O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti a. A. Karimov


Tovar-moddiy zaxiralarini aktiv sifatida tan olish mezonlari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə142/194
tarix21.10.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#158432
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   194
Бухгалтерия ҳисоби 1 қисм (1)

Tovar-moddiy zaxiralarini aktiv sifatida tan olish mezonlari 
Kelgusida aktiv bilan bog’liq iqtisodiy nafning kelib tushishiga 
ishonch mavjudligi 
Aktivning qiymati ishonchli baholanishi mumkinligi 
Ularga bo’lgan mulkiy huquqining korxonaga o’tganligi 


305 
boshqarishga bog‘liq bo‘lgan barcha bo‘lajak daromadlar (ular odatda tovar-
moddiy zaxiralarning chiqib ketishi, shuningdek sotilishidan tushadigan 
daromadlar shaklida namoyon bo‘ladi) o‘ziga tegishli bo‘lishiga ishonch hosil 
qilishi lozim va mazkur obyektga egalik qilishga bog‘liq barcha tavakkalchilikni 
(jumladan mulkning tasodifan ishdan chiqishi yoki buzilishi xavfi, shuningdek uni 
saqlash, qayta ishlash va hisobdan chiqarishga bog‘liq ko‘zda tutilgan xarajatlarni) 
o‘z zimmasiga oladi. Iqtisodiy naf olish ehtimolligining mavjudligi korxona aktiv 
bilan bog‘liq bo‘lgan, iqtisodiy moddiy boyliklarga ega bo‘lishi va shunga 
muvofiq tegishli tavakkalchilikni o‘z zimmasiga olishi xususida oydinlik 
kiritilishini taqozo etadi. Odatda iqtisodiy manfaatlar va tavakkalchiliklar korxo-
naga to‘liq o‘tgandagina bunday aniqlik paydo bo‘ladi. Bungacha esa aktivni xarid 
qilish operatsiyasi deyarli talafotlarsiz (jarimalarsiz) bekor qilishini mumkin, 
shuning uchun aktiv tan olinmaydi. 
Tovar-moddiy zaxiralarni tan olishning yuqorida keltirilgan aktivning 
qiymati ishonchli baholanishi mumkinligi sharti
 
buxgalteriya hisobi amaliyotida 
odatda oson qoniqtiriladi, chunki aktivni xarid qilish operatsiyasi natijasida uning 
qiymati aniqlanadi. Masalan, tovar-moddiy zaxiralar boshqa shaxslardan sotib 
olinayotganda ularning qiymatini baholashning asosiy ishonchli ko‘rsatkichi tovar-
moddiy zaxiralarning tomonlarni qoniqtiradigan va oldi-sotdi shartnomasida 
ko‘rsatilgan bahosi hisoblanadi; tovar-moddiy zaxiralar korxonaga bepul kelib 
tushganda baholashning asosini tegishli o‘tkazish hujjatlarida ko‘rsatilgan tovar-
moddiy zaxiralar qiymati yoki ular kelib tushgan paytdagi bozor qiymati tashkil 
kiladi. Bunda, agar aktiv xo‘jalik yurituvchi subyektning o‘z kuchi bilan mustaqil 
yaratilgan bo‘lsa, uning qiymatini materiallar, ishchi kuchini sotib olish bo‘yicha 
tashqi tomonlar bilan olib borilgan operatsiyalar hamda tovar-moddiy zaxiralarni 
yaratish (ishlab chiqarish) jarayonidagi boshqa xarajatlar asosida ishonchli 
baholash mumkin. 
Tovar-moddiy zaxiralarni tan olishning uchinchi sharti, ularga bo‘lgan 
mulkiy huquqining korxonaga o‘tganligi shundan kelib chiqadiki, ma’lum 


306 
muddatga (masalan, moliyaviy hisobotni tuzish sanasigacha) bo‘lgan davrda 
xo‘jalik yurituvchi subyekt ixtiyorida bo‘lgan barcha zaxiralar, ular qayerda 
joylashgan bo‘lishidan qati nazar, tovar-moddiy zaxiralarga olib boriladi. Ya’ni, 
buyumni xo‘jalik yurituvchi subyektning tovar-moddiy zaxiralariga o‘tkazishning 
hal qiluvchi mezoni bo‘lib uning mazkur buyumga bo‘lgan mulkiy huquqi 
hisoblanadi. Shu bilan birga, xo‘jalik yurituvchi subyektga tegishli hududda 
boshqa jismoniy va yuridik shaxslarning mulki bo‘lgan buyumlar bo‘lishi mumkin. 
Konsignatsiya shartnomasi asosida kelib tushgan tovarlar yoki tovar-moddiy 
zaxiralarni sotish haqida hisob-kitob hujjatlari rasmiylashtirilib, ammo o‘z vaqtida 
xaridor tomonidan olib chiqib ketilmagan tovarlar bunga misol bo‘la oladi. Bular 
xo‘jalik yurituvchi subyektning tovar-moddiy zaxiralariga kirmaydi. 
Sotib olingan va hali yo‘lda bo‘lgan tovarlar, agar ularga bo‘lgan mulkiy 
huquq xo‘jalik yurituvchi subyektga berilgan bo‘lsa, uning tovar-moddiy zaxirasi 
hisoblanadi. Mulkiy huquqning berilishi sanasi odatda tovarlarni sotib olish 
shartnomasida belgilanadi.
 
Xo‘jalik yurituvchi subyektning tovar-moddiy zaxiralariga ta’minotchi 
tomonidan yuklab jo‘natilgan, mulkiy huquq xaridorga o‘tmagan, ammo qabul 
qilish paytida xaridor tomonidan yaroqsiz deb topilgan va kaytarilishi lozim 
bo‘lgan tovarlar kiritilmaydi. 
Materiallarni buxgalteriya hisobida to‘g‘ri baholash muhim ahamiyatga ega 
hisoblanadi. 4-son BHMSning 11-bandiga muvofiq, materiallarni baholash 
quyidagi ikki bahoning eng pasti bo‘yisa – balans tuzilayotgan sanadagi haqiqiy 
tannarx bo‘yicha (sotib olish narxi yoki ishlab chiqarish tannarxi) yoki bozor 
bahosi bo‘yicha (sof sotish qiymati) bo‘yicha amalga oshiriladi. 
Materiallari sotib olish bila bog‘liq bo‘lgan va ularning tannarxiga 
kiritiladigan xarajatlarga quyidagilar kiritiladi: 
-
materiallarning shartnoma qiymati; 
-
boj to‘lovlari va yig‘imlari; 
-
materiallarni sotib olishda qatnashgan ta’minotchi va vositachilarga 


307 
to‘lanadigan kossiion haqlar; 
-
materiallarni sertifikatlash va texnik sharoitlarga muvofiq sinovdan 
o‘tkizish xarajatlari; 
-
transport-tayyorlov xarajatlari; 
-
transportirovka qilish tavakklchiliklarini sug‘urtalish xarajatlari. 
Materiallarni sotib olish xarajatlari ularni paydo bo‘lishini tasdiqlovchi 
boshlang‘ich hujjatlarga asoslanadi. Bu hujjatlarga hisobvaraq-faktura, qabul 
qilish-topshirish dalolatnomasi, inventarlash dalolatnomasi va boshqalarni kiritish 
mumkin. 
Xarid qilingan materiallarga haq to‘lash bilan bog‘liq xarajatlar (akkreditiv 
ochish xarajatlari, o‘tkazmalar uchun bank komissiyasi, tovar-moddiy zaxiralarni 
chet el valyutasiga xarid qilish chog‘ida valyutani konvertatsiyalash bo‘yicha 
komissiya va boshqa bank xizmatlari), materiallarni xarid qilish bo‘yicha 
kontraktlarni tayyorlash, ro‘yxatdan o‘tkazish va yopish bilan bog‘liq xarajatlar 
hamda aktivlarni xarid qilish bilan bevosita bog‘liq bo‘lmagan boshqa xarajatlar 
materiallarning tannarxiga kiritilmaydi, balki ular sodir bo‘lgan hisobot davrida 
xarajatlar sifatida tan olinadi.
Materiallar kredit hisobiga xarid qilinganda yoki tayyorlanganda kredit 
(qarz)dan foydalanganlik uchun foizlar ko‘rinishidagi xarajatlar uning hisobidan 
butkul yoki qisman sotib olingan materiallarning tannarxiga kiritilmaydi.
Tashkilotning transport-tayyorlov xarajatlari quyidagi usullardan biri 
bo‘yicha hisobga qabul qilinadi yoki xarid qilingan materiallar qiymatiga kiritiladi: 
a) transport-tayyorlov xarajatlarini materiallar tannarxiga bevosita 
(to‘g‘ridan-to‘g‘ri) kiritish (shartnoma narxiga qo‘shish, ustav kapitaliga kiritilgan 
badalning pul bahosiga qo‘shish, tekinga olingan va h.k. joriy qiymatiga qo‘shish). 
Transport-tayyorlov xarajatlarini materiallar tannarxiga bevosita (to‘g‘ridan-
to‘g‘ri) kiritish usulini ko‘p bo‘lmagan nomenklaturadagi tovar-moddiy 
zaxiralarga ega bo‘lgan tashkilotlarda, shuningdek tovar-moddiy zaxiralarning 
alohida turlari va guruhlarining qiymati katta ahamiyatga ega bo‘lgan hollarda 


308 
qo‘llash maqsadga muvofiq;
b) etkazib beruvchining hisob-kitob hujjatlariga binoan transport-tayyorlov 
xarajatlarini alohida sintetik 1510-“Materiallarni tayyorlash va xarid qilish” 
schyotiga olib borib, keyinchalik ularni “Materiallar” elementi bo‘yicha tovar-
moddiy zaxiralar tannarxiga yoki ishlatilishiga qarab ishlab chiqarish xarajatlariga 
va (yoki) davr xarajatlariga kiritish.
Tovar-moddiy zaxirani baholashning ikki usuli bor ular: yalpi foyda usuli va 
tovar-moddiy zaxiraning chakana savdo usuli.
47
Ishlab chiqarish zaxiralarining xaqiqiy tannarxini aniqlash, ularni 
baholashning quyidagi usullarini qo‘llash bilan amalga oshirishladi: 
1.
Donalab baholash.
2.
FIFO (birinchi tushum oxirgisi zaxiraga). 
3.
O‘rtacha qiymat usuli (AVECO). 
Materiallarni hisobdan chiqarish tartibi korxonaning hisob siyosatida 
belgilanishi lozim. 
Har bir birlik tannarxi usuli bo‘yicha alohida tartibda ishlatiladigan 
mteriallar (qaimmatbaho metallar, qimmatbaho toshlar) baholanadi. Bunday 
materiallarning birligi odatda yagona namunada bo‘ladi.
Materiallarni FIFO usuli bo‘yicha hisobdan chiqarish zaxiralar oy davomida 
va boshqa davrda ularni sotib olish ketma-ketligi bo‘yicha foydalaniladi degan 
taxmindan kelib chiqib hisoblangan bahoda amalga oshiriladi. Bu usul 
qo‘llanganda oyning oxiriga zaxirada turgan materiallarni baholash vaqtga ko‘ra 
oxirgi sotib olingan materiallarning haqiqiy tannarxi bo‘yicha amalga oshiriladi, 
sotilgan tovarlar, mahsulotlar, ish va xizmatlar tannarxida esa vaqtga ko‘ra avval 
sotib olinganlarning tannarxi hisobga olinadi. 
O‘rtacha tortilgan qiymat (AVECO) usuliga muvofiq, har bir birlikning 
qiymati davr boshiga o‘xshash birliklarning o‘rtacha tortilgan qiymatidan hamda 
davr mobaynida sotib olingan yoki ishlab chiqarilgan o‘xshash birliklarning 
47
Wan Madznah Wan Ibrahim va Mohd Rizal Palil “Fundamentals of business accounting” Oxford university Press, 
2014; 103-bet.


309 
qiymatidan aniqlanadi. Materiallarning o‘rtacha qiymati davriylik asosida (davriy 
hisob) yoki har bir qo‘shimcha yetkazib berish jarayonida (uzluksiz hisob) 
hisoblanishi mumkin.
34-jadval 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin