mumkin: qonuniy va noqonuniy. Qonuniy faoliyatga soliq
to‘lovlaridan rasmiy ozod bo‘lish strategiyasi kiradi.
Noqonuniy
faoliyatga – noqonuniy faoliyat va qonuniy faoliyatni yashirish kiradi.
Soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash turli sxemalarga ega spetsifik
modellarni tuzishni taqazo etadi. Ular
uchta asosiy strategiyaga
tayanadi (6.2.2-rasm )
85
.
6.2.2-rasm. Soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash strategiyalari
Ikkinchi strategiya – soliq to‘lovlaridan ozod etish – uchta turli
sxema bo‘yicha oshiriladi. Soliq solishning imtiyozli tartiblaridan
foydalanish yoki soliq to‘lovlaridan ozod bo‘lishni (offshor zonalarda
ro‘yxatdan o‘tgan korxonalar), yoki
rasmiy imtiyozlarni taqdim
etilishini (masalan, nogironlar band bo‘lgan korxonalar) nazarda
tutadi.
85
Qarang: Радаев В. Деформализация правил и уход от налогов в российской
хозяйственной деятельности // Вопросы экономики. 2001. № 6. С. 70-72.
SOLIQLAR
TO‘LAShDAN BO‘YIN
TOVLASh
Noqonuniy faoliyat
Noqonuniy faoliyatni
yashirish
Soliqlardan ozod
bo‘lish
Korrupsion
kelishuvlar
Institutsional
fiksiyalar
Almashtirish
o‘yinlari
Imtiyozlar
Siyosiy
bahslar
To‘lamaslik
Soxta
operatsiyalar
Noekvivalent
ayirboshlash
Oldindan
rejalashtirgan
sanksiyalar
Soliq imtiyozlaridan foydalanish soliqlar to‘lashdan bo‘yin
tovlashning oddiy sxemalarini yaratish imkoniyatini beradi. Hukumat
vakili bilan siyosiy bahslar orqali ham soliq
majburiyatlarining bir
qismi yoki barchasidan ozod bo‘lish mumkin. Bunda soliq imtiyozlari
taqdim etilishini so‘rashda muhim argument bo‘lib korxonaning
butun mamlakat yoki muayyan hudud
uchun alohida ahamiyatga
egaligi, ya’ni mahsulotning strategik ahamiyati, bandlikni ta’minlash,
ijtimoiy dasturlarni amalga oshirish keltiriladi (qarang: 6.2.3-rasm).
Dostları ilə paylaş: