ayirboshlash
to‘g‘risidagi (1976 yil). Bank jamg‘armalari siri to‘g‘risidagi (1976
yil), Trestlarga qarshi protsedura va sanksiyalar to‘g‘risidagi (1974
yil) qonunlarga asosan oldingi qonunlarga o‘zgartishlar kiritilib, bu
boradagi g‘ayriqonuniy xatti-harakatlar og‘ir jinoyatlar turkumiga
kiritildi va mas’uliyat kuchaytirildi.
Jinoyatchilikni nazorat qilish to‘g‘risida (1976 yil) qabul qilingan
qonunda AQShda bu bo‘yicha mutasaddi tashkilotga trestlarga karshi
qaratilgan qonunlarni buzganligi uchun korporatsiyalarni jinoiy
javobgarlikka tortish borasida shtatlarga yordam berish va ular
imkoniyatini oshirish maqsadida mablag‘lar ajratish yuklatilgan.
1977 yili qabul qilingan Xalqaro korrupsiya to‘g‘risidagi qonun
Amerika konsernlariga xorijiy mamlakatlarning rasmiy vakillariga pora
berishni tasdiqlaydi. 1978 yildagi qonun asosida tibbiy yordam
ko‘rsatishning Mediker va Medikeyd dasturlari bo‘yicha firibgarlik
uchun sanksiyalar kuchaytirilgan va Sog‘likni saqlash, Ta’lim hamda
Ijtimoiy ta’minot vazirliklariga har qanday vrach yoki tibbiyot xodimiga
o‘sha dasturlarda ishtirok etishni taqiqlash huquqini beradi. Kompyuter
tizimi himoyasi to‘g‘risidagi (1979yil), Kredit kartochkalarini
soxtalashtirish va qalbakilashtirishga qarshi kurash to‘g‘risidagi (1984
yil) qonunlar AQSh Qonunlar to‘plamining 1029 bo‘limdan iborat
Moliya sohasida va ularga kirish vositalarini ishlab chiqarish bilan
bog‘liq nokonuniy faoliyat to‘g‘risidagi 18-bo‘limini to‘ldirdi. Bu
bo‘lim soxta kirish vositalarini –kredit kartochkalari, raqamlar, hisob-
kitob schyoti raqamlarini ishlab chiqarish, foydalanish yoki o‘zga
shaxsga berish borasida sodir etilgan huquqbuzarliklarni o‘z ichiga oladi.
GFRda 1974 yili ko‘pgina huquqbuzarliklarga jinoiy javobgarlik
belgilangan, vijdonsiz raqobat to‘g‘risidagi qonunga (1909 yil qabul
qilingan) o‘zgartirishlar kiritilgan. 1976 hamda 1986 yillarda
keyinchalik Jinoyat kodeksiga qo‘shilgan iqtisodiy jinoyatlarga
qarshi kurash qonunlari qabul qilingan.
1976 yili qabul qilingan qonunda soxta bankrotlikka, kredit va
subsiditsiyalar bo‘yicha firibgarlikka, sudxo‘rlikka javobgarliklar ko‘zda
tutilgan. Shuningdek, kompyuter yordamida firibgarliq soxta pul ishlash,
sanoat shpionaji, kompyuter sabotaji, cheklar va kredit kartochkalar
bo‘yicha suiiste’molchiliklar, turli mukofotlarni o‘zlashtirishlarga
javobgarlik ko‘zda tutilgan yangi qonun ham qabul qilingan.
Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash chora-tadbirlari xususida
gapirganda, shuni ham nazarda tutish kerakki, bu voqelik yangi
bo‘lmasa-da, biron-bir mamlakatda shu kunga qadar ularga qarshi
kurashning kompleks dasturi ishlab chiqilmagan. Mavjud dasturlar yo
cheklangan yoki ko‘z-ko‘z qilish uchun ishlab chiqilgan. Bunday
holatning yuzaga kelishi iqtisodiy jinoyatlarning, bir tomondan,
jamiyatning bazis munosabatlari bilan, ikkinchi tomondan, ustqurma
munosabatlari bilan bog‘liqligidadir. Ba’zi tadqiqotchilar iqtisodiy
jinoyatlarni bozor munosabatlarining immanent sharti, erkin
tadbirkorlikning mavjudligi, uni ta’minlash uchun jamiyat
to‘laydigan majburiy to‘lov mukofotdir, deb ta’kidlaydilar. Bunday
qarashlar muayyan ravishda mazkur jinoyatlarga qarshi kurash olib
borishni murakkablashtiradi.
Bu o‘rinda yana iqtisodiy o‘sish sikllari va iqtisodiy jinoyatchilik
o‘rtasidagi bog‘liqlik mavjudligini ham ta’kidlash lozim. Iqtisodiy
inqirozlar davrida, bir tomondan, iqtisodiy jinoyatlarning o‘sishi
(og‘ir iqtisodiy sharoitda har qanday vositalar bilan moddiy holatini
yaxshilashga urinish bilan bog‘liq), boshqa tomondan, bu turdagi
jinoyatlarga qarshi kurashning kuchayganligini kuzatish mumkin
(bunday holat iqtisodiy jinoyatlarning o‘ziga xos hususiyati bilan
bog‘liq bo‘lib, iqtisodga yoki uning alohida tarmog‘iga zarar
yetkazadigan eng muhimi, bu jinoyatlar inqirozlar davrida, iqtisod
zaiflashganda namoyon bo‘ladi).
Iqtisodiy jinoyatlarni tag-tugi bilan yo‘q qilish mumkin emasligini
tushungan g‘arb mutaxassislari ularning masshtablarini cheklash
zaruriyati xususida fikr bildirmoqdalar. Ammo bu masalani yechishda
bir qator ilmiy, amaliy va texnik qiyinchiliklar yuzaga keladi.
Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashni murakkablashtiradigan
yuqorida qayd etilgan iqtisodiy jinoyatlar tushunchasining noaniqligi,
qonunchilikning takomillashmaganligi, bu jinoyatning aniq, muayyan
jabrlanuvchisi yo‘qligi va boshqalar) omillardan tashqari, bunday
jinoyatlarni aniqlash va ochish katta muammo ekanligini ham
ta’kidlash mumkin.
Dostları ilə paylaş: |