Ma’ruza mavzulari



Yüklə 2,4 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/65
tarix21.10.2023
ölçüsü2,4 Mb.
#158485
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   65
Axborot texnologiyalari Majmua 2023 Matnshunoslik

MA’RUZA MAVZULARI 
1.1. Ta’lim jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining o‘rni va 
imkoniyatlari 
Reja:
1. Ta’lim jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining o‘rni. 
2.Ta’lim 
jarayonida 
axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalarining 
imkoniyatlari 
3.Ta’lim jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish. 
Tayanch tushunchalar: axborot, axborot texnologiyalari, ta’limda AT, 
AKT.

AKT o‘quvchilarni rag‘batlantiradi va ularning qiziqishini oshiradi. 

AKT o‘quvchilarni kelajakdagi faoliyatiga tayyorlashga ko‘mak beradi. 
Hozirgi zamonda mehnat faoliyati o‘quvchilar qoniqish bilan ishlatayotgan 
kompyuterlar, texnologiyalar, dasturlar va qurilmalar yordamida boshqariladi. 
AKT XXI asrning yangi ta’lim berish vositasidir. 

AKT o‘rganish va o‘qitishning yangi imkoniyatlarini ochib beradi. 

AKT o‘qituvchilarning kasbiy o‘sishi uchun ularga o‘z fanlari bo‘yicha 
o‘qitishning yangi usullarini kiritishga, yangi yondashuvlarni qo‘llashga, 
g‘oyalarni ro‘yobga chiqarish va yangi ko‘nikmalarni rivojlantirishga imkoniyat 
yaratadi. 

AKT o‘z resurslaridan oqilona foydalanishga imkoniyat yaratadi. 

AKT o‘quv jarayonini oqilona boshqarish va nazorat qilish orqali vaqtni 
hamda mablag‘ni tejaydi. AKT darslarga tayyorgarlik jarayonini qisqartiradi va 
o‘qish jarayonini o‘quvchilar uchun qiziqarli hamda ko‘ngilochar qiladi.
Ta’limda informatsion hamda pedagogik texnologiyalarni qo‘llaganda 
o‘quvchi yoki talaba eshitish, ko‘rish, ko‘rganlari asosida mustaqil fikrlash 
imkoniyatiga ega bo‘ladi. Ta’lim jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalaridan 
foydalangan holda darslarni tashkillashtirish uchun ma’lum bir shart-sharoitlar 
mavjud. 

Birinchidan, axborot resurslari bo‘lishi kerak. Bularga: 

Shaxsiy kompyuter; 

Proektor; 

Multimedia vositalari; 




Skaner (murakkab sxemalar va chizmalarni, negativ plyonkadagi tasvirlarni 
kompyutyerga o‘tkazish uchun); 

Raqamli fotoapparat; 

Videokamera (video konferensiyalar o‘tkazish va yana boshqa maqsadlar 
uchun); 

Printer, nusxa ko‘chiruvchi qurilma (tarqatma materiallarni qog‘ozga 
tushirish va ko‘paytirish va yana boshqa maqsadlar uchun) va boshqa resurslar 
kiradi. 
Axborot texnologiyasi – bu ob’yekt, jarayon yoki hodisalar holati haqidagi 
ma’lumotlarni bir ko‘rinishdan ikkinchi, sifat jihatdan mutloq yangi ko‘rinishga 
keltiruvchi ma’lumotlarni to‘plash, qayta ishlash, uzatishning vosita va usullari 
majmuasidan foydalanish jarayonidir. Bu, albatta, keng ma’nodagi ta’rifdir, chunki 
evolyusiya jarayonida insonlar bir-biri bilan aloqaga kirish uchun turli 
bosqichlarda muayyan aloqa vositalaridan foydalanganlar. 
Axborot texnologiyasining vujudga kelishi va rivojlanishini belgilovchi ichki 
va tashqi omillar mavjud bo‘lib, ularni quyidagicha tavsiflash mumkin: 
Ichki omillar - bu axborotning paydo bo‘lishi (yaratilishi), turlari, xossalari, 
axborotlar bilan turli amallarni bajarish, ularni jamlash, uzatish, saqlash 
imkoniyatidir. 
Tashqi omillar - bu axborot texnologiyasining texnikauskunaviy vositalari 
orqali axborotlar bilan turli vazifalarni amalga oshirishni bildiradi 
Ayni paytda axborot texnologiya hakida fikr yuritganda, koʻpgina «yangi», 
«kommunikatsion» yoki «zamonaviy» so‘zlarini ko‘shib ishlatiladi. Zamonaviy 
axborotkommunikatsiya texnologiya 
- bu zamonaviy kompyuterlar va 
telekomunikatsion vositalaridan foyidalanadigan, foydalanuvchi ishlashi uchun 
«doʻstona» interfeysga ega boʻlgan axborot texnologiya demakdir. AKT 
rivojlanish bosqichlarini qarab chiqamiz 
1. Masala turi va ma’lumotlarga ishlov berish jarayoni bo‘yicha:
2-bosqich(80-yillardan 
boshlab)-strategik 
masalalarni 
xal 
etishga 
yo‘naltirilgan informatsion texnologiyalarni yaratish 
1-bosqich(60-70y)-ommaviy 
foydalanish 
rejimi 
asosida 
hisoblash 
markazlarida ma’lumotga ishlov berish
2.Jamiyatni axborotlashtirish yo‘lida turgan muammolar bo‘yicha: 
1- 
bosqich 
(60-yillarning 
oxiri)apparat 
vositalari 
imkoniyatlarining 
cheklanganligisharti ostida katta hajmdagi ma’lumotlarga ishlov berish muammosi; 
2-bosqich (70-yillarning oxirigacha) IBM 1360 rusumli EHM-larning keng 
tarqalishi. Ushbu bosqichning muammosi –dasturiy ta’minotning apparat vositalari 
rivojlanishi darajasidan orqada qolishi;



3-bosqich (80 yillarning boshidan) - kompyuter profesional boʻlmagan 
foyidalanuvchining 
qiroliga aylanadi, informatsion tizim esa, uning qarorini qabul qilish uchun 
qoʻllabquvvatlovchivosita boʻlib qoladi. 
4-bosqich (90 yillarning boshi)-tashkilotlararo zamonaviy texnologiyalar va 
zamonaviy texnologiyalar va informatsion tizimlarni yaratish. 
3.Kompyuteriy texnologiya keltiradigan afzalliklar bo‘yicha: 
1-bosqich
o (60-yillarning boshi) 
o Markazlashgan,ommaviy 
foydalanishga 
mo‘ljallangan 
hisoblash 
markazlarida murakkab hisoblashlarni boshqarishda ma’lumotlarni samarali ishlov 
berish bilan xarakterlanadi 
2-bosqich
o (70- yillarning o‘rtalaridan boshlab) 
o Personal kompyuterlarning paydo bo‘lishi 
3-bosqich
o (90-yillardan boshlab) 
o Biznesda strategik afzalliklarni tahlil qilish, ma’lumotlarni taqsimlanganiga 
ishlov berish telekommunikatsion texnologiyasiga asoslanadi.
Hozirgi kunda AKTlar ta’lim tizimida asosan quyidagi to‘t yo‘nalishda 
foydalanilmoqda: 
• O‘qitish obyekti sifatida; 
• O‘qitishning texnik vositalari sifatida; 
• Ta’limni boshqarishda; 
• Ilmiy-pedagogik izlanishlarda. 
Umuman, zamonaviy mazmunda olganda - axborot bu odamlar orasidagi, 
odamlar bilan jonli va jonsiz tabiat, xususan EHM orasidagi ma’lumot almashinuvi 
bo‘lib, keng ma’nodagi ilmiy tushunchadir. 
Informatika va axborot texnologiyalari fanining kelib chiqishi, uning uch 
tarkibiy qismi algoritm, dastur va hisoblash vositalari, kompyuterning paydo 
bo‘lishi va rivojlanishi bilan bog‘liq. XIX asr oxiri, XX asr boshlarida fanlarning 
yangi yo‘nalishlarining paydo bo‘lishi, ishlov berish uchun zarur bo‘lgan 
axborotlar hajmining keskin oshib ketishiga olib keldi. XX asr o‘rtalarida 
yaratilgan axborotlarga avtomatik ishlov berish qurilmalari-elektron hisoblash 
mashinalar katta hajmdagi axborotlarni saqlab turish va tezlikda ishlov berish 
imkoniyatini tug‘dirdi. Buning natijasida esa murakkab ilmiy-texnik masalalarni 
(atom energetikasi, kosmosni o‘zlashtirish, ob-havo bashorati, ishlab chiqarishni 
avtomatlashtirilgan boshqarish, avtomatlashtirilgan loyihalash va x.k.) yechish, 
ularni tahlil qilish mumkin bo‘lib qoldi.



Elektron hisoblash teхnikalarining paydo bo‘lishi va rivojlanishi kishilik 
jamiyatida aхborotni qayta ishlash va ulardan kerakli maqsadlarda foydalanish 
borasida tub burilish yasadi. Inson faoliyati sohasida bunday axborot inqilobiga 
asos bo‘lgan fan informatika deb ataldi. 
Informatika atamasi lotincha informatic so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, хabar 
qilish, tushuntirish, bayon etish degan ma’nolarni anglatadi. 
Informatikaning mustaqil fan sifatida ajralib chiqishi, birinchi navbatda, 
elektron hisoblash mashinalari, keyinchalik, kompyuter teхnikasining rivojlanishi 
bilan bog‘liqdir. Informatikaning fan sifatidagi vazifalari, imkoniyatlari juda ko‘p 
qirrali va har doim o‘zgaruvchan xususiyatga ega. Shu sababli aniq bir ta’rifni 
berish qiyin. Barcha xususiyatlarini umumlashtirgan holda, informatika faniga 
zamonaviy tusda faqat nisbiy “ta’rif”larnigina berish mumkin: 
Informatika – bu kompyuter yordamida aхborotni qayta ishlash va undan 
foydalanish jarayonlari bilan bog‘liq qonuniyatlarni o‘rganuvchi fandir. 
Informatika - insoniyat faoliyatining bir sohasi bo‘lib, axborotlarni hosil 
qilish, saqlash va kompyuter yordamida qayta ishlash, shu bilan bir qatorda tadbiq 
muhiti bilan o‘zaro bog‘liq bo‘lgan jarayonlarning aloqadorliklarini o‘z ichiga 
oladigan ko‘nikma va vositalar tizimidir. 
Olamdagi har bir jonli va jonsiz mavjudot makonda va zamonda o‘zgarib 
turadigan modda va quvvat ko‘rinishda namoyon bo‘ladi.
Axborot texnologiyasi deganda, hajmi oshib borayotgan axbor oqimini 
yig‘ish, saqlab turish, ishlov berish va uzatishni kompyuterlar yordamida amalga 
oshiradigan usullar majmuasi tushuniladi. Ushbu usullarni turli ko‘rinishda 
ishlatilishi insonga zarur axborotlarni olish uchun kompyuter bilan muloqatda 
bo‘lishni taqozo etadi. 
Axborotlarni qayta ishlashning yangi texnologiyalari yordami bilan jahonning 
turli burchaklaridagi kitobxonalardan foydalanish, ilmiy anjumanlarda qatnashish, 
soha mutaxassislaridan maslahatlar olish, fikr almashinish va boshqa ishlarni 
amalga oshirish mumkin. Jamiyat rivojiga yordam berishi uchun shaxsiy 
kompyuterlar moddiy va ma‘naviy boyliklar ishlab chiqishning turli sohalariga 
jadal kirib bormoqda. 
Kompyuter deganda, axborotlar va hisoblashlarni algoritm asosida ishlov 
berishni tezlashtiradigan yoki avtomatik tarzda amalga oshiradigan qurilma 
tushuniladi. 
Informatika va axborot texnologiyalari esa axborotlarni kompyuter yordamida 
ishlov berishni o‘rganadi.
Hammaga ma‘lumki kompyuter hisoblashlarni avtomatlashtirish vositasidir. 
U keng ko‘lamdagi masalalarni: fan, texnika, tibbiyot, aloqa va boshqalarni 
hisoblashda ishlatiladi. 



Axborot turlari. Axborotlarni kompyuterda tasvirlash usullari 
Axborotni abstrakt tushunchalar, masalan matematik formulalar qatoriga 
qo‘yish mumkin, har doim moddiy-quvvat shaklida fizik asosga ega bo‘lgan holda 
namoyon bo‘ladi va shuning uchun ham uni o‘lchash imkoni mavjud. Uzunlik, 
massa, vaqt, tok va boshqalarni o‘lchash uchun asboblar va o‘lchash usullari o‘ylab 
topilgan. 
Fanning predmeti va vazifasi 
Mustaqil fan sifatida informatika 40-yillar oxirida texnika, biologiya, ijtimoiy 
va boshqa sohalarda boshqarishning umumiy prinsiplari haqidagi - kibernetika fani 
bazasida vujudga keldi. 
Informatika atamasi 60 yillar oxirida Fransiyada vujudga keldi. U axborot 
(information) va avtomatika (automatique) so‘zlarini birlashtirishdan hosil bo‘lib, 
«ma’lumotlarni avtomatik qayta ishlash» degan ma’noni bildiradi. Ingliz tilida 
gaplashadigan mamlakatlarda kompyuter fani Computer science deb ataladi. 
"Dasturlash va axborot texnologiyalari" fanining predmeti bir-biri bilan uzviy 
bog‘liq uchta tushuncha: algoritmlash, dasturlash va kompyuterdan tashkil topgan 
bo‘lib, talabalarning algoritmik fikrlash madaniyatini o‘stirish, kompyuter 
savodxonligini oshirish va o‘qish jarayonida, ilmiy texnik hisoblash ishlarida, 
ilmiy izlanishlarda qo‘llash bilimlarini berishni nazarda tutadi. 
"Dasturlash va axborot texnologiyalari" fanining vazifasi talabalarga 
kompyuterda qayta ishlov uchun zarur bo‘lgan axborotlarni tasvirlash, 
yechilayotgan masalani birmuncha sodda bo‘laklarga bo‘lib matematik modellash 
asoslarini o‘zlashtirish, asosiy algoritmlar turlarini, algoritmik tillardan birini 
mukammal bilish, dastur tuzish va kompyuterga kiritib natija olish, shaxsiy 
kompyuterlarda ishlashni o‘rgatishdan iboratdir. 
Qo‘yillgan masalani to‘g‘ri yechib olish uchun zarur bilim va mahorat 
(algoritm va usul), kompyuter tushunadigan dastur va kompyuterning o‘zi bir 
butunning uch qismi, biz o‘rganishimiz kerak bo‘lgan fanning tarkibiy qismidir. 
Umuman aytganda, "Informatika va axborot texnologiyalari" axborotlarni 
kompyuter yordamida tasvirlash, saqlash, ishlov berish va uzatish usullarini 
o‘rganadigan fandir. 

Yüklə 2,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin